Kesish nazariyasi va kesuvchi asboblar
Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar cho’yan, bronza, toblangan
Download 22.52 Kb.
|
9 14bilet
Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar cho’yan, bronza, toblangan
po’lat va mo’rt materiallarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.VK qotishmasida kobalt miqdorining oshishi uning qattiqligi va yeyilishga bardoshligini pasaytiradi,lekin mustahkamligi ortadi.VK2 qotishmasi juda yuqori yeyilishga chidamlilikka ega va yarim toza, toza va oxirgi ishlov berish uchun qo’llaniladi. Bilet 10 1) Metchik va plashkaning vazifasi 2) Kesib ishlov berishdagi asosiy harakatlar qaysilar? 3) Tokarlik kesuvchi asboblarning turlarini ta’riflang Metchik — teshiklarda vintsimon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun moʻljallangan metall qirqish asbobi. Metchikning bir uchi kesuvchi tigʻlari (qirralari) boʻlgan silindrik valikdan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga moʻljallangan quyruqdan iborat. Asosiy xillari: dastaki Metchik. (qoʻlda rezba ochish uchun); gayka Metchigi (ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); mashina Metchigi (parmalash stanoklarida, avtomat va maxsus agregat stanoklarida, asosan, bir tomoni berk teshiklarda rezba ochish uchun); stanok Metchigi (gayka qirqish stanoklarida ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); avtomat Metchik (gayka qirqish stanoklarida rezba ochish uchun) va boshqa Ular legirlangan asbobsozlik poʻlati va tezkesar poʻlatdan yasaladi Plashka - Qolip yoki xalqcha lerka — tashqi iplarni qoʻlda yoki mashinada (mashinada) kesish uchun asbob [1] [2]. Lerkaning ajralmaydigan shakli bor va yivli tishli teshikka ega, kesilgan ip matritsalarga qaraganda aniqroq. Hozirgi vaqtda o'lim va lerklarga bo'linish to'xtadi. Qoliplarning turlari: qattiq, bo'linadigan va surma (klupp). Qolipning tashqi yuzasi shakliga ko'ra yumaloq, kvadrat, olti burchakli, prizmatik bo'ladi. 2.
3Tokarlik stanoklarida foydalaniladigan keskichlar bajaradigan ish xarakteriga ko‘ra turli xil bo‘lishidan tashqari, ular issiqbardosh, kam yeyiladigan bo‘lishi lozim. Shu boisdan keskichlar legirlangan tezkesar po‘latlar (masalan, P9, P18), qattiq qotishmalar (masalan, T15K6, BK6) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har qanday keskich tuzilishiga va geometriyasiga ko‘ra farqlanadi. 62- rasm (a) da ko’proq tarqalgan zagotovkani o‘ngdan chapga bo‘ylamasiga yo‘nuvchi keskich keltirilgan. Bu o‘naqay keskichdir, chapdan o‘ngga qarab yo‘nuvchi, chapaqay keskichlar ham bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, keskich ish va tana qismidan iborat bo‘lib, ish qismi bevosita zagotovkadan qirindi yo‘nadi, tana qismi keskich tutkichga o‘rnatiladi. Zagotovkadan qirindi yo‘nash oqilona olib borilishi uchun ish qismi ma’lum burchaklar ostida charxlanib, qirrali tig‘lar hosil etiladi. Ma’lumki, ishlanuvchi materialning qattiqligi ortishi bilan keskichining issiqlik o‘tkazuvchanligi pasayishi sababli kesib ishlashga qarshiligi ortib, kesish zonasida ancha ko‘p issiqlik ajraladi, natijada keskich tezroq yeyiladi. Zagotovka sirtida karbidlar, shlaklar, bo‘lsa, ular ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan sifatli va unumli ishlov uchun kesib ishlanadigan zagotovka materialiga, uning fizik-mexanik xossalariga va sirt yuza holatiga ko‘ra keskich materiali va uning geometrik burchaklarini tanlashning ahamiyati g‘oyat katta. Download 22.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling