Reja: - Kesimning ta’rifi va xususiyatlari.
- Kesimning material jihatdan turlari:
- fe’l kesim va uning ifodalanishi;
2) ot kesim va uning ifodalanishi. 3. Kesimning tuzilish jihatdan turlari: - sodda kesim;
2) tarkibli kesim. 4. Bog`lama haqida ma’lumot. 5. Ega va kesimning shaxs va sonda mosligi. 6. Ega va kesim orasida tirening qo`llanishi. Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo‘lak kesim deyiladi. Kesim o‘zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo‘lak hisoblanadi. Kesim ifoda materialiga ko‘ra (qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim. Kesimning material jihatdan turlari
FE’L KESIM
OT KESIM
Fe’l kesim. Turli fe’l shakllari bilan ifodalanadigan kesim fe’l kesim deb yuritiladi: Yo‘l chetida zarg‘aldoqlar sayraydi. (P.Q.). O‘rik qiyg‘os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog‘ib berdi. (P.Q.). Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog‘ etagida qishloqning mirzateraklari elas-elas ko‘zga tashlanadi. (P.Q.). 2. Ot-kesim quyidagicha ifodalanadi: 1) bosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar bilan: O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent. Bu sovg‘a ukamga. Uyning kaliti onamda. Bularning hammasi sevinchdan. 2) sifat bilan: Shahar go‘zal. 3) olmosh bilan: Bu narsa o‘z-o‘zimniki.
Do'stlaringiz bilan baham: |