Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Displeylarning ko’rish xarakteristikalari optimizatsiyasi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Displeylarning ko’rish xarakteristikalari optimizatsiyasi.
Ko’rish toliqishiga ta`sir qiluvchi monitorning asosiy (eng muxim) parametrlaridan biri - monitor konstruktsiyasiga kiritilgan muxim faktorlarning yig’indisi bo’lgan displey ekranidagi tasvir sifatidir. Sifatli monitor k;uyidagi asosiy xossalarga ega bo’lishi kerak: -tasvirning aniz va ravshan ko’rinishi; -tasvirning lipillamasligi; -monitorni optimal yorqinligi; -displey ekranida yaltillishlarning yuqligi. 2-ilovada MPK II talablariga muvofiq monitorlarning ko’rish parametrlarini tekshirish ro’yxati berilgan bo’lib, shu parametrlarni xossalari va talablari professor G.Demirchoglyanning "Kompyuter va salomatlik" M.Lukomore, 1997., 256 betidagi ma`lumotlardan olingan. Ekrandagi tasvirning aniqligi va ravshanligi birinchi navbatda monitorning ruxsat berilgan qobiliyatiga bog’liq bo’lib, u gorizontal va vertikal bo’ylab tasvirning diskret elementlarni monitor qabul qila oladigan soni bilan ifodalanadi. monitorning ruxsat berilgan qobiliyatini ifodalovchi quyidagi standart qiymatlar mavjud (qavs ichida shaxsiy kompyuter standartining nomi keltirilgan 640x480 (VGA); 800x600 (SVGA); 1024x768 (XGA); 1280x1024 (EVGA); 1600x1200 (belgiga ega emas). Monitorning ruxsat berilgan qobiliyati qanchalik yuqori bo’lsa, 490 ekrandagi tasvir shunchalik aniq va ravshan bo’lib, uni qabul qilish oson bo’ladi, ko’rish tizimini oz toliqtiradi.Tasvirning aniqligi lyuminoforni qadamiga, ya`ni ekranning ichki yuzasidagi lyuminoforni bitta rangining diskret nuqtalari orasidagi masofaga xam bog’liqdir. Turli modeldagi monitorlarning lyuminofor qadami 0,25 dan 0,41 mm gacha diapazonda bo’ladi. Kichik nuqtalar ekranda yanada aniq va ravshan tasvirlanganligi sababli, VDT sotib olinayotgan paytda nuqtalari 0,31 mm katta ulchamli monitorlarni xarid qilish tavsiya etilmaydi. Ko’pgina xizmat va uy ishlarini bajarish uchun ruxsat berilgan qobiliyati 1024x768 ga teng yoki kam bo’lsa, lyuminofor radami 0,27 yoki 0,28 mm. Bo’lsa kifoyadir, intensiv grafik ishlar uchun esa monitorning ruxsat berilgan qobiliyati 1024x768 dan yuqori bo’lsa, 1qadam 0,25 yoki 0,26 mm bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvirning aniqligi oshishida elektron nurlarni fokusirovkasini sifati xam axamiyatga egadir. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling