Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi
Download 0.89 Mb.
|
Keramika darslik
3.4. Bosim ostida pishirish
Bu jarayon issiq presslash deb nomlangan bo’lib, oddiy sharoitda yaxshi pishmaydigan texnik keramika materiallarining ba’zi turlarini olish uchun ko’proq qo’llanilmoqda. Usulning mohiyati shundan iboratki, materialga bir vaqtning o’zida ikkita omil – kuydirish uchun yetarlicha yuqori harorat va sezilarli tashqi bosim (ba’zi hollarda o’nlab va yuzlab MPa ga yetadi) ta’sir qiladi, buning natijasida pishirish jarayoni plastik deformatsiyalanish mexanizmi bo’yicha sodir bo’ladi (moddalar ko’chishining diffuzion mexanizmi ishtirokida), bu pishirish kinetikasini sezilarli darajada tezlashtiradi. Odatdagi qattiq fazali pishirishda sirt taranglik kuchlari ta'sirida paydo bo'lgan kuchlanishdan ko’ra tashqi kuchlar tomonidan yaratilgan kuchlanishlar (va shunga mos ravishda bo’shliqlar konsentratsiyasidagi o’zgarishlar) bir necha baravar ko'p bo’lgani uchun bosim ostida diffuzion oqimning tezligi sezilarli darajada oshadi. Shu bilan birga, pishirish jarayonini jadallashtiruvchi asosiy omillar (kukunlarning dispersligi va faolligi, kuyish harorati va davomiyligi) bosim ostidagi pishirishga xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi. Turli xildagi keramika massalari uchun bosim ostida pishirishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqish uchta asosiy parametrning oqilona kombinatsiyasini tanlashga olib keladi: bosim, harorat va pishirish davrining davomiyligi. Bosim ostida pishirishda quyidagi natijalarga erishiladi: Juda qisqa vaqt ichida (1 soatdan kam) maksimal zichlikdagi materiallarni olish (Кq ≥ 0,990 - 0,995) imkoniyati; 2. Oddiy sharoitlarda pishirilmaydigan materiallarni pishirish imkoniyati (masalan, bor nitridi); 3. An’anaviy pishirishga nisbatan pishish haroratini ba’zan 200 - 300 °C ga kamaytirish imkoniyati, bu qayta kristallanishni oldini olish yoki keskin cheklash imkonini beradi. Lekin, issiq presslash usuli juda qimmat va texnologik jihatdan murakkab usul hisoblanadi. Presslash qoliplari va puansonlar uchun material tanlashda sezilarli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Odatda bunda grafitdan foydalaniladi, u qizdirilganda mustahkamligini oshiradigan noyob xususiyatga ega. Biroq, grafit havoda yonish va texnik keramika buyumlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan oksidlarning bir qismini qaytarish qobiliyatiga ega. Bu usulning katta kamchiligi shundaki, uning yordamida faqat oddiy shakldagi va nisbatan kichik o’lchamdagi buyumlarni ishlab chiqarish mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling