Ketgan birov edi
Download 22.97 Kb.
|
Adabiyot nazariyasi 2-oraliq
Ahmad A’zam “Ketgan birov edi” hikoyasi haqida mulohazalarim Ahmad A’zam asarlarida odatdagiday boshi va oxiri bor voqealar, sabab va oqibat doirasida harakatlanadigan qahramonlar tasvirlanmaydi. Bir qarashda ijtimoiy salmoqdan mahrum mayda tafsilotlarning adoqsiz silsilasi aks etganday tuyulguvchi bu asarlarni tushunish oson kechmaydi. Chunki bu tafsilotlar zamiridagi ma’noni o’qirmanning o’zi topishi kerak bo’ladi. Qozoqboy Yo’ldoshev Zukko adabiyotshunos, munaqqid, tarjimon Ahmad A’zam o’zbek nasri rivojiga, jumladan, hikoyachiligiga katta hissa qo’shgan yozuvchilardan biri hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan Qozoqboy Yo’ldoshevning fikrlari buning isbotidir. Chindan ham yozuvchining asarlariga e’tibor beradigan bo’lsak hayotning ko’zga tashlanmaydigan kichik hodisalari zamiridagi ulkan ma’nolarni anglashimiz mumkin. Buning isboti o’laroq uning “Ketgan birov edi” hikoyasini tahlilga tortib ba’zi mulohazalarimizni bayon etamiz. Hikoya bir qarashda sodda, hech qanday tugun,kulminatsiya va yechim yo’qday ko’rinadi. Aslida esa bu hikoyani tushunib o’qish uchun o’quvchining anglay olish qobilyati bo’lishi kerak. Hikoya ko’rinishidan bir insonning ijaraga ko’chish taraddudlari haqida boradi. Lekin hikoyani asl ma’nosi esa umuman boshqa. Hikoya qahramoni boshqa bir uyga ijaraga ko’char ekan buyumlarini ko’zdan kechirib har bir kerakli-yu keraksizlarini joylay boshlaydi. Allaqachon eskirib bo’lgan va faqat uy ichiga sudrab yuradigan boshmog’ini ham tashlab ketishga ko’zi qiymaydi. Hamma narsalarini joylab bo’lgach tokchada taxliq eski,ranglari ham uchgan do’ppisiga ko’zi tushadi. Uni oxirgi marta qachon kiyganini ham eslay olmaydi. Do’ppi bilan bog’liq xotiralarini esga oladi. Va so’ngida uni keraksiz deya tashlab ketadi. Yo’lda ketar ekan birinchi bora boshi yalang ekanligi sezadi va o’ziga o’zi shunday deydi: “Yo’lda ketayotganimda boshim yalangligi bilindi,xuddi o’sha qalpoqni doim kiyib yurgandek,endi boshyalang qolgandek, boshqa endi qalpoq bo’lmaydigandek. O’zim emas,xuddi boshim qalpog’ini so’rayotgandek tuyuladi”. Va yangi ijara uyiga borib narsalarini saranjom sarishta qiladi va yana eski qalpog’ini esga oladi. Xuddi qadrli narsasi yo’qday xonada o’ychan qoladi. Hikoyaninh qisqacha ko’rinishi shunday. Endi tahlilga o’tamiz. Avvalo hikoyaning nomiga to’xtalamiz. Nega endi “Ketgan birov edi” ? Nega aynan qalpoq? Buning javobini hikoya tahlilida bilib olamiz. Hikoya qahramoni eski bo’lishiga qaramay boshmoqlarini o’zi bilan olishga qaror qiladi va uni qanday sotib olgani haqida o’ylay ketadi. Bu bilan yozuvchi insonlar uchun hozirgi kunda ko’proq moddiyatning bahosi va ayniqsa chet elniki desa aynan shunga yopishishi haqida ta’kidlamoqda. Do’ppisnii esa tashlab ketadi va uni o’zi emas onasi olib berganini eslaydi. U haqida o’ylay ketganda onasining so’zlarini esga oladi: Odamning yonida qalpog’i albatta bo’lishi kerak. O’zbek qalpoqsiz bo’lmaydi. Chindan ham o’zbek do’ppisiz bo’lmaydi! Hikoyada aynan qalpoq keltirilishiga sabab- bu bizning milliyligimiz, o’zligimizni esga solib turuvchi buyumdir. Necha zamonlar mobaynida do’ppi o’zbek xalqining boshidan tushmagan. Do’ppiga boshni balo qazolardan asrovchi sifatida ham qarashgan.” Bosh omon bo’lsa do’ppi topiladi” singari maqollarimiz ham be’jiz aytilmagan. Afsuski hozirgi kunga kelib do’ppi kiyish unutildi. Lekin qalpoq hanuzgacha bizning milliyligimiz,o’zligimiz ramzi sifatida qadrlanadi. Hikoyadagi do’ppi bu qahramonning o’zligini, yoshligini eslatib turuvchi vositadir. U atay do’ppisini olgisi kelmadi va ko’p kiymaganini ham eslab o’tdi, lekin ko’chaga chiqishi bilan uning yo’qligi his etdi. Yangi joyga ko’chib o’tdi hamki yana do’ppi esga kelaverdi. O’zini xuddi bu yerda emasdek his qilaverdi. Sababi u yerda o’zligi, milliy o’zligi, yoshligi, xotiralari qoldi. Tana kelgan bo’lsada ruh hamon o’sha yerda qalpoq turgan tokchaga termulib turardi. Aynan shuning uchun hikoya nomi “Ketgan birov edi” deya nomlangan. “Yangi ijaramda ich etimni yeb o’tiribma-u, lekin xuddi eskisi-endi keraksiz narsalarning hamasi olib ketilgan, faqat tokchasida eng kerakli narsa-qalpoq turgan xonada unga qarab o’tirgandekman”. Aynan mana shu satrlar qahramonning ruhiyatini ochib bergan va ayni damda eng kerakli deb hisoblagan buyumlari keraksizga chiqib keraksiz deganiga muhtoj bo’lib o’tiribdi. Biz hammamiz ham xuddi shundaymiz, ya’ni o’zligimizga muhtojligimiz bor. Biz qanchalik zamonaviy hayotga va zamonaviy kiyimlarga intilmaylik, baribir qayerdadir milliyligimizni saqlab qolishimiz kerak va shu bilan birga o’zligimizga xiyonat qilmagan bo’lamiz. Hikoyada o’zim uchun yana bir ma’no chiqardim, Do’ppi bu yerda nafaqat buyum sifatida , balki qalbimizning bir chekkasida qolib ketgan o’zimiz haqimizda. Ya’ni ko’pchiligimiz taqdir taqozosi bilan o’z tug’ilib o’sgan joyimizni tark etamiz. Yangi joyga ko’chib o’tamiz. Yangi chehralar, shiddat bilan rivojlanayotgan zamon, sharoitlarga to’la shahar. Lekin biznining ichimizda o’zligimiz, tug’ilib o’sgan joyimizning xotirasi albatta bo’ladi va biz bularni hech qachon yodimizdan chiqarmasligimiz va unutishga urinmasligimiz ham kerak. 404-guruh talabasi Omonova Iqboloy Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling