Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet1/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik


KIRISH
Keramika - bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi. Yunoncha "keramos" so’zi kulolchilik yoki sopol buyumlar yasash san’ati degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun, uzoq muddat keramika texnologiyasi deganda, kerakli xususiyatlarga ega bo’lgan buyumlarni gilli xom ashyolardan ishlab chiqarish usullari haqidagi fan tushunilgan. Ammo so’nggi yillarda bu tushuncha kengroq talqin qilinmoqda, chunki u boshqa mineral (gil bo’lmagan) xom ashyolardan ham keng qo’llanilmoqda.
Keramika texnologiyasi tushunchasi esa mineral xom ashyolardan mahsulotlarni shakllantirib, quritish va yuqori haroratlarda pishirish orqali toshga o’xshash xususiyat berish usullari haqidagi fan sifatida talqin qilinmoqda. Bundan tashqari, keramika texnologiyasining usullarida ba’zi qismlarni ishlab chiqarishda metall kukunlaridan qo’llanilgan, shu sababli kukunli metallurgiya ko’pincha metallokeramika deb nomlanadi.
Qadim zamonlardan beri keramika mahsulotlari gil yoki ularning aralashmalarini ma’lum mineral qo’shimchalar bilan pishirish orqali olingan. Arxeologik qazishmalar shuni ko’rsatadiki, keramika buyumlari neolit ​​davridan (miloddan avvalgi 8 ... 3 ming yillik) inson tomonidan ishlab chiqarilgan. Tabiatda gil juda keng tarqalganligi sababli, kulolchilik dunyoning turli burchaklarida keng va ko’pincha mustaqil ravishda rivojlangan va ularni qabul qilish va tarqatish nisbatan oson bo’lgan. Keramik buyumlarning yuqori mustahkamligi, chidamliligi va dekorativligi ham bunga yordam bergan.
Gillar - cho’kindi tog’ jinslari sinfiga mansub bo’lib, kimyoviy tarkibi ko’proq gidroalyuminosilikatlar tashkil topgan. Geologlar oltmishga yaqin turli xil gilli tuproqlar mavjudligini ko’rsatishadi. Gillarning asosiy xususiyatlari plastiklik va olovbardoshlikdir. Gil kukun holatiga keltirilib suv bilan aralashtirganda qovushqoq xamir hosil bo’ladi, keyin qolipga solinganda unga berilgan shaklni saqlab qoladi. Yuqori haroratda pishirgandan keyin esa toshdek qotadi.
Qoramanshoh shahri (Eron, Xazinalar vodiysi) yaqinida olib borilgan qazishmalarda topilgan namunalarning yoshi miloddan avvalgi 10 ming yil deb baholanadi. Ushbu idishlar quruq mahsulotlarni (don, ildiz, tuz va boshqalar) saqlash uchun mo’ljallangan. Mahsulotlar qanday qilib pishirilib, keramikaga aylantirilganligi hali ham noma’lum. Ko’pgina olimlar bu tasodifan sodir bo’lganiga ishonishadi, yong’in yoki boshqa olovli hodisa natijasida pishirilgan keramika olingan.
Birinchi keramik buyumlari oddiy shaklga ega va ishlab chiqarish uchun qulayroq bo’lgan uy-ro’zg’or buyumlari va idishlari: laganlar va idishlar, qozon, ko’zalar va boshqalaridir. Keyinchalik qurilishda ishlatiladigan keramik materiallar – cherepitsalar, plitkalar, sirtqi devar plitalari va g’ishtlarni ishlab chiqarilishi boshlangan. Miloddan avvalgi beshinchi ming yillikda kulolchilik g’ildiragi ixtiro qilingan. Bu davrda kulolchilik eng rivojlangan bo’lgan. O’sha paytdan boshlab ishlab chiqarilgan kulol buyumlari zarur mahsulotlarga almashtiriladigan yoki pul paydo bo’lganda sotiladigan tovarga aylangan. Shu bilan birga, yassi mahsulotlar (tarixiy ma’lumotlar yozilgan parchalar), qurilish materiallari (g’isht, plitkalar, keramik plitkalar) paydo bo’ldi, ular pishgandan so’ng boshqa tabiiy materiallarga qaraganda ancha bardoshli hisoblangan, deyarli abadiy materialga aylandi.
Keramika buyumlariga metall, shisha, yog’ochga nisbatan atmosferaning ta’siri kamroq bo’lgani uchun eng qadimgi sopol buyumlar namunalari bugungi kungacha, nisbatan yaxshi holatda va ko’p miqdorda saqlanib qolgan. Bu namunalar tarixchi va san’atshunoslarga turli davrlarda xalqlar madaniyati darajasi va texnika taraqqiyoti darajasi haqida muhim ma’lumotlar berishda yordam beradi. Miloddan avvalgi eraning VII-asrida kulolchilik yodgorliklar san’atida muhim o’rin egallagan, qadimgi yunon san’ati sifatida qabul qilingan. Bu davr yuqori texnik daraja va nozik badiiy didni o’zida mujassam etgan, buyumlarning xilma-xil shakllari va ularni bezash usullarida ifodalangan sopol buyumlar namunalari bilan tavsiflanadi.
Ibtidoiy jamoa davrining bronza asri (mil. avvalgi 2 minginchi yillar)ga kelib, janubiy O’zbekiston hududida - Surxandaryoning Sherobod daryosi havzasi, Qizilsuv, Bandixon soylari atrofida shahar tipidagi qadimgi jamoa manzilgohlari shakllangan. Shunday qadimgi madaniyat markazlariga Sopollitepa va Jarqo’ton kabi shahristonlar kiradi. Sopolli tepada turar joy, xo’jalik, hunarmandlik binolari qurilgan. Kulolchilik hunarmandlari ustaxonasida turli maishiy-xo’jalik buyumlari ishlab chiqarilishi yaxshi rivojlangan bo’lib, ularda haykaltaroshlik elementlaridan foydalanilgan buyumlar ham uchraydi. Ularda hayvon tasvirlari buyumlarga bezak sifatida ishlangan, ko’zalarda esa odam shakliga o’xshash bandlardan qo’llanilgan.
Metallurgiya, shishasozlik va sanoatning boshqa ko’plab tarmoqlarining paydo bo’lishi hunarmandlar tomondan olovbardoshlar yaratilib va o’rganmaguncha mumkin bo’lmagan. Shu bilan, turli xil pechlar va qozonlar olovbardosh materiallar bilan qoplangandan keyin mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin bo’lgan.
Hozirgi vaqtda zamonaviy ishlab chiqarishning hech bir tarmog’i keramikasiz ishlay olmaydi. Sanoatning eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bu qurilish keramikasi, gʻisht, koshin, barcha turdagi keramik plitkalar, sanitariya-texnik buyumlar va boshqalaridir.
Sun’iy qurilish materiallari orasida ekologik nuqtai nazardan samarador g’isht yog’ochdan keyin birinchi o’rinda turadi. Kundalik hayotimizda biz maishiy sopol buyumlar (chinni, fayans, mayolika), shuningdek, badiiy kulolchilik (vazalar, haykalchalar, qutilar va boshqalar) bilan ko’p uchashamiz.
Aviatsiya va kosmik texnikani keramikasiz tasavvur qilish mumkin emas. Bunda 2000 °C haroratda ishlaydigan dvigatel soplolari, raketalarning konussimon burni va kosmik kemaning yerga qaytadigan qismining yuzasi keramikadan ishlaniladi.
Lazer texnologiyasiga yoqut, sapfir, zumrad va boshqalardan yirik o’lchamdagi kristallarni (diametri 600 mm gacha, uzunligi 3 metrgacha) yaratishni kerak bo’ldi va bunday kristallar olindi. Hozirda o’nlab tonnada ishlab chiqarilayotgan sun’iy olmoslar, shu qadar mukammallik va hajmga erishdiki, ular nafaqat abraziv va ishlab chiqarish sanoatida, balki zargarlik buyumlarida ham qo’llanila boshlandi.
Radioelektron sanoatining rivojlantirish uchun yarimo’tkazgich va izolyatsion keramikadan foydalaniladi, chunki, ularsiz elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin emas.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda keramika aniq fan bo’lib, ularsiz zamonaviy sanoatni rivojlantirish mumkin emas.
Qadim zamonlardan hozirgi kungacha keramik materiallar ishlab chiqarish, olingan mahsulot turidan qat’i nazar, quyidagi aniq va doimiy ketma-ketlikdagi texnologik bosqichlardan iborat: xom ashyoni qazib olish, xom ashyoni qayta ishlash, zarur komponentlarni aralashtirish, buyumlarni qoliplash, quritish va mahsulotni pishirish bilan tavsiflanadi.
Shuning uchun keramika materiallari ishlab chiqarishni o’rganish ushbu jarayonlar va usullarni biridan ikkinchisiga o’tib, belgilangan bosqichlar ketma-ketligida o’zlashtirish maqsadga muvofiqdir.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling