Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet5/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

1.1.6. Ohak (bo’r)
Hozirgi vaqtda nozik qurilish keramika materiallari ishlab chiqarish uchun bo’r shaklidagi kalsiy karbonatlari katta miqdorda qo’llaniladi. Kaltsiy karbonat tabiatda keng tarqalgan mineral bo’lib, ohaktosh, bo’r va marmarning kuchli yotoqlarini hosil qiladi. Kaltsiy karbonat cho’kindi jinslariga mansub bo’lib, yetarli darajada tozaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun keramika sanoatida (o’tga chidamli va texnik keramikadan tashqari) oldindan tozalanmasdan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga hajmi 15-20 mm gacha bo’lgan shag’al shaklida va kukun shaklida (odatda qoplarda) olib keltiriladi.
1.1.7. Dolomit
Dolomit - CaMg(CO3)2 keramika materiallari ishlab chiqarilishida ohaktosh kabi yuqori toza mineralning kuchli yotoqlarini hosil qiluvchi cho’kindi jinslarga tegishli. Zavodlarga asosan o’lchami 15-20 mm gacha bo’lgan shag’al shaklida kiradi.
1.2. Olovbardosh materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyo
1.2.1. Alyuminiy oksidi
Alyuminiy oksidi (glinazyom) hozirgi davrda faqat tabiiy alyuminiy gidroksidlaridan - boksit va diasporadan kimyoviy usullar bilan olinadi. Ikkala tabiiy mineral ham odatda temir oksidi (2-3%), kaolinit, kvarts va b. aralashmalari bilan ifloslanadi. Olingan glinazyom markaga qarab, asosiy oksidni 99,9% gacha o’z ichiga oladi. Glinazyomlar o’ziga xos fizikaviy va texnik xususiyatlari tufayli olovbardosh materiallar sanoatida va turli xil texnik keramika sanoatida ko’proq qo’llaniladi. Bundan tashqari, chinni izolyatorlarini ishlab chiqarishda ularning texnik xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi.
1.2.2. Magniy oksidi
Magniy oksidi asosan tabiiy magnezit MgCO3 dan yoki sho’r ko’llar va dengiz suvidan olingan magniy gidroksidi Mg (OH)2 dan ishlab chiqariladi.  Oʻzbekistonda magniyli minerallarning katta konsentratsiyalari mavjud boʻlib, ulardan keng foydalaniladi (OlmaliqKumushkonTomdibuloq va h.k. konlari).
Texnik keramika uchun sof magniy oksidi turli magniyli kimyoviy birikmalarining termik parchalanishi yoki magniy metallining oksidlanishi orqali olinadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling