Kesim va uning ifodalanishi
Kesim va uning ifodalanishi
Download 324 Kb.
|
Kesim va uning ifodalanishi
Kesim va uning ifodalanishi.
Kesimning ega bilan moslashuvi (koordinatsiya). Ikki sostavli gaplarda ega va kesim moslashadi. Bu shaxs-son affikslari fe`llari fe`lning ham grammatik jihatdan moslashadi: Qishloq xo`jaligi xodimlari paxtadan mo`l hosil olish uchun kurashmoqdalar. Ega va kesim faqat mantiq jihatdan moslashadi: Barcha to`planadi. Ega va kesimning shakliy jihatdan moslashuvi quyidagi xususiyatlar bilan harakatlanadi: Gap kesimli fe`l bo`lganda: Ega I va II shaxs olmoshlari bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi: Men o`qidim. Siz o`qidingiz. Ega III shaxsini ko`rsatuvchi olmosh bilan ifodalanganda, kesim bilan shaxs-sonda moslashadi, lekin ba`zan sonda moslashmasligi ham mumkin: Zulfiya o`qiydi. Talabalar sportla g`olib chiqdilar. O`quvchilar keldi. 2)Kesim ot kesim bo`lganda: 3)Tilimiz grammatik qurilishdagi mikrosistemalar to`g`ri anglash va baholashga erishish. Gapda ega mutlaq xokim. U o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga ham, kesimga ham xokim. Kesim esa faqat o`z sostavidagi ikkinchi darajali bo`laklarga xokim. Ega va kesimni bosh bo`laklar deb, to`ldiruvchi, aniqlovchi va xolni ikkinchi darajali bo`laklar deb ko`rsatilishi ularning biri xokim, ikkinchi tobeligidan emas, balki ularning o`ziga xos grammatik xususiyatlaridandir. Bu xususiyat gap bo`laklarining nutqidagi funksiyalari asosida kelib chiqadi.6 Ikkinchi darajali bo`laklarsiz alohida, to`liq gap to`liq gap tashkil eta olmaydi, ular gapda bosh bo`laklarga bog`liq xolda qatnashadi: Nizomjon onasining gaplarini chin yurakdan eshitib utirardi (S.Ahmad). Demak, ikkinchi darajali bo`laklar bir-birlarining ma`nosini bevosita izoxlab, to`ldirib, shular orqali gapdagi bosh bo`lak ma`nosini to`ldirishga ko`maklashadi. Gapning ikkinchi darajali bo`laklarini ajratishda ularning ob`ektiv xoli tushunchalarni ifodalash asos qilib olinadi, bu tushunchalar turli grammatik shakllar orqali ifodalanadi. To`ldiruvchilarning ifodalanishida morfologik asos bo`lib xizmat qiluvchi so`zlar tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari shaklidagi ot va otlashgan so`zlar sanaladi: Egilgan boshni qilich kesmas (maqol). Yaxshiga yondosh, yomondan qoch (maqol).Xol ikkinchi darajali bo`laklarning eng muraakabidir. Xol harakat-xolatni qanday xolda, qanday vaziyatda, qayusulda, qachon, qaerda, nima uchun, nima maqsadda, qanday shart bilan bajarilishi, bajarilish miqdori, darajasi, belgilarni ko`rsatadi; sub`ekt, predtkt va ob`ekt munosabatlarini reallashtiradi, ularning ob`ektiv borliqqa munosabatini belgilaydi. To`ldiruvchiga nisbatan xolning qo`llanish doirasi ancha keng. Har qanday yig`iq gapning xolning u yoki bu turini qo`shish bilan yoyiq gapga aylantirish mumkin. Lekin to`ldiruvchi yordamida kengaytirib bo`lmaydi. Masalan: Konsenrt juda kech tamom bo`ldi (A.Qaxxor). Kengayish aniqlovchilar yordamida ham amalga oshiradi. Xol boshqaruv yo`li bilan xokim bo`lakka ergashadi. Xolning boshqarilishi kelishikli, ko`makchili va aralash vositalar bilan amalga oshiriladi: Tol tagiga yelpinib dam oldi (Oybek). Men siz kabi bo`lishni istar edim (Ayniy). Xol semantik-sintaktik qurilishi jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi: ravish xoli, o`rin xoli, payt xoli, sabab xoll, maqsad xol, daraja-miqdor xoli, shart va to`siqsizlik xoli. Ayrim ishlarda xolning olti turi1 boshqalarida o`n uch turi ajraladi. 1. Ravish xoli harakat yoki xolatning qanday xolda, qanday kayfiyatda bajarilishini, bajarilish sifatini ko`rsatadi va qanday qanday, qanday qilib, qanday xolda, qanday ravishda, qanday tarzda kabi so`roqlarga javob beradi.7 Ravish holi semantik-sintaktik xususiyatlarga ko`ra quyidagi ma`nolarni ifodalaydi: Harakatning bajarilish xolatini ko`rsatadi: Daraxtlarning yashil chodiri ostida u yoq-bu yoqni asta kezdi (Oybek). Harakatni bajarishda sub`ektning qanday ruxiy qiyofada bo`lganligini ko`rsatadi: Solix Mahmud kulimsiragan kuyi daxlizda yurib berdi (A.Qodiriy). Harakat yo xolatni bajarilish sifatini anglatadi: Gulchehra atlas kuylagini olovday yondirib daraxtlar orasida go`yo uyinga tushganday yengil, nozik yo`rg`alar edi (Oybek). Harakat-xolatning belgisini tasvirlab ko`rsatadi: Domla g`azabidan qalt-qalt titrab yana vaysadi. Yuragim qinidan chiqquday gup-gup uradi (Oybek). Harakat yo xolatning qanday usulda, qanday yo`l bilan bjarilishini ko`rsatadi: Kampir g`azablanibdi, uklok bilan urib itning oyog`ini sindiribdi (O`zbek xalq ertaklari). Bir predmet harakatning ikkinchi bir predmet harakatiga o`xshashligini ko`rsatadi, shu o`xshashlik zaminida harakat-xolatning belgisi aniqlanadi: Manzura yosh qizchalarday yuguradi, qax-qax uradi (A.Muxtor). 2. O`rin xoli predmetning o`rnini ko`rsatish bilan birga predmet xolatining yuz berish o`rnini, predmet harakatiga mos bo`lgan turli o`rin ma`nolarini ifodalaydi. O`rin xoli voqelikka nisbatan urin ma`nosini quyidagicha ifodalaydi: O`rin xoli o`rin kelishigida kelib, predmetning turish joylashish o`rnini bildiradi: Eshik tagida, devor buylarida turishibdi. (A.Muxtor). Predmet xolatining yuz berish o`rnini ko`rsatadi: Ariq buyida cho`zilib ulagan (Oybek). Perdmet chiqish, harakatning boshlanish o`rnini ko`rsatadi: Sal o`tmay Shirinoy daladan qaytib keldi (Oybek). Predmet harakatining yo`nalish o`rnini ko`taradi: Arslonqul o`z to`dasi turgan chodirga bordi (Oybek). Zangori osmonga tutashgan tog` cho`qqilariga qadar ajoyib boy manzaralar ochilar edi (Oybek). O`rin xoli bosh, o`rin chiqish kelishigi va ko`makchiligi va ko`makchilar bilan birga qo`llaniladi. U ega, kesim, to`ldiruvchi va xolning boshqa turlariga ergashishi mumkin.8 3.Payt xoli harakat yoki xolatning sodir bo`lish paytini ko`rsatadi va qachon, qachondan beri, qachondan boshlab kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Payt xoli zamon ma`nosiga aniqlik kiritishda bir xil xususiyatga ega emas. Shunga ko`ra, quyidagi xolatlarda payt munosabatlarini anglatadi: Harakat xolat voqeaning yuz berish vaqtini ko`rsatadi: Otryad tongda qishloq shurosi oldida saf tortdi. (G`.G`ulom). Harakat xolatning boshlanish paytini ko`rsatadi: B bakaterakni va undagi laylak uyasini bu yerning qariyalari ham bolaligidan biladi (A.Muxtor). Payt chegarasini ko`rsatadi: Jo`raxon zalni anchagina tinchitolmadi (A.Muxtor). Harakat va xolatning boshlanish va tugash paytini ko`rsatadi: ular soat birdan ikkigacha dam olishda olishdi (Sharq yulduzi). Harakat-xolatning boshqa harakat va xolatdan oldin bo`lish yoki bo`lmasligini ko`rsatadi: To`qqiz yil burun mana shu bozor ko`chada, mana shu bozor ko`chada, mana shu o`zimiz o`tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo`lgan (A.Muxtor). Harakat holatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko`rsatiladi: Onasi bilan ertayu kech dalada timiskilanib yuradi (X.G`ulom). 4. Maqsad xoli so`zlovchining qanday maqsadda ish tutishi, harakat-xolatning ular tomonidan nima uchun qilinayotganligini ko`rsatadi va nega, nimaga, kim uchun, nima deb, nima maqsadda, qanday maqsadda kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Maqsad xoli ko`pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko`makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning gali affisi shakli va jo`nalish kelishigidagi ayrim so`zlar bilan ifodalanadi. Maqsad xoli ikki ko`rinishda ega: Aniq maqsad xollari: Bu gal o`z o`quvchilarning Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat keldi (S.Zunnunova). Noaniq maqsad xollari: Ular atayin aylanma yo`ldan yurdilar (A.Muxtor). 5. Sabab ish-harakat yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xoli ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi. Sabab xollari uchun, sabali, tufayli yordamchilari bilan birga kelgan sifatdosh, sabab ravishlari, chiqish kelishigidagi so`zlar va ravishdorlar bilan ifodalanadi. Sabab xollari nima uchun, nima sababdan so`roqlariga javob bo`ladi.9 Sabab xoli semantik tomonidan bir necha ko`rinishlarga ega: Harakatni bajaruvchi shaxsning biror ishi shu harakatning yuzaga kelishmasligiga sabab bo`ladi: Bu gapning tarixini bilganligi uchun Siroj ham kulib yubordi (S.Zunnunova). Harakatning bajarilish-bajarilmasligiga boshqa birovning harakati sabab buladi: U singlisi tufayli juda baxtiyor edi (A.Muxtor) Predmet harakatining yuzaga kelishi uchun shu predmet biror xususiyatning sabab bo`lishini ko`rsatadi: Qishloq bir oz pastlikka bo`lganidan daraxtzor biror boqqa o`xshab guj bo`lib ko`riladi (S.Zunnunova). Bir predmet harakatning yuzaga kelishi uchun boshqa bir predmet harakatining sabab bo`lishini ko`rsatadi: Urush tufayli korxona ro`zg`ori birmuncha oqsab qoldi (Sharq yulduzi). Harakat-xolatning kim tufayli, nima sabali bo`lish-bo`lmasligini aniq ko`rsatmaydi: Bu odam o`sha vaqtda uchundir Gulnora ishlayotgan idoraning hisobiga turardi (S.Zunnunova). 6. Miqdor xoli ish-harakatning bijarilish miqdorini bildiradi va qancha, necha marta so`roqlarga javob bo`ladi. Miqdor xoli maktab grammatikasida ravish xoli tarkibiga kiritiladi. Oliy o`quv yurti darsligida miqdor daraja xoli deb o`rganilsa-da, kam material berilgan. A.N.Kononov uni o`lchov va daraja xoli deb nimaga ajratadi. Biz uni miqdor xoli deb atadik va shu tushuncha doirasida uni boshqa guruhlarga bo`lib o`rganishi lozim topdik. Harakat yo holatning og`irligi narx-navo, uzoq-yaqinlik, uzun-qisqalikka oid miqdor belgilarini kuchaytirib ko`rsatadi: Nagan ham biram yarashib turibdiki (X.G`ulom). Download 324 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling