Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga qo’yiladigan talablar.
- VDT asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga qo’yiladigan talablar
Videodispley
terminallariga va xususiy kompioterlarga duyiladigan asosiy talablar. Kompyuterda ish sharoitini me`yoriy bo’lishi uchun kompyuter 2.2.2.542-96 Sanitar qoidalarida ko’rsatilgan talablarga to’g’ri kelishi darkor. Eng avval VDT o’zida nurlanish va ko’rishning ergonomik parametrlariga baxo berishni kamrab olgan gigienik sertifikatga ega bo’lishi kerak. Ushbu parametrlarning ko’rsatkichlariga mos tushmaslik foydalanuvchining kasallanishiga olib kelishi mumkin. Asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga qo’yiladigan talablar. Ma`lumotlarni displeydan ishonchli ravishda uqish va uni qulay idrok etishni asosiy ko’rish ergonomik parametrlari optimal yoki qisqa vaqt ishlaganda esa yo’l qo’yilgan diapazonlarda olib borish kerak. Asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga quyidagilar: shaklning yorug’ligi, ekranning tashqi yoritilganligi, belgining burchak o’chami, ekranni kuzatish burchagi kiradi. Ko’rsatilgan parametrlar va ularning birikmalari qiymatlarining optimal va yo’l qo’yiladigan diapazonlari maxsus laboratoriyalardagi tajribalardan so’ng O’zbekistonga import qilingan VDT texnik xujjatlariga o’rnatilgan tartibda kiritiladi. VDT asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga Sanitar qoidalarga rioya qilgan xolda qo’yiladigan talablar va ularning chegaralari 36-jadvalda keltirilgan. VDT asosiy ko’rish ergonomik parametrlariga qo’yiladigan talablar 36- jadval 475 Parametr nomi Parametrlarning chegara qiymatlari minimum maksimum Belgining qorongida ulchangan yorugligi, kd/m 2 35 120 Ekranning tashqi yoritilganligi , lk 100 250 Belgining burchak ulchami, bur. min 16 60 Shu bilan birga, nazorat qilish burchagi xam me`yorlashtiriladi va u displey ekranining xar qanday nuqtasiga normaldan plyus 40° dan oshmasligi kerak. Belgining burchak ulchami- bu ko’zatuvchining ko’zi bilan belgining chekka nutqta balandligini bog’lovchi chiziqlarning kesishidan hosil bo’lgan burchak bo’lib, a = arctg (h / 21} formulasi bilan ifodalanadi, bu erda h - belgi balandligi, l - belgidan kuzatuvchining ko’zigacha bo’lgan masofadir. Ko’rishning asosiy ergonomik parametrlariga optimal va yo’l qo’yiladigan diapazonlarning ta`rifini keltiramiz. Optimal diapazon deb, inson-operator tomonidan berilgan turdagi VDTdan ma`lumotni xatosiz o’qish uchun reaksiyasining chegara vaqti minimaldagisidan 1.2 marta ko’p bo’lmaganni ta`minlaydigan vaqtga aytiladi. Yo’l qo’yiladigan diapazon esa 1. 5 martadan ko’p bo’lmaydigan vaqtdir. VDT lar bilan ishlaganda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun ko’rishning asosiy ergonomik parametrlarining eng yahshi qiymatlari optimal diapazonlar chegarasida bo’lishini ta`minlash kerak. Talabalar va professional foydalanuvchlarga ko’rishning asosiy ergonomik parametrlari optimal diapazonlar chegarasida, professional foydalanuvchlarga esa qisqa vaqt ishlaganda ko’rishning asosiy ergonomik parametrlari yo’l qo’yiladigan diapazonlarda bo’lishiga ruxsat beriladi. VDTning texnikaviy xujjatlarida ko’rishning asosiy ergonomik parametrlarining optimal va yo’l qo’yiladigan diapazonlari xaqida ma`lumot yo’q bo’lsa, bunday VDTdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling