Kesim va uning ifodalanishi


Ega bilan kesimning shaxs va sonda o‘zaro mosligi


Download 96.87 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2023
Hajmi96.87 Kb.
#1237057
1   2   3   4
Bog'liq
5-MA\'RUZA. Kesim

Ega bilan kesimning shaxs va sonda o‘zaro mosligi

Shaxsda mosligi

  Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo‘ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz. Ega (Biz) – 1-shaxsda, kesim (qatnashamiz) - 1-shaxsda.

Ega va kesimning sonda mosligi

I. Fe'l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi. Biz yordam berdik.

II. Kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:

1. Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe'l-kesim sonda mos bo‘ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar.

2. Ko‘plikdagi kimsani emas, narsa-buyumni bildirsa, fe'l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi.

3. Ot kesim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi.

4. Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo‘ladi: Uchta qiz keldi.

Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi

I. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi:

1. Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi: Toshkent – go‘zal shahar.

2. Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa va bog‘lama bo‘lmasa, egadan so‘ng tire qo‘yiladi: Kulish – umrni uzaytirish vositasi.

3. Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish, kabi ma'nolarni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz.

4. Ega yoki kesim ko‘rsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko‘rsatilsa, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa, egadan keyin tire qo‘yiladi: Ana shu – mening uyim. Uch karra uch – to‘qqiz.


Download 96.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling