Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
19.9.Xavfsizlikni ta’minlashda inson analizatorlarining roli 
 
 Ishlab chiqarish jarayonlarni va ishlarni mehanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish ko'pdan-ko'p qo'l mehnatini siqib chiqaradi, ammo 
sanoat va qishloq xo'jaligida shunday qator kasblar borki, bularda mehnat 
muskullar va alohida organlar (analizatolar)ning ortiqcha zo'riqishi bilan 
bog'liq bo'ladi. Ortiqcha zo'riqish kichik tezkor harakatlarni bajarish zarur 
bo’lgan uzoq bosimdan, bir xil holatdagi ma’lum pozada davomli 
ravishda bo’lishidan kelib chiqadi. 
Evolyutsion va ijtimoiy rivojlanishning million yillik davri ichida 
insonda o'zi uchun xavflardan himoyalashning tabiiy tizimi yaratilib 
kelingan. Bu tizim takomillashishi bilan farq qiladi, ammo ma'lum 
miqdordagi chegaralarga egadir. 
Mohiyati bo'yicha, HFX fani insonni xavflardan himoyalashga 
yo'naltirilgandir. Bir vaqtning o'zida shuni eslash kerakki,o'zi ham 
potensial xavflarni olib yuruvchi hisoblanadi.Hayot va mehnat faoliyati 
jarayonida inson o'zidan zaharli narsalar va nurlanuvchi issiqliklar ajratib 
turadi, bular uning noto'g'riharakati oqibatida, har xil turdagi ko'ngilsiz 
hodisalarning sababchisi bo'lishi mumkin. 
Bundan tashqari, shuni eslash zarurki, shov-shuv sharoitida
ko'pchilik halq ommasining xulqi, bitta odamning xulqidan farq
qiladi va o'zining qonuniyatlariga egadir. 
Xavfli holatlarni (ayniqsa ekstremal) tahlil qilgandl, 
guruhlarning psixologik qonuniyatlarini hisobga olish zarurdir.
Psixologik ilm odamning xulq-atvor reaksiyalarini tartibga 
solish va favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish 


444 
bo'yicha ayrim ko'rsatmalarni beradi. 
“Inson – muhit” tizimining xavfsiz holatini ta'minlash uchun inson 
tavsifi bilan muhit elementlari o'rtasidagi kelishishlik muhimdir.Bunday 
kelishish mavjud bo’lmaganda, quyidagi ko'ngilsiz oqibatlar sodir bo'lishi 
mumkin: inson ish qobiliyatining pasayishi, umumiy va kasbiy 
kasallanishlarning rivojlanishi; avariya, yong'in va portlashlarning 
bo’lishi; ishlab chiqarish jarohatlanishlarning sodir bo'lishi va 
boshqalar. 
Inson o'zining analizatorlari yordamida atrof- muhit bilan 
bevosita aloqalarni amalga oshiradi, ba'zan bu analizatorlar insonning 
sezuvchi priborlari deb ham ataladi. Xavfsiz tizimlarni yaratishda odam 
analizatorlarining tavsifmi hisobga olish muhimdir. 
Buyuk rus fiziologi I.P. Pavlovning analizator haqidagi ta’limoti 
sezgi organlari faoliyatini o’rganishda katta rol o’ynaydi. U funksional 
jihatidan bir-biri bilan bog’langan uch elementdan iborat yagona tizimni - 
analizatorlar deb atagan. Uch elementning biri analizatorning periferik 
qismi - retseptor bo’lsa, ikkinchisi -o’tkazuvchi qism va uchinchisi 
markaziy qism yoki bosh miya po’stlog’ining tegishli sohasidagi - 
sezuvchi nerv hujayralaridir. Analizatorlarning har bir qismi o’ziga xos 
funksiyani bajaradi. 
Analizatorlarning periferik qismi yoki retseptorlari sezgi organlari 
deyiladi. 
O’tkazuvchi qism retseptorlarda xosil bo’lgan qo’zg’alishni 
periferiyadan markaziy nerv tizimiga (miya po’stlog’ iga) o’tkazadi. 
Analizatorlarning markaziy, ya’ni miya po’stlog’idagi qismi 
ularning oliy bo’limi bo’lib, unda qo’zg’alish tahlil va sintez qilinadi. 
Retseptorlar asosan ikki xil bo’lib: tashqi va ichki retseptorlarga 
bo’linadi. Ichki retseptorlar organizmda sodir bo’lgan taassurotlarni, 
tashqi retseptorlar esa tashqi muhitdagi taassurotlarni sezadi. Tashqi 
retseptorlar yordamida atrofdagi muhit haqida tasavvur xosil bo’ladi.
Retseptorlar va miya po’stlog’ o’rtasida ikki tomonlama aloqa 
mavjud bo’lib, analizatorlarning o’z-o’zini boshqarishini ta’minlab beradi. 
Odam analizatorlarining afzallik tomonlaridan biri ularning juftligidir. 
Ular signallarni takrorlash hisobiga ishning yuqori ishonchliligini 
ta’minlaydi. 
Analizatorlarning asosiy tavsifi sezuvchanlikdir. Analizatorga ta’sir 
qiluvchi hamma qo’zg’atuvchi ham tuyg’u (his) xosil qilmaydi. Buning 
ro’yobga chiqishi uchun qo’zg’atuvchining jadalligi ayrim chegaralangan 
kattalikka ega bo’lmog’i kerak. Qo’zg’atuvchi jadalligining oshishi bilan 


445 
shunday payt keladiki, bunda analizator o’zining bir xil ishlashini 
to’xtatadi. Jadalligi bo’yicha ayrim chegaraga ko’tariluvchi har qanday 
ta’sir ogriqni olib keladi va analizator faoliyatini buzadi. Bir xil sezishning 
minimaldan maksimalgacha bo’lgan oraliq qiymati analizatorning 
sezuvchanlik 
diapazonini 
aniqlaydi. 
Uning 
minimal 
qiymati 
sezuvchanlikning pastki mutlaq bo’sag’asi deb qabul qilingan. Maksimali 
esa-yuqori. 
Sezuvchanlikning mutlaq bo’sag’alari qo’zg’atuvchining mutlaq 
kattaliklarida o’lchanadi. Ikkita qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal farq 
sezishning zo'rg'a bilinadigan farqini chaqirib keltiradi u differensial 
bo'sag'a yoki farqlanishning bo'sag'asi deb ataladi.
Psixofizik tajribalar bilan aniqlanganki, sezishning kattaligivg 
qo'zg'atuvchining kuchiga qaraganda sekin o'zgaradi.Taxminiy qiymatga 
ega bo'lgan Veber-Fexerning asosiy psixofizik qonuni quyidagicha 
ifodalanadi: 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling