Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


-rasm. Plastik qoliplash usuli bilan keramik g‘isht olish va undan buyumlar ishlab chiqarish texnologik tizimi


Download 356.74 Kb.
bet7/11
Sana21.06.2023
Hajmi356.74 Kb.
#1642185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi

1-rasm. Plastik qoliplash usuli bilan keramik g‘isht olish va undan buyumlar ishlab chiqarish texnologik tizimi: 1 – ekskovator; 2 – vagonlar; 3 – yashikli ta’minlagich; 4 – begunlar; 5 – valikli maydalagich; 6 – aralashtirgich; 7 – lentali press; 8 – qirqish uskunasi; 9 – xom g‘ishtni vagonga terish moslamasi; 10 – xom g‘isht ortilgan vagonlar; 11 – quritish kameralari; 12 – quriq g‘isht ortilgan vagon; 13 – tunelli xumdon; 14 – yuklagich; 15 – g‘ishtni namlash; 16 – g‘isht bloklarini tayyorlash moslamasi; 17 – bloklarni qotirish kamerasi; 18 – g‘ishtli panellarni tayyorlash moslamasi; 19 – panellarni qotirish.



2.-rasm. Lentali pressning tuzilishi: 1 - mundshtuk; 2 - pressning boshi; 3 - silindr; 4 - burama (shnek); 5 - voronka.
YArim quruq presslash usuli.Bu usulda xom materiallar avval quritiladi, maydalanadi, tegirmonlarda eziladi. So‘ngra hosil bo‘lgan kukunsimon ashyo aralashtirilib suv yoki bug‘ yordamida namlanadi. Bug‘ bilan ishlov berganda giltuproqning xossalari yaxshilanadi, gil zarralari ko‘pchiydi, yaxshi qoliplanadi. Bu usulda keramik massa kukun holida bo‘lib, uning namligi yarim quruq presslash usulida 8-12% va quruq presslash usulida 4-6% bo‘ladi. SHuning uchun bunday keramik massalardan tayyorlanadigan buyumlar maxsus presslarda yuqori bosim (1540 MPa) ostida qoliplanadi. Bu usulda presslangan buyumlarni quritmasdan to‘g‘ri pishirish mumkin. Bunda ishlab chiqarish jarayoni tezlashadi, yoqilg‘i kam sarf bo‘ladi. Presslash usulining yana bir afzalligi shundakim, keramik massa tayyorlash uchun kam plastik tuproqlarni ham ishlatish mumkin. YArim quruq presslash usuli bilan oddiy pishiq g‘isht, ichi bo‘sh g‘isht va toshlar, pardozbop taxtalar qoliplanadi. Quruq presslash usuli esa zich Keramik buyumlar - pol uchun taxtachalar yo‘l uchun ishlatiladigan g‘isht, chinni buyumlar olishda ishlatiladi.
Quyma (shliker) usuli.Bu usulda oldindan maydalangan xom ashyo suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Suv miqdori 40% gacha bo‘lib, aralashtirish natijasida bir xildagi quyuq oquvchan massa (shliker) hosil bo‘ladi. SHlikerni qoliplarga quyib har xil shakldagi buyumlar olish mumkin. (Masalan, chinni yoki fayansdan qilingan murakkab shakldagi buyumlar - vannalar, unitazlar, rakovinalar va h.k.) Bundan tashqari shlikerni sochiluvchan quritish minoralarida quritib press-poroshoklar olinadi, bular pardozbop yupqa keramik taxtachalar olishda ishlatiladi.

Download 356.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling