Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Ish joyida elektromagnit nurlanishni kamayishining asosiy
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Ish joyida elektromagnit nurlanishni kamayishining asosiy
sabablari. Zamonaviy kompyuterlarning nurlanish parametrlari asosan yo’l qo’yilgan darajadaligini tasdiqlovchi sertifikati bo’lishiga qaramay, EMM mavjudligi fakti yangi kompyuterni ishlatishdan oldin ish joyida uning elektromagnit xarakteristikalarini tekshirishni taqozo etadi, darajaning ortiqligi aniqlangan taqdirda, muhofazalovchi filtr yoki ekran o’rnatish zarurati tutiladi. Ekranlashtirish effekti shu bilan o’zgaruvchan EMM ekran qalinligida o’tkazgich materiallar yordamida to’lqinlanuvchi toklarni yuzaga keltiradi, uning magnit maydoni ta`sir qiluvchi maydonga nisbatan qarama-qarshi yo’nalgan bo’lib, oqibatda natijaviy maydon arzimagan ichkariga kirib, ekrandan tez yo’qola boradi. Tajribada ekran qalinligi tanlanganida odatda maydonni ichkarisiga kirishni xarakterlaydigan kattalikni 100 marta kichiklashtirilgan ifodasidan foydalaniladi: f / 1 / 2 480 bu yerda ω - burchak chastota, ω= 2πf, f- aylanma chastota, Gs; μ - ekran materialining magnit singdiruvchanligi, Gn/m; u- ekran materialining elektr singdiruvchanligi, Sm/m. Yuqori chastotali EMM ichkariga singdiruvchanligi juda kichik, misol uchun misda u millimetrning o’ndan birini tashkil etadi. Bu formula yaxlit ekran uchun xaadoniydir. Lekin yaxlit ekrandan foydalanilganda EMM kamayishi bilan, yorug’lik oqimini yo’li to’sib qo’yiladi. Shuning uchun monitor ekranidan nurlanish darajasini pasaytirish maqsadida to’rsimon ekranlardan foydalaniladi, ular yaxlit ekrandan farqli o’laroq, yomon ekranlashtiruvchi xossaga ega bo’lib, oqim zichligi quvvatini 20- 30 dB (100-1000 marta) kamayishiga olib keladi. Zamonaviy monitorlarda shunday ekranlashtiruvchi filtrlar kompyuterning konstuktsion elementi sifatida foydalaniladi. Xar qanday sharoitda ish joyida monitor sifatidan qat`iy nazar, maydon insensivligi minimal bo’lgan masofada joylashtirilishi kerak. Buning uchun ekranni cho’zilgan qo’lchalik masofada, ya`ni 70-80 sm da joylashtirish kifoya. Bu shu bilan tushuntiriladiki, foydalanuvchi EMM manbai bo’lmish kompyuterning yaqin zonasida, yoki R≤λ/2π ifoda bilan aniqanadigan induktsiya zonasida joylashgan, bu yerda K - manbadan bo’lgan masofa, λ- to’lqin uzunligi, bu zonada maydonning magnit tashkil etuvchisi manbadan bo’lgan masofaning kvadratiga teskari proportsional ravishda (H= R 2 ), kamayib boradi, (elektr tashkil etuvchisi esa yanada tezroq kamayadi, ya`ni manbadan bo’lgan masofaning kubiga teskari proportsional ravishda E=R 3 ) . Elektr maydon kuchlanganligini va magnit induksiyani 1995 va undan keyingi yillardagi ekrandan 50 sm. masofadagi o’lchamlari odatda me`yordadir, yon va orqa yuzalardagi magnit maydon intensivligi ko’pincha yo’l qo’yilgan qiymatlardan 5-2000 Gs chastota diapazonlarida ortib ketadi. Bu maydon manbai bo’lib kompyuterning orqa yoki yon tomoniga joylashgan yuqori voltli chiziqli transformator hisoblanadi, korpus devorlari (eng yangi modifikatsiyada ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin) nurlanishni ekranlashtirmaydi. Shuning uchun bir necha kompyuter joylashgan honada bir kompyuter videomonitorining orqa yuzasi bilan ikkinchinig ekrani orasidagi masofa 2 m dan kam bo’lmasligi kerak, yon yuzalari orasidagi masofa esa -1.2 m dan kam bo’lishi kerak emas. Bunday masofa kompyuterlarning bir-biriga ta`sirini xam cheklaydi. Xavfsizlik nuqtai-nazaridan, kompyuterlarni hona perimetrida bir-birini orqasidan emas, devor bo’ylab joylashtirish tavsiya etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling