Kesim va uning ifodalanishi
Download 324 Kb.
|
Kesim va uning ifodalanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab kesim.
Sostavli fe`l kesimlar ikki yoki undan ortiq negizdan tashkil topgan fe`llar bilan ifodalanadi. Bunda fe`llarning biri ozining leksik ma`nosini saqlab, etakchi fe`l hisoblanadi. Qolganlari etakchi fe`ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bogliq bolgan turli qoshimcha ma`nolarni ifoda etib, komakchi fe`l hisoblanadi.4
Sostavli fe`l kesimlarning etakchi qismi kopincha kopincha ravishdosh shaklida boladi: Erta bahor quyoshi kecha yogib otgan yomgirning namini erdan sugurib olayotir (Oybek). Sostavli fe`l kesim ba`zan juft fe`llar bilan ifodalanishi ham mumkin: Gapning naq onasini aytdingiz-quydingiz (P.Tursun). Sostavli ot kesimlar keng ma`nodagi ot boglama yoki toliqsiz fe`l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi. Bunda asosiy ma`no otdan anglashilib kesimning ega bilan moslashuvini ta`minlaydi: Gulnora, mana bu manzara juda chiroyli ekanmi? Gulning toni qirq yamoq, barglari yirtiq bolsa ham, husni toza emasmi?! (Oybek). Kelgan ikki kishi professor ekan (Oybek). Sostavli ot kesim harakat nomi kerak (zarur, lozim, darkor) tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: El moliga uzatilgan qollarini kesish kerak (Oybek). Har ishni yaxshi bajarish uchun unga kongil berib kurashmaoq kerak («Sharq yulduzi»). Ishning mana shu ikki tomonini organishiz, juda yaxshi bilishimiz zarur (A.Qahhor). Sostavli ot kesim ba`zan chiqish kelishigi shaklidagi soz iborat tipidagi qurilmalar bilan ham ifodalanadi: Vazifamiz yigim-terimni muvaffaqiyatli yakunlashdan iborat (“Xalq sozi”). Sostavli ot kesim bor, yoq sozlari va toliqsiz fe`l tipidagi qurilmalar bilan ifodalanadi: Maktab xovlisida ta`til bolgani uchun xech kim yoq edi (Oybek). Jamongizda kopgina tashabbuskor yoshlar bor ekan (Sh.Xolmirzayev). Murakkab kesim. Ikki va undan ortiq sozlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topib, bir butan xolda kesim sifatida shakllangan xodisalar murakkab kesim sanaladi. Murakkab kesimlar quyidagicha ifodalanadi:5 Turgun birikmalar bilan: Bizning Vatanimiz Ozbekiston Respublikasidir (“Xalq sozi”). Frazeologik birikmalar bilan: Mirzakarimboy ilonning yogini yalagan (Oybek). U tegirmonga tushsa butun chiqadi (Oybek). Izofa xarakteridagi, kochma ma`noli korsatkichli birikmalar bilan: Otalar sozi aqlning kozi. (Maqol). Bog`lanma. Kesimdan keyin kelib, kesimni grammatik jihatdan shakllantirish, uning semantikasini taraqqiy ettrishi, qikrni tgallash, shaxs-son, zamon, modalliq kabi grammmatik ma`nolarni ifodalash, kesimning ega bilan munosabatining ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi vositalar bog`lanma sanaladi. U quyidagicha ifodalaninadi: Edi, ekan, emish kabi to`liqsiz fe`llar bilan: Usta Azim sharqcha binolar ko`rishda mashhur edi (Oybek). Bu chinorning Ochil buvaning uzoq ajdodlaridan biri o`tkazgan emish (A.Muxtor). Predikativ-modal so`zlar bilan (kerak, zarur, shart, lozim, mumkin): Men ertaga qolib bo`lsa ham, loyihani muhokamaga tayyorlashim shart (A.Muxtor). Klub ishini faqat Bashoratxon bajarishi mumkin (A.Muxtor). Ko`makchi fe`llar bilan: Noz-ne`mat to`la dasturxon ustida suhbat boshlanib ketdi (Oybek). Ko`makchilar bilan: Baliqning tirigi suv, odamning tirikligi el bilan (maqol). Bor, yo`q, emas so`zlari bilan: Uch soatdan beri biron kimsa duch kelgani yo`q (A.Muxtor). Sanaladi, hisoblanadi, iborat so`zlari bilan: Korxonaning tarixi safarbarlikdan iborat (A.Muxtor). Predikativlik affikslari bilan: Biz ham inson o`g`limiz (X.X.Niyoziy). Bog`lamalar tuzilish jihatdan so`z bog`lama va affiks bog`lamaga bo`linadi. Download 324 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling