Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet10/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

2.4. Mahsulotga shakl berish
Mahsulotlarni olish uchun keramik materialga turli usullarda ma’lum bir shakl berilishi kerak.
Keramika texnologiyasida mahsulotlarni qoliplashning uchta asosiy usuli mavjud:
- yarim quruq presslash;
- plastik shakllash ;
- shliker quyish.
2.4.1. Yarim quruq presslash
Yarim quruq presslash - namlik miqdori 5 - 12% bo’lgan press kukunini yetarlicha yuqori bosimda metall qolipda siqib, zich va mustahkam yarimmahsulot olishdan iborat. Ushbu qoliplash usuli olovbardosh materiallar, barcha turdagi keramik plitalar, maxsus elektrotexnik va magnitli keramika, texnik keramika, izolyatorlar, dvigatelning o’t oldirish svechalari va boshqa bir qator sanoat tarmoqlarida oddiy shaklli buyumlarni katta miqdorda olish uchun keng qo’llaniladi.
Ushbu shakllash usuli oddiy, arzon va yuqori mustahkam mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Bu shakllash usulida turli xil presslar, bosimlar va qolip uchun zarur bo’lgan materiallardan foydalaniladi.
Olovbardosh materiallar odatda og’ir, yuqori unumdorlikka ega tirsak-richagli presslarda ishlab chiqariladi. So’nggi paytlarda katta o’lchamdagi buyumlarni (masalan, shisha pishirish pechlari uchun bruslarni) ishlab chiqarish uchun quvvati 1000-5000 kg/sm2 bo’lgan kuchli gidravlik presslar qo’llaniladi.
Aksariyat elektr va texnika keramikasi va barcha turdagi keramik devor plitalari yuqori samarali gidravlik presslar yordamida ishlab chiqariladi. Katta bo’lmagan buyumlar tezkor tabletkali presslarda qoliplanadi.
Avtomatik yarim quruq presslashning asosiy bosqichlari quyidagi rasmda ko’rsatilgan.

Rasm 2.1. Avtomatik presslashning asosiy bosqichlari.


Birinchi bosqichda pastki puanson to'ldirish holatiga tushiriladi va oziqlantiruvchi shlanga orqali qolip bo'shlig'ini bir jinsli material bilan oziqlantiradi. Ikkinchi bosqichda oziqlantiruvchining shlangasi tortiladi va ustki puanson qolipga kiradi, odatda mexanik presslarda doimiy chuqurlikgacha yoki gidravlik presslarda doimiy bosimgacha.
Uchinchi bosqichda pastki puanson ko'tariladi va presslangan mahsulotni chiqaradi, shundan so'ng oziqlantiruvchining pastki qirrasi mahsulotni harakatga keltiradi va sikl takrorlanadi.
Bu ishlab chiqarish usuli oddiy shaklga ega bo’lgan mahsulotlarni qoliplashda nisbatan soda hisoblanadi. Murakkab shaklli mahsulotlarni shakllantirish uchun yarim tayyor mahsulotlarda bir tekis zichlikni ta'minlaydigan maxsus presslar kerak. Presslash jarayonini, press kukunining (granulalarning) farqli harakatlanishiga asoslanib, bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin.
Boshlang’ich bosqichida press kukuni zichlanadi, granulalar puasson harakati yo'nalishi bo'yicha harakatlanadi, shu bilan turli xil "arkalar" va "ko'priklar" ni buzadi va katta g’ovaklarni to'ldiradi. Ushbu bosqich donalarning deformatsiyaga uchramasligi va granulalarning buzilmasligi bilan tavsiflanadi.
Keyingi bosqichda, press kukunining birlamchi zichlanishidan so'ng, keyingi zichlanish deformatsiya hodisalari bilan birga sodir bo’ladi.
Mineral zarrachalarning turli xil deformatsiyaga uchrashi kuzatiladi: granulalar uchun plastik oqimli deformatsiya va yirik zarralar uchun, ma'lum darajada granulalar uchun ham mo’rt buzilishlar kuzatiladi.
Qaytariladigan deformatsiyalar bilan bir qatorda mineral donalarning elastik, ya'ni qaytuvchan deformatsiyalari ham sodir bo'ladi. Siqilayotgan yarim mahsulot zarralariga har tomonlama bosim tatbiq etilganda elastik deformatsiyalar kuchayadi. Bunday sharoitlarda ular nisbatah bosimlarga buzilmasdan bardosh bera oladi. Shu bilan birga tizimning qaytarilmas zichlanish darajasi uning qadoqlash shartlari, vaqtinchalik texnologik bog’lovchining harakati va miqdori bilan cheklanadi.
Natijada, presslash bosimining oshishi bilan faqat zarrachalarning elastik deformatsiyasining absolyut qiymati emas, balki tizimning umumiy siqilishidagi ulushi ham ortadi.
Ba'zi bosimlarda qaytariladigan deformatsiya ustunlik qiladi, keyin esa amalda ham yagona hisoblanadi (2.2-rasm).

Rasm 2.2. Kukunli massani presslashda tizim deformatsiyasining xususiyati:
1 - siqish jarayonida jami. 2 – bosim olingandan keyingi qoldiq, 3 - elastik
Ko’rinib turibdiki, presslash paytida bosimning kerakli qiymatlarini tanlayotganda, ushbu hududga o’tmaslik kerak.
Preslash jarayonida nafaqat press kukunining tarkibidagi mineral komponentining holati, balki vaqtinchalik texnologik jipslashishlar va presslashdagi havoning harakati ham katta ahamiyatga ega. Siqilish jarayonida suyuqlik asosan katta g’ovaklar hajmida harakatlanadi. Yarim mahsulotni siqib borish paytida jipslashtiruvchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan g'ovakliklar ulushi nisbatan kamayadi. Shunday vaqt keladiki, barcha g’ovaklar jipslashtiruvchi moddalar bilan to'ldiriladi, ya’ni g'ovaklarning hajmi jipslashtiruvchi hajmiga teng bo'ladi. Bunday holda, tizimning chegaraviy zichlashganliga yoki uning kritik zichligiga erishiladi. Ushbu hodisa kuzatiladigan bosim “kritik” –Pkr deb ataladi.
Pkr ga erishilganda tizimning keyingi siqilishi elastik deformatsiyaga tenglashadi.
Tizimda bo’lgan havo presslashning birinchi bosqichida press kukunidan erkin holda ajralib chiqadi. Lekin, keyingi bosqichlarda, ayniqsa presslashning yuqori tezliglarida va nozik dispers massalarni qoliplashda, vaqtinchalik texnologik jipslashish davrida havoning qisman erishi mumkinligiga qaramay, presslash bosimining ortib borishi bilan shu yerdagi havoning bosimi ham ortib boradi va havo ham presslanishi mumkin.
Presslash jarayoni tugagandan so'ng bosimning pasayishi siqilgan havoning keskin kengayishiga olib keladi va natijada yarin mahsulot buzilishi mumkin (ortiqcha bosim ostida presslash hodisasi deb ataladi). Ortiqcha bosim ostida presslash hodisasini havodan tashqari namunaning elastik kengayishi (elastik deformatsiya) bilan bog'liq hodisalar ham keltirib chiqaradi.
Ortiqcha bosim ostida presslashda paydo bo’lgan yoriqchalar ko'rinadigan va ko'rinmas bo'lishi mumkin, lekin bir kundan keyin yoki mahsulotni kuydirishdan keyin paydo bo'ladi va har doim presslash yo'nalishiga perpendikulyar joylashadi.
Yarim mahsulotning zichligiga bir qancha omillar ta'sir qiladi, ulardan eng muhimi presslash paytidagi bosim, presslash davomiyligi va press kukuni tarkibidagi vaqtinchalik texnologik zichlovchining miqdori.
Ko'plab tadqiqotchilar presslash muammolari bilan qiziqib, presslash paytidagi bosimning yarim tayyor mahsulotning zichligiga bog'liqlikligini taklif qilishdi, ammo ularning barchasi taxminiy va ko'pincha ma'lum bir materialga tegishli edi.
Eng ko'p ishlatiladigan A. S. Berejniy formulasi bo'lib, u texnologiyada ko’proq qo'llaniladigan bosim ta’sirida turli xil massalarning harakatlarini qoniqarli tarzda tasvirlash imkonini beradi.
ε = a – σ lg P,
Bunda, ε – presslangan mahsulotning haqiqiy g’ovakligi %; P - presslashdagi bosim, a va σ - berilgan press kukunini tavsiflovchi doimiylar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling