- Chanqoqlik bu- hayvon organizmining suvga bo’lgan talabidir. Bu talab oziqa xarakteriga (nam yoki quruqligiga), kuchli ishlashiga, mahsuldorligiga, tashqi muhit haroratiga hamda modda almashinuvining intensivligiga bog’liq. Chanqoqlikning quyidagi o’zgarishlari kuzatiladi.
- Chanqoqlikning oshishi. Hayvon ko’p terlaganda, uzoq vaqt suvsiz qolganda, doimiy ich ketganda va qayd qilganda kuzatiladi.
- Chanqoqlikning kamayishi. Namli oziqalar bilan oziqlantirilganda, havo harorati ko’tarilmaganda va ich ketish, qayd qilish kasalliklari kuzatilmaganda namoyon bo’ladi.
- Oziqa qabul qilishni tekshirish. Oziqa qabul qilishni tekshirishda har bir tur hayvon oziqani o’ziga xos qabul qiladi (yirik shoxli hayvonlar oziqani asosan tili bilan qabul qiladi, qo’ylar lablari va tishlari yordamida, otlar asosan lablari tishlari yordamida oladi, cho’chqalar, itlar ovqatning xarakteriga qarab tish va tillari yordamida).
- Kasalliklarda oziqa qabul qilishning o’zgarishlari kuzatiladi (og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi yallig’lanishida oziqani kuchlim ishtaha bilan qabul qilib, og’zidan chiqarib tashlaydi, miya qorinchalari kasalligida (oshlum) hayvon bir tutam oziqani oziqani xudi itlarga xos tishlab og’ziga oladida, so’ngra xudi unutgandek, og’zida soatlar ushlab turadi).
Suv qabul qilish va chaynashni tekshirish - Suv qabul qilishni tekshirish. Bunda har bir tur hayvon suvni o’ziga xos qabul qiladi (qoramol tumshug’ini suvga yuzaki botirib, suvni so’rib qabul qiladi, bir tuyoqli hayvonlar tumshug’ini chuqurroq botirib tishlari orqali suvni simirib, itlar va yirtqichlar tili bilan shaloplab qabul qiladi). Ner sistemasi kasalliklarida Hayvon tumshug’ini chuqur botirib uzoq vaqt saqlanadi. Pastki jag’ chiqqanda, jag’ suyaklari singanda suv qabul qilish qiyinlashadi.
- Chaynashni tekshirish. Chaynash bu oziqalarni og’iz bo’shlig’ida mexaniy maydalanishidir. Hayvonlar turiga qarab o’ziga xos chaynaydi (kavshovchi hayvonlar yuzaki va chala chaynaydi, bir tuyoqli hayvonlar shoshilmasdan astoydil chaynaydi, cho’chqalar, mushuklar, itlar va yirtqich hayvonlar oziqa xarakteriga qarab yumshoq oziqalarni yutadi, suyaklarni sinchiklab).
Do'stlaringiz bilan baham: |