Keramika bu mineral va organik qo’shimchalar bilan gildan qoliplash, so’ngra quritish va pishirish orqali olingan sun’iy tosh materiallarining katta guruhining umumiy nomi


Download 0.89 Mb.
bet8/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1339677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Keramika darslik

2.3. Komponentlarni aralashtirish
Keramik buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan kukunlar faqatgina zarrachalar o’lchami bilan emas, balki ularning taqsimlanishi bilan ham tavsiflanadi. Bir xil o’lchamdagi (monofraksiyali) zarrachalar aralashmasini betartib joylashtirganda taxminan g’ovakligi 40% bo’lgan materialni olish mumkin. Agar kattaroq donalardan hosil bo’lgan bo’shliqlarga yanada mayin dispersli material kiritilsa, u bo’shliqlarni to’liq to’ldiradi va materialning umumiy g’ovakligi 0,4x0,4x100 = 16% bo’ladi. Lekin, amalda bu qiymatga erishish qiyin, chunki fraksiyalarni ideal taqsimlash deyarli mumkin emas (elektrostatik itaruvchi kuchlar va o’ta nozik zarrachalarning o’zaro birlashib yiriglashishi tufayli).
Material ichidagi bo’shliqni samarali ravishda kamaytiradigan usullarni tanlashda ikkita asosiy prinsip mavjud:
a) uzluksiz joylashtirish, ya’ni hajm turli o’lchamdagi zarrachalar bilan to’ldiriladi, bunda, diametri eng kattadan nolga yaqin bo’lgan zarrachagacha aralashib kiradi;
b) uzlukli jaylashish, ya’ni ma’lum o’lchamdagi donalar orasida oraliq fraksiyalarning donalari bo’lmaydi. Yirik donalar karkas hosil qiladi, ularning bo’shliqlari keyingi berilgan fraksiyaning donalari bilan, yangi bo’shliqlar esa uchinchi berilgan fraksiya donalari bilan to’ldiriladi va hokazo.
Amalda esa, texnologik tartibning murakkabligi tufayli ko’p bosqichli joylashtirish kamdan-kam hollarda amalga oshiriladi.
Turli tadqiqotchilar uzluksiz joylashtirish uchun fraksiyalarning optimal nisbatini aniqlashda bir qator formulalarni taklif qilishdi. Eng qulay formulalardan biri Andreasen tomonidan taklif qilingan:

Bu yerda, A - o’lchami d dan kichik bo’lgan zarrachalar fraksiyasining miqdori (mas. %); D – zarrachalarning maksimal o’lchami, q - ma’lum bir kukun va mahsulot zichligi uchun eksperimental ravishda aniqlangan ko’rsatkich (bu zarrachaning shakli, yuzasining xususiyatlariga bog’liq va 0,33 dan 0,50 gacha oroliqdagi qiymatga ega).
Ishlab chiqarish sharoitlarida turli xil kukunlovchi qurilmalarda xom ashyo kukun holatiga keltiriladi, ularni monofaksiyalarga ajratmasdan, ko’pgina hollarda ishlab chiqarish talablariga javob beradigan uzluksiz donadorlik tarkibida g’ovakligi 25-30% bo’ladigan xom ashyo aralashmasi olinishi mumkin. Amalda keramik massalarni tayyorlash usullari ikkita asosiy guruhni tashkil qiladi – dag’al dispersli va nozik dispersli massalar.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling