Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XIII.4. Saqlovchi muhofaza vositalar


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
XIII.4. Saqlovchi muhofaza vositalar 
 
Saqlovchi muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va 
mexanizmlarda zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti 
va sog'lig'iga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va
mexanizmlar harakatini to'xtatib qo'yishga xizmat qiladigan
qurilmadir. Zo'riqish hodisasi ishlayotgan stanokkal lozim 
bo'lganidan ko'proq kuch bilan ta'sir qilinganda vujudga keladi, masalan,
qirqish stanogiga o'rnatilgan jismning yo'nish qirqimi mumkin bo'lgan 
darajadan ancha katta bo'lsa, bu qirqimni ko'chirish uchun stanokning 
kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida stanokni harakatlantiruvchi 
elektr motori kuyib ketishi mumkin yoki qirquvchi vosita sinib ketishi 
ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi 
qurilma elektr motoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo'yadi. Buning 
bilan stanokka yetkaziladigan zararni oldi olinadi. 
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida 
ishlaydigan idishlarda o'rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida 
ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar 
ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklariga olib keladigan omillarning 
ko'pligini aytib o'tgan edik. Bunday omillarning havo muhitida ko'payib 
ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo 
tarkibidagi zararli nioddaning eng zararlisi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan 
darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga 
o'rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning 
miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o'rnatilgan shamollatish 
qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi zaharli modda 
miqdori mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida 
portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan moddalar miqdori ortib ketgan 
vaqtda ham qo'llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob tashkil 
qiladi. Asbobning ishlashi unga joylashtirilgan modda ma'lum gaz 
zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki 
rangini o'zgartiradi, bu esa tezda ma'lum signal vositasiga aylanadi. Buni 


246 
signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib oladi va uni kuchaytirib, 
o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash asboblarida ma'lum chegaradan 
ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik ravishda shamollatish 
tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o'rnatilgan bo'ladi. 
Bundan tashqari saqlovchi qurilmalarning yomg'likka va issiqlikka 
asoslangan turlari ham bor. Ma'lumki, sanoat korxo-nalarida havo 
muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma'lum 
moddalarning boshqa moddalar ta'sirida o'z rangini o'zgartirishi) usulidan 
foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi. 
Agar biz rangsiz suyuqlik solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga 
yorug'lik tushirib, unda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil 
qilishimiz mumkin. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa 
va bu suyuqlik orqali koncona xonasidagi havo sinamasi o'tkazib turilsa, 
unda havo tarkibi toza bo'lganda suyuqlikda hech qanday o'zgarish 
bo'lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi oshaversa, 
shishadagi suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o'tayotgan 
yorug'lik xiralashadi, fotoplastinkada esa hosil bo'layotgan elektr 
yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga 
kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda 
kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib 
yuboradi. 
Bunday usullarni moddalar tarkibining o'zgarishi ularning issiqlik 
o'tkazishiga ta'siri, shuningdek, ionlar ta'sirida hosil bo'ladigan toklarning 
o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalarning turlari mavjud. 
Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan 
atsetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfini oldini olishda 
ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga qaytishini bartaraf 
qiluvchi suvli zatvorlardan va qaytish klapanlaridan foydalaniladi (39-
rasm).
Kompressor qurilmalari resiverlarida qisilgan havo miqdori ruxsat 
etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug'dirsa, unda havo 
qisilishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta'sirida ishlaydigan issiqlik 
relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni chiqarib yuborishga erishiladi. 
Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'pchilik stanoklarda 
detallarni mahkam ushlab turish uchun qisilgan havodan keng 
foydalaniladi. Bunday quril-malarni mabodo biron bir ko'zda tutilgan 
vaziyat taqozosi bilan (masalan, havo bilan ta'minlovchi shlanglarning 
yorilib ketishi va boshqalar) mahkam ushlab turilgan detalni qo'yib 
yubormaslik chora-tadbirlarini ko'rish muhim hisoblanadi. Bunday 


247 
hollarda qaytish klapanlari bilan ta'minlangan vositalar o'rnatiladi. 
Elektromagnit yordamida detallarni mustahkamlash ishlarini bajarganda
shuningdek, elektromagnit kranlari yordamida materiallarni bir yerdan 
ikkinchi yerga ko'chirishda, bunday elektromagnit plitalarini qo'shimcha 
elektr manbalari bilan ta'minlash, asosiy elektr rnanbayi uzilib qolganda 
yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklarning oldini oladi. 
70-rasm. Qaytish klapanlari. 
Aylanuvchi qisrnlarga ega bo'lgan stanoklarni ishlatishda ularning 
xavfsizligini ta'minlovchi vosita sifatida to'xtatish vositalari muhim o'rin 
tutadi. Stanok shpindelini o'z vaqtida to'xtatib qolish birinchidan, 
xavfsizlikni ta'minlasa, ikkinchidan, uni to'xtashini kutish qimmatli vaqtnj 
yo'qotishga olib keladi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra, to'xtatish vositalari 
— to'xtatuvchi, sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga 
bo'linadi. Tuzilish jihatidan — lentali, kolodkali, diskali va markazdan 
qochma kuchga asoslangan bo'ladi. Bular bajariladigan vazifalari va 
tuzilishi jihatJaridan kelib chiqib, yuk ko'tarish kranlarida, stanoklarning 
harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba'zi bir ko'tarilgan yuklarni 
ma'lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek, ba'zi bir tushib ketishi 
odam hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan lift kabinalarini 
tushirib yubormasdan ushlab qolishda foydalaniladi. Bundan tashqari 
to'xtatish vositalaridan yuqoriga ko'tarilgan yuklarning barabanlarining 
teskari aylanib ketishi. natijasida tushirib yubormaslikni ta'minlaydigan 
tirgak vositalaridan ham keng qo'llaniladi. 
Stanoklarning yana saqlovchi qurilmasi sifatida ularda o'rnatilgan 
ba'zi bir xavfli vaziyatlarda stanokka yetkaziladigan zararni kamaytirish 
maqsadida 
ulaiga 
kuchsizlantirilgan 
qismlar 
o'rnatiladi. 
Sunday 
kuchsizlantirilgan qismlar stanokda ro'y berishi mumkin bo'lgan xavfli 
vaziyatni oldini olishda ishlatiladi. Masalan, stanokka berilayotgan kuch 


248 
oshib ketsa, stanokda yuz berishi mumkin bo'lgan sinib ketish yoki 
butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda bu kuchsizlantirilgan 
qism uzilib ketadi va stanokka berilayotgan kuchlanish to'xtatiladi. 
Bunday ktichsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishga mo'ljallangan 
shtift va shponkalar, qo'shish muftalari, ishqalanishga asoslangan 
sirg'anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi saqlovchi 
qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlardasitilib ketuvchi 
membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki 
turga bo'linadi: birinchisi uzatilayotgan kuch muvofiqlashgandan keyin 
avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan 
qurilmalar (masalan, sirg'anuvchi muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan 
kuchsizlantirilgan qismni almashtirish yo'li bilan ishlatiladigan turlari 
mavjud, masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi 
qurilma va boshqalar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling