Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Suyak-muskul
zo’riqishi.Ko’pgina operatsiyalarni bajargan operatorda (dasturchi va ta`mirchilar kam darajada) yelka, bo’yin, qo’l- oyoq muskullarini o’zgarmas holatda uzoq vaqt turishi, ularni toliqishiga va o’ziga xos shikoyatlarni yuzaga kelishga sababchi bo’ladi. 52,9 % tekshirilgan operatorlarda bo’yin va ko’rak muskullarining og’ringani, qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan bo’lsa, 42,9 % ish tugashiga yaqin umurtqa pog’onasida og’riq paydo bo’lgan, 15,2 % qo’l va oyoq muskullarining qotib qolgani va uyushgani qayd qilingan. Turli guruh muskullarda og’riqni his etish shu bilan bog’liqki, ular doimo holatda turib,bo’shashmaydilar, uning natijasida aylanishi yomonlashadi. Qon orqali muskullarga ozuqa moddalar yetarli darajada tez kelmaydi, ikkinchi tarafdan muskullarda yemiruvchi moddalar to’planib qolishi sababli og’riqlar vujudga keladi. Foydalanuvchining qo’l barmoqari va panjalari kasallanishining sababi klaviaturada bir xil xarakatni yuqori tezlikda uzoq vaqt davom ettirish. Klavishlarni har bir bosish muskullarni qisqarishi bilan bog’liq bo’lib,paylar suyak bo’ylab tinimsiz sirpanib, teriga tegadi va natijada shamollash jarayoni rivojlanadi. Shunga o’xshash kasalliklar "sichqoncha" bilan uzoq ishlaganda yelka va barmoq muskullarida rivojlanadi. AQSHdagi bir necha ming aloqa ishchilari tekshirilganda, ularning 20% qo’lning surunkali kasb kasalliklaridan jafo chekayotgani aniqlandi. Takrorlanuvchan yuklama tufayli bu kasalliklar XK operatorlarining ilg’or kasb kasalliklaridan biriga aylanmoqda. O’zgarmas turg’un holatda bo’lish 465 va klaviaturadan foydalanish bilan bog’liq kasalliklar to’plamini ko’pincha uzoq turg’un yuklamali sindrom (UTYuS) deb ataydilar. AQSHda bu kasalliklarning foizi 1992 yili 52% tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 1981 va 1984 yillar 18 va 28 % bo’lgan. Qiziqarligi shuki, bu kasalliklarning rivojlanish tempi AQSH muassasalarini kompyuterlashtirish tempi bilan hamohangdir. XK operatorlarining kasalliklaridan AQSH biznesidagi iqtisodiy yo’qotishlar nihoyat darajada yuqoridir: bir og’ir xodisa 100 ming dollarga tushishi mumkin. Bunga davolanishga ketadigan sarf-xarajatlar kompensatsiya to’lovlari kasallangan ishchining ish unumi pasayishi bilan bog’liq yo’qotishlar kiradi. AQSHning ko’pgina kompaniyalari jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishga ketayotgan mablag’lardan bir necha o’n millionlab zarar ko’rmoqdalar. Bu kasalliklarning aksariyati bilak va barmoq paylarining shishishi va hech narsani sezmasligi bilan bog’liq tendova- ginit ( shamollashi va shishishi) kasalligi bo’lib, u nafaqat vaqtinchalik og’rishlar bo’lib, balki ish qobiliyatini butunlay yo’qotishga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ko’pgina davlatlarda kompyuterda ishlash xavfli va zararli kasblar ro’yxatiga kiritilgan. Mashinistkalarning ishi ma`lumotlarni kiritish borasida operator ishiga o’xshash bo’lsada, boshqa qator harakatlanuvchan ishlar bo’lgani uchun, ya`ni qog’ozni karetkaga joylashtirib, uni harakatlantirishi evaziga unchalik xatarli emas. VDT bilan ishlovchining uzoq muhim holatda o’tirishidan kelib chiqadigan kasalliklarining sababini ko’pgina izlanuvchilar insonning antropometrik xarakteristikalariga mebelning mos kelmasligidan deb biladilar. Bunda stul va stolning ish yuzasi balandligi, noratsional joylashgani, bilak va yelka suyangichlari yo’qligi, boshni noqulay burchakda egilishi, qo’l va yelka muskullarini noqulay burchakda bukilishi, xujjatlarni, displey va klaviaturani, ekranni qoniqarsiz joylashgani, oyoq tagiga xech narsa qo’yilmasligi va x.k. sababchidir. Ko’rsatilgan ergonomik noqulayliklar majburiy ish holatida bo’lishga zarurat tug’diradi hamda suyak-muskul va peridtirik chekki asab tizimini buzulishiga olib kelishi mumkin. Yetarlicha fizik faollik va harakatchanlik bo’lmagan sharoitda uzoq vaqt noqulay o’tirish umumiy toliqishning rivojlanishiga, bo’yin, ko’rak, belda og’riqar paydo bo’lishiga, surunkali ishlash esa nevrit, radikulit, osteopatiya kabi tayanch- xarakat va asab kasalliklariga olib keladi. 80-yillarda amerikalik izlanuvchilar o’z davlatlarida yiliga XK operatorlarining 400 mingtasining suyak-muskul tizimi kasallanganini qayd qilganlar. Kasallik tufayli vaqtinchalik ish qobiliyatini 466 yo’qotganlarga kompensatsiya tariqasida to’lanadigan mablag’lar 10 yilda uch baravar oshdi. Qimirlamay o’tirishdan zo’riqish tufayli paydo bo’ladigan ko’pgina kasalliklarning sababchisi klaviatura to’zilishining "maqbul emasligidan deb hisoblanadi. Ishlayotgan paytda qo’llarning klaviaturaga parallel bo’lib turishi uchun paylarga va muskullarga zo’riqish keladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, UTYuSning ko’pgina turini klaviaturani to’zilishini o’zgartirish bilan bartaraf etish mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling