Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Elektromagnit maydonlari va ularning ta`sirini oqibatlari
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Elektromagnit maydonlari va ularning ta`sirini oqibatlari.
Kompyuterning ishlash jarayonini tahlil qilishda videoterminallardan foydalanish paytida yuzaga keladigan elektromagnit maydonlarining (EMM) bevosita ta`siriga aloxida ahamiyat berilishi darkor, chunki ular terida toshmalar paydo bo’lishiga, ko’z qorachig’ini xiralashishiga, homiladorlikning yomon kechishiga va sog’liqqa jiddiy zarar keltiradigan bonshqa o’zgarishlarga sababchi bo’lishi mumkin. Videoterminallar rentgen, ultrabinafsha (UB), ko’rinadigan spektrdagi, infraqizil (IQ), radiochastotadagi, juda past, sanoatdagi bilan, chastotadagi elektromagnit nurlanishning manbaidir. Bundan tanshqari ular aeron oqimlarni va elektrostatik maydonni yuzaga keltiradi. EMM manbai bo’lib kuchli transformatorlar (50 Gs), displeydlash 15-53 kGs chastotada ishlovchi elektron-nurli trubkaning (ENT) gorizontal og’uvchi nurlar tizimi, ENTning modulyatsiya bloki - 50-81 Gs, monitor ekrani (IQ va UB nurlanish), yuqori voltli kenotronlar va kineskoplar (roentgen nurlanishi) hisoblanadi. Yuqori voltli qurilmalar (10-15 kV ortiq) kineskopning ichki yuzasida elektron nurni tormozlanishi tufayli paydo bo’ladigan va odatda ekrandan tashqariga chiqadigan yengil roentgen nurlanishini yuzaga keltirsada, ekrandan va displeyning boshqa yuzasidan 5 sm masofada tarqalayotgan nurlar quvvatining ekspozitsion miqdori o’rnatilgan miqdordan, ya`ni 100 mkR/sdang bir necha marta kichikdir. Shuni ham qayd etish darkorki, kompyuterlarning xavfsizligi bo’yicha butun dunyoda mavqega ega Stokgolmdagi radiatson himoya Milliy instituti monitorning rentgen nurlanishi darajasining yetarlicha keskin standartini belgiladi,uning aytishicha, ushbu rentgen nurlanishi darajasi shunchalik kichik bo’lishi kerakki, o’lchashlar bilan ularni qayd qilishni iloji bo’lmasin. Ekrandan 20-30 sm masofada uskunalar xaqiqatda ham xech nimani qayd qilishmaydi. Ekranning havorang lyumenofori ENT tezlashgan elektronlari bilan birgalikda ultrabinafsha nurlanish manbai bo’lib hisoblanadi. Uning ta`siri kompyuterda uzoq ishlaganda yoki ko’z to’rpardasining kasallanganida 467 namoyon bo’ladi. Real sharoitda UB nurlanish o’rnatilgan darajadan bir necha barobar kamdir, chunki oddiy displey ekranining trubkasi uchun ishlatiladigan shisha ultrabinafsha nurlar uchun yetarlicha himoya vositasi bo’lib, deyarli nurlanishni o’tkazmaydi. Buyuk Britaniyadagi 200 dan ortiq videoterminallari bor 60 ta firmadagi tekshiruvlar ultrabinafsha nurlanish intensivligi 10-100 mVt/m2, infraqizil nurlanish to’lqinining uzunligi esa 700-1050 nm - 50 mVT/m 2 ni tashkil etishini ko’rsatdi. Bu darajalar ruxsat etilgan ko’rsatkichdan ancha kamdir. EMMning eng kuchli ta`siri ekrandan 30 sm masofagacha bo’ladi, lekin nurlanishning nafaqat ekrandan, balki VDT yuzasining yon va orqa tomoni (manbai –chiziqli transformator)da intensivligi kam emas. Bu holatga displey sinflarni va boshqa kompyuterlar soni ko’p ish joylarini tashkil etishda e`tibor berish zarurdir. EMM ta`siri katarakta va glaukomani rivojlanishiga, homiladorlik paytida nohush hollarni vujudga kelishiga, amalgama asosida og’iz bo’shlig’ida simob paydo bo’lib, tish plombalarini yemirishiga sababchi bo‘lishi ta`kidlanadi. Hozirgi paytda ko’pgina izlanuvchilar shu davrgacha zararsiz deb hisoblangan past chastotali EMMning biologik ta`siriga e`tiborni tortayapti. Past chastotali EMMning chastotalar diapazoni ionlashgan nurlanishdan, xususan rentgen nurlanishidan deyarli 20 darajaga past. Ionlashmagan nurlanishni organizmga ta`siri, agar issiqlik effektini yuzaga keltirmasa, zararsiz deb hisoblangan edi, lekin rentgen nurlaridan farqli elektromagnit to’lqinlari g’aroyib xususiyatga, ya`ni nurlanish intensivligi kamayishi bilan ularning ta`siri kamayishi shart emasligi aniqlandi. Ma`lum EMM chamasi organizm kataklariga faqat nurlanish kichik intensivligida yoki konkret chastotalardagina, ya`ni "shaffof oynachalar"da ta`sir etadi. Kompyuter terminallarining nur tarqatish muammosi ilk bor 1977 yil AQSHning mehnatni muhofaza qilish va kasalliklarni oldini olish Milliy instituti hodimlari EMM, xususan ishchi chastotadagisi tirik organizmga manfiy ta`sir etishini aniqlaganliklaridan so’ng paydo bo’ldi. Faqat shu maydonlargina kataklardagi biologik siljishni (xattoki DNK sintezini bo’zishgacha ) yuzaga keltirishga qodirdir. Ma`lumotlarning guvoxlik berishicha, kuchsiz EMM allergiya va boshqa buzulishlarni, shu jumladan, ko’ngil aynashni, charchashni, bosh og’rig’ini yuzaga keltiradi. Xar qanday elektromagnit maydoni organizm kataklaridagi natriy va kalsiyni xarakatlanishiga ta`sir etuvchi rezonans effektini yuzaga keltirishga qodirdir. 468 Qat`iy xavf birinchi navbatda past chastotali magnit maydonlardan, avvalambor sanoat chastotadagisidan kelib chiqadi. Bir qator izlanishlar tasdiqlashicha, kompyuter yaqin-atrofdagi 30- 50 sm radiusda 50 Gs chastotali magnit maydoni xatto 0,2- 0,3 A/m intensivlikda xam yomon sifatli xususan qon va miya, kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. XK operatorida miya shishi boshqa kasbdagilardan ko’proq kuzatiladi. Ta`kidlanadiki, kichik intensivlikdagi EMM Tlimfotsitlarining shish mavjud katakchalarni o’ldirish qobiliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatadi, buning natijasida organizmning umumiy immun statuey kamayadi. Bunday maydonlar immun tizimni yo’qotib, shishlarni, shu jumladan yomon sifatlilarini paydo bo’lishiga olib kelishi mumkinligini bildiradi. Juda kichik chastotadagi pulslanuvchi nurlanishlar oq qon katakchalariga to’g’ridan-to’g’ri negativ ta`sir ko’rsatadi. Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (BSST) 1989 yildayok; kichik chastotadagi maydonlarning nafaqat rak kasalligining, balki yana quyidagi kasalliklarni paydo bo’lishiga sababchi bo’lishini xam ta`kidladi: - ba`zi bir teri kasalliklari displeyda ishlaganda zo’rayadi (turli toshmalar, sebboroid ekzema, pushti temiratki va boshqa) - katakchalardagi qonning metabolizmiga va biokimyoviy reaktsiyasiga ta`siri natijasida operatorda stress simptomlari paydo bo’ladi, - xomiladorlikni kechishi buzuladi, - xomilador ayollarda bolani chala tug’ish xollari ikki barobar ortadi, - reproduktiv funktsiyani bo’zilish extimoli bo’ladi. BSST espertlarining ta`kidlashicha, elektrostatik maydon foydalanuvchilarga xam salbiy ta`sir o’tkazadi, xususan ko’z gavxarining xiralashishiga, glaukoma bilan kasallanish chastotasini ortishiga, past voltli razryadlar esa katakchalarni bo’lib tashlashga va o’zgartirishga qodirdir. Xaqiqatdan, o’zidan elektron "zambarak"ni namoyish qiluvchi displeyning elektron-nurli trubkasi ekranning tashqi tarafida musbat zaryadlangan zarrachalarni to’planishiga yordam beradi. Agar havodagi manfiy ionlar musbatlisidan bir necha barobar ortsh bo’lsa, inson o’zini yaxshi xis etadi, lekin monitor ekrani yaqinida musbat ionlarning ortiqchalari yig’iladi. Havoda mavjud mikrozarrachalar (chang, tamaki tutuni va b) ushbu ionlar yordamida xaydaladi va monitor oldida o’tirgan foydalanuvchining yo’ziga, ko’ziga o’tiradi. Bunday "bombardimon" 469 natijasida operatorda bosh og’rig’i, Uyqusizlik, ko’z charchashi, yuzlarda toshmalar hosil bo’lish ehtimoli oshadi, allergik va asmatik ko’rinishlar paydo bo’ladi. Buyuk Britaniyada, Kanadada, AQSHda, Norvegiyada, Yaponiyada displeyda ishlovchilarda yo’zi, gardonida, ko’kragining yuqori qismidagi teri buzulgani, terining qizarishi va qurishi qayd qilingan. Inson bir necha kun displeyga yaqinlashmaganidayoq allergik reaktsiya yo’qolgan. Bundan tashqari, manfiy ionlarsiz atmosferada uzoq vaqt qolib ketish operatorning asab tizimiga, ruxiy azoblanish xolatiga ta`sir qiladi, metabolizmga ta`sir qilishi natijasida katakchalardagi qon darajasining biokimyoviy reaktsiyasini o’zgarishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida boshqalardan ko’ra bunday sharoitda ishlaydiganlarda uchrash ehtimoli ko’proq leykemiya kasalligining vujudga kelishiga sababchi bo’lishi mumkin. Avval ta`kidlanganidek, EMM xomiladorlik paytida ayol organizmiga ta`siri aloxida xavf tutdiradi. Bir xaftada 20 soat ish vaqtini displey ekrani oldida o’tkazadiganlarda xomilani chala tutish extimoli shuncha vaqtda displeysiz ish bajaradiganlarnikidan 60 % ga baland ekan. AQSHda, Shvetsiyada, Yaponiyada olib borilgan izlanishlar kampyuterda ishlaydigan xomiladorlarning 30 %da xomiladorlikning qiyin kechishi, 20 % ga yaqinida esa bolani chala tutish xolatini qayd etgan. AQSH havo yo’llari Birlashgan markazining ma`lumotlariga ko’ra, kompyuterda ishlaydigan 48 xomilador operatorning 15(!) tasiga yaqinida xomilasi chala tug’ilgan, 2 tasi vaqtidan oldin tug’gan, ikkitasida esa bola tug’ma mayib-majrux bo’lgan. Kanadalik izlanuvchilar bir xaftada to’rt soatdan ortsh ishlaydigan ayollarda xomiladorlikni yaxshi kechishi kamayishini, 15 soatdan ortiq ishlaydiganlarda esa xomilani chala tug’ish xolati 10% ni tashkil etishini ko’rsatdilar. Shvetsiyalik olimlar XK operatorlarida tug’ma kasalliklar bilan tug’ish xolati boshqa ayollarga nisbatan 2,5 marta ortiqligini qayd etdilar. Bu ma`lumotlarni xayvonlarda o’tkazilgan tajribalar xam tasdiqaydi. Shvetsiyalik radiobiologiya mutaxassislari sichqon embrionlariga displey monitorlaridagidek impulsli kuchsiz maydonlar ta`siri natijasida tug’ma kasalliklar, nurlanmaganlarnikidan ko’proq uchrashini aniqadilar. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki, nurlangan xayvonlarda embrionni chala tug’ish va o’lish xolatlarining chastotasi nurlanmaganlarnikidan keskin ko’tarilgan. Bularning barchasi nurlanish displey monitorlari yuzaga 470 keltiradigani kabi, organizm rivojiga salbiy ta`sir etishini ko’rsatadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling