Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Donador tuzilishga ega bo’lgan keramik materiallarni pishirish


Download 0.89 Mb.
bet19/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Keramika darslik

3.4. Donador tuzilishga ega bo’lgan keramik materiallarni pishirish
Donador tuzilishga ega bo’lgan keramika - bu materiallarning maxsus sinfi bo’lib, ular asosida (asosan) sanoatda barcha turdagi olovbardoshlar ishlab chiqariladi.
Donador tuzilishga ega olovbardoshlarni ishlab chiqarishda pishirish paytida katta donalarning qisqarishi jarayonida biriktiruvchida kuchli uzilish kuchlari bo'lmasligi uchun yetarlicha dag’al dispersli, kichik hajmli qisqarishlarga ega bo'lgan biriktiruvchilardan foydalanish kerak. Olovbardoshlarda nozik dispersli biriktiruvchi miqdorining haddan tashqari ko'payishi donador tuzilishga ega bo’lgan olovbardoshlarning xususiyatlariga ham salbiy ta'sir qiladi, chunki pishirish paytida olovbardoshda sodir bo'ladigan jarayonlar yuqorida tavsiflanganlarga o'xshaydi.
Tegishli sharoitlarda (presslash paytida yetarlicha yuqori bosim va to’g’ri tanlangan plastifikator), shixtaga nozik dispers komponentni kiritmasdan, yirik monofraksion donalardan granulali olovbardosh ishlab chiqarish mumkin. Natijada, ikkita holatga asoslanib, donador tuzilishga ega keramika materiali strukturasini shakllantirish sxemasi taklif qilindi:
- nozik dispersli komponentsiz pishirish;
- nozik dispersli komponent ishtirokida pishirish.
3.4.1. Nozik dispersli komponentsiz donador tuzilishga ega keramika materiallarini pishirish
Donador keramika materiallarida nozik dispersli komponent bo’lmasa, alohida donalar orasidagi ta’sir tekislik bo’ylab yoki "igna - tekislik", "igna - igna", "pichoq - tekislik", "pichoq -pichoq” turlari bo’yicha amalga oshiriladi (3.4-rasm).



Rasm 3.4.- Monofraksiyali kukunlarni presslashda yirik donalarning ta’siri turlari: a - “igna – tekislik” ta’siri, b - “igna – igna” ta’siri, v - tekislik bo’ylab, g - “pichoq – tekislik” ta’siri, d -“pichoq – pichoq” ta’siri.
Kristalning tekis tomoni bo’ylab donalar bilan to’g’ridan-to’g’ri kontakt joylarida pishish to’liqroq bo’ladi. Presslash jarayonida donalar orasidagi ta’sirning shakllanishida shunday maydonlar hosil bo’lishi kuzatiladiki, bu maydonlardagi strukturaviy elementlarning yetarli darajada faollanishi ularning birikishiga olib keladi.
Yuqorida aytilganlardan quyidagilar kelib chiqadi: monofraksiyali donalarni yetarlicha kuchli siqilishi ularni keyinchalik pishishida qattiq donador konstruksiya shakllanishiga olib kelishi kerak, bunda donalarni bir-biri bilan biriktirish elementlarning o’zaro strukturaviy moslashuvi tufayli amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, donalarning faqat tekislik bo'ylab emas, balki yuqoridagi ko’rsatilgan hamma turlarda ta’siriga ko'ra pishirilishi shart deb hisoblanadi va bunda pishirish kinetikasi sezilarli darajada oshadi. Ma'lumki, yarim tayyor mahsulotda donalarning bir-biri bilan kontaktda bo’lgan sirtlari umumiy sirtning juda kichik qismini tashkil qilgani uchun bosimlarning yig'indisi ushbu yarim mahsulot hajmiga bir xil taqsimlanmaydi va kontaktlarda lokalizatsiya qilinadi. Shunda, mahalliy kuchlanish quyidagicha ifodalanadi:
,
Bu yerda Р - bosim, S – ta’sir (kontakt) yuzasi.
Agar, masalan, “igna-tekislik” ta’siri turida, S = x, deb qabul qilinsa, bu yerda x - kontakt radiusi, shunda, mahalliy kuchlanish:

va x → 0 bo'lganda, σ →∞, ya'ni hattoki juda kam umumiy bosim bilan ham kontakt nuqtasida sezilarli siqish kuchlari kuchayishi mumkin.


Dag’al dispers materiallarni pishirish jarayonida katta masofalarni bosib o'tish zarurati (donalarning katta o'lchami tufayli) materialning zichlanishiga amalda erishib bo'lmaydigan muddatga kechiktiradi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling