Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Displeylarning rangli parametrlariga qo’yiladigan talablar.
VDT
nurlanish parametrlariga qo’yiladigan talablar. 476 Videoterminallarning emission parametrlari ko’p jihatdan foydalanuvchining kompyuterda ishlayotgandagi xavfsizligi darajasini belgilaydi. Xozirgi paytda ishlab chiqaruvchilar VDTning emission parametrlari asosan Shvetsiya standartlari MRK- II 1990:10 ga monand me`yorlarda bo’lishini ta`minlamoqdalar, bu esa o’z yo’lida Sanitar qoidalardagi talablarni bajarib, foidalanuvchining sog’lig’ini saqlash ehtimolini yanada oshiradi. Ionlashgan nurlanishning yo’l qo’yiladigan qiymatlari (ionlashgan rentgen nurlanishidan farqli) qo’yidagichadir: - displey ekranining elektrostatik kuchlanishi 500 V dan oshmasligi kerak; - o’zgaruvchan elektromagnit maydonning kuchlanganligini tashkil etuvchilari (ya`ni elektr maydoni kuchlanganligi E) VDTdan 50 sm atrofida: 25 V/m - 5 Gs-2 kGs chastota diapazonlaridan; 2,5 V/m - 2-400 kGs- chastota diapazonlaridan oshmasligi kerak; - magnit oqimining zichligi (ya`ni - magnit induksiya V) displeydan 50 sm masofada 250 nTl - 5 Gs-2 kGs chastota diapazonlaridan; 25 nTl -2-400 kGs chastota diapazonlaridan oshmasligi kerak. - rentgen nurlanishining quvvati VDT ekranidan 5 sm masofada va xar qanday yuzasining moslashtiruvchi qurilmalari nuqtasida 100 mkR/s oshmasligi kerak. Displeylarning rangli parametrlariga qo’yiladigan talablar. Bu talablar majburiy emas, faqat taklif etilayotganlar bo’lib, ularga rioya qilish esa ma`lumotni idrok etish sifatini oshishiga imkon beradi va ko’rish zo’riqishini kamaytiradi. Displey ekranida idrok etadigan( qo’zg’almas ekran rangi bilan birga) ranglar soni monoxrom displeylar uchun - 2, turli rangli grafik displeylarda - 16ta. Oq rang va boshqa asosiy ranglar (qizil, yashil, ko’k) uchun ranglanish koordinatalarining qiymatlari rangli displeyning me`yoriy xujjatlarida belgilanadi. Monoxrom displeylar uchun-ekran yarqirashiga taklif etiladigan ranglar - sariq, yashil, qizg’ish, axromatik (ya`ni oq kul rang). Rangli displeylar uchun belgilar va fon uchun ranglanish koordinatalari yanada uzoqashganlarini tanlash taklif etiladi. Matnli, nozik grafikali, yuksak niqlikni talab qiladigan axborotlarni ajratish uchun spektrning ko’k rang qismini ishlatish taklif etilmaydi. Spektrning qizil rang bo’lagining ranglaridan foydalanuvchi 477 e`tiborini jalb qilish maqsadida ishlatish taklif etiladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling