Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Asabiy zo’riqish.Ko’rish, badanning turli qismlaridagi og’riklar 
to’g’risidagi shikoyatlar bilan birga, 57,7 % tekshirilgan operatorlarda 
umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan: kuchaygan umumiy toliqish, bosh 
og’rig’i, boshning og’irlashuvi, yomon uyqu, tetiklikni, ish qobiliyatini 
susayishi va x.k. XK da ishlovchi operatorlarning ko’pchiligida (40,3 %) 
kuchaygan asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruxiy azoblanish kabi 
turgun asabiy-psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash texnikasi 
bilan band insonlarda boshqa sohalarda ishlovchi guruhlarga nisbatan 
lipillashlarni qushilishining kritik chastotasi (LDKCH) ko’rsatkichi 
bo’yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, ya`ni ko’z orqali bir 
sekundda minimal portlagan yorug’lik qiymatini uzluksiz va sezilmas 
darajada qabul qila olishi bo’lib, uni o’zgarish xarakteri asab tizimlarini 
ortiqcha ta`sirchanligi va turg’unligi bo’zilganligidan dalolat beradi. 
80- yillarda professor V.I. Barabash tomonidan olib borilgan 
izlanishlar VDT bilan ishlovchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish 
operatorlarining optimistik – ko’ringan ish sharoitlarini o’rganib - 85% ish 
jarayonida xayajonlanishini, 60% bir xil ish turidan toliqishini, 63% -
smena oxirida ish qobiliyatini pasayishi aniqlangan. Ish tugaganidan so’ng 
70% operatorlarda asabiylashish, 68%- toliqish, 35% uyquning yomonligi, 
30%-tinchlantiruvchi dorilar qabul qilgani ashiqlangan. 
Operatorlarning ish xarakteristikalari xaqida keltirilgan sub`ektiv 
ma`lumotlar ob`ektiv izlanish ma`lumotlari bilan tasdiqlanadi. "Arifmetik 
amallar" testini bajarish natijasida tekshirilganlarning 33 % da aqliy 
toliqish qayd etilgan. 
Yaxshi ish sharoitida (optimal mikroiqlim, optimal sun`iy 
yoritilganlik, ekrandagi shakllar aniq va ravshan ko’ringanlik, ish joyi 
ratsional tashkil qilingan) ikki soat bir xil ishni bajargan ma`lumotlarni 
kirituvchi operatorlarning psixofiziologik ahvolini tekshirish qiziq 
natijalarni 
berdi. 
Tekshirilganlarning 
(jami 
12 
kishi) 
80%da 
(elektroentsefalogramma ko’rsatkichlari bo’yicha). 45-60 minut uzluksiz 
ishlaganidan so’ng ish qobiliyati va miya faolligi pasayib, so’ng ko’tarilib, 


462 
ish tugashiga yaqin o’z xolatiga yaqinlashadi. Miya faolligining 
ko’tarilishi natijasida ish qobiliyatini oshishi o’z-o’zini xayajonga keltirish 
effekti, ya`ni uzluksiz bir xil aqliy operatsiyalarni bajarganidan yuzaga 
keladigan zararni qoplash effektidir. 
Shu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda 
tekshirilganlar diqqatni mustaxkamlik kontsentratsiyasi testini bajarganda 
e`tibor berish vaqti uzaygani, xatolar soni oshgani va yurak qisqarish 
chastotasi pasaygani, 72 % esa ko’zlarning muskul muvozanati buzulgani 
aniqangan. XK operatorlarida ish jarayonida diqqati faol bo’lishi, ish 
natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muhim ilmiy yoki 
iqtisodiy masalalarni yechishda katta javobgarlik stress deb ataluvchi 
asabiy toliqishni yuzaga keltiradi. Asabiy toliqish - bu organizmni 
fiziologik reaktsiyasi bo’lib, qo’yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha 
resurslarini jalb qilishdir. Asabiy toliqish xolatida operatorda kuchaygan 
ish xolati, umumiy jamlanganlik, xarakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat 
reaktsiyasining tezlashuvi kuzatiladi. Lekin xis-tuyg’uning jo’shishi 
rag’batlantirish mexanizmining fiziologik chegarasi bo’lib, undan so’ng 
manfiy effect yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegaradan chiqish 
formalari buzulishlarga, insonni xaddan ziyod toliqishiga olib keladi. 
VDT foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, xatto 
aviadispetcherlardan xam yuqori darajada duchor bo’ladilar. Stresslar bosh 
aylanishlarning, ko’ngil aynashi, depressiyalar, stenokardiya, ish 
qobiliyatini pasayishi, tez hayajonlanish, diqqatini bir joyga jamlash uchun 
uzoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh og’rishlar, uyqusizlik, ishtaha 
yo’qligining sababchisidir. Amerikalik psixologlar bir qator o’quv 
yurtlarida (maktablarda, oliy o’quv yurtlarida) olib borgan izlanishlardan 
yangi, yaqinda paydo bo’lgan kompyuterofobiya deb atalmish, ya`ni o’zi 
hohlamagan tarzda XKda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar. 
Agar bunday o’quvchini yoki talabani baribir kompyuterga o’tqazsalar, 
ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar, bosh og’rig’i 
boshlanar ekan. Ma`lumotlarga qaraganda, kompyuterofobiya - mashina 
bilan muloqot, uning organizmga salbiy ta`siridan yuzaga keladigan 
qo’rqish kasalligidan EXM da ishlaydigan operatorlarning katta qismi, 
(30-40 %) aziyat chekar ekan. 
Professor V.I. Barabash qiziq fikrni, XT bilan ishlash avval insonga 
xos bo’lmagan bir qator xususiyatlar bilan xarakterlanishni qayd etadi. 
Bunda u avstriyalik shoir Rilkening asr boshidayoq ramziy-model dunyo 
kirib kelayotganini oldindan bilib, "Bizga qiymatlar va belgilar dunyosida 
unchalik rohatli emas" degan fikrini keltiradi.


463 
Displeylar foydalanuvchining asab potentsial ta`sir o’tkazishining 
bir qator yangi, umuman kutilmagan turlari paydo bo’ldi. Ulardan biri shu 
bilan bog’liqki, inson ko’zi bir sekundda 24 kadrni qabul qila oladi. Ushbu 
hodisada, aytgancha, kino asoslangan sekundda kinoproektor 24 rasmni 
aylantiradi, uning natijasida harakatlanish effekti hosil bo’ladi. 60-70-
yillarda avval psixologlar, so’ng reklamachilar tomonidan 25 kadrdan 
foydalanish boshlandi. Inson ko’zi uni uyqay olmaydi, lekin unda yozilgan 
axborot baribir ham miyaga yetib boradi va ma`lum ta`sirini o’tkazadi, 
xususan, qandaydir molni sotib olishga yoki qandaydir fikrni amalga 
oshirishga moyillik uyg’otadi. G’arbda bu insonning mustaqil hohishiga 
suiqasd tariqasida tan olindi va kino yordamida reklama manqurtligi 
taktikasi sifatida qoralandi. Lekin bu texnologiya endilikda kompyuterni 
qo’llab, ma`lum elektron adresatga kompaniyaning sirli fayllarini operator 
orqali uzatish maqsadida rivojlanishda davom etdi. Shu bilan birga, 
zamonaviy monitorlar rasmlarni sekundiga 24 marta emas, balki undan 
ortig’ini almashtira oladi. Demak, lipillayotgan manqurt kadrni ilg’ash 
yanada og’ir. Lekin kompyuterga kerakli buyruq dastur orqali unga 
kiritilgan virus bilan tushishi mumkin. 
Ma`lum dasturlarni ta`sirini 1998 yili Yaponiyadagi bolalar 
multfilmini ko’rsatgandagi janjal yaxshi tasvirlab beradi. Ekrandagi 
ketma-ket yorqin qizil yarqirashlarning paydo bo’lish effekti bolalar 
ishtaxasini yo’qolishiga, jizzaki bo’lishiga, ba`zilarining esa xatto "asabiy 
toliqish" tashhizi bilan kasalhonaga tushishiga olib keldi. Bu multfilm 
kompyuterda bajarilgan edi. 
Kompyuterda dastlabki birinchi "sexrlovchi" dasturlar 80-yillarda 
birinchi rangli monitorlarning tarqalishi bilan paydo bo’ldi. Dazz1e dasturi 
chiroyli lavha yaratib, unga asosan ekranda rangli tasmalar yugurib, xech 
qachon takrorlanmaydigan naqshlar shaklida joylashadi. Keyinchalik 
psixofiziologik ta`sir mutaxassislari, rasmlar almashishini tartibga solib, 
maxsus 
ranglar 
majmuasini 
va 
musiqasini 
tanlab,bu 
dasturni 
takomillashtirdilar va dastur tamoshabinni gipnoz qilib, asablarini 
qo’zg’ab ketishiga olib keldi. Bunday harakat natijalarida miyada video va 
audioeffektlar jamlanib alfa-chastota rezonansini yuzaga keltiradi deb 
tushuntirish mumkin. Ushbu tasmalar psixonik deb nomlana boshlandi. 
Hozircha, vaqtinchalik sogl’ig’ini yomonlashuvidan boshqa faktlar 
aniqlangan emas.Xayotiy jarayonlarni "muvozanati buzulganlik"ning 
boshqa izohi ham bo’lib, unda almashuvchan naqshlarni anglamasdan 
qabul qilish yurak faoliyatini o’zgarishiga, kichik qon aylanish doirasida 
arterial bosimning bir keskin ortishiga, bir keskin tushib ketishiga, demak 


464 
miyaning qon tomirlariga ortiqcha yuk bo’ladi. Oxir oqibatda ular bu 
yukni ko’tara olmasligi mumkin. 
Bunday effektlar, tabiiyki, insonlarning psixikasiga va sog’lig’iga 
yovuz niyatli ta`siri natijasidir. Lekin bularni e`tibordan qochirmaslik 
kerak, chunki texnikaning rivoji yaqin orada maxsus dasturlar yordamida 
begonalarga nafaqat kompyuter "ichidagi bor narsalarni", balki 
operatorlarning o’zlarini ham nazorat qilishning cheksiz imkoniyatlarini 
beradi. Bu havotirlanish uchinchi ming yillikda ma`lumotlarni qayta 
ishlash tezligi va idroki bilan insondan qolishmaydigan XK lar paydo 
bo’lishi bilan bog’liq. Shundan so’ng mashina qobiliyatining zo’rayishi 
geometrik progressiyada o’sadi. Quturgan nafsoniyatli doxiyona savdoi 
paydo bo’lib, televideniyadagi yoki kompyuterdagi reklama rolikiga kirib 
olishga muvoffaq bo’lishi mumkin. Ana unda bunday rolikni qo’yish 
oqibatlari qo’rqinchli bo’lishi mumkin. Shuning uchun operatorlar 
hokimiyatdan "viruslarni tayyorlashni noqonuniy qurol yaratishga 
tenglashtirish haqida eng keskin chora-tadbirlar ko’rishni" talab qildilar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling