Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Plenkali filtrlar shisha yoki sintetik material (masalan, akril)dan
tayyorlangan yupqa shaffof qo’shimcha material asosida tayyorlanadi. Plenkali filtrlardan eng ko’p tarqalgani Polaroid firmasining CP-50 markali filtrlari bo’lib, ular yaxshi optik xossalarga (shaklni kontrastligini va aniqligini oshiradi, ekranning yaltillashini va lipillashini bosadi), lekin ultrabinafsha nurlanishni butkun bosadi va roentgen nurlanishni darajasini pasaytirsa xam, elektromagnit elektrostatik maydondan ximoya qilmaydi. 482 Bundan tashqari, polyarlashgan filtrlarning qoplamalari poliefir qatronidan tayyorlangan bo’lib, ular yetarli darajada pishiq va chidamli emasligi tufayli ularni fizik eskirishiga va buzulishiga olib keladi. Shisha filtrlar (Defender, Megastar, Sepoms kabi osiyo davlatlari maxsulotlari) EMMdan muhofazalar funktsiyalariga ega emasdirlar. Ekranlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida shisha material ustidan yushqa metall plyonka yuritiladi. Bunday filtrni yerga ulaganda tuliq; elektrostatik ekranlashtirish, xususan yuqori chastota diapazonlarda elektromagnit nurlanish keskin darajada pasayishi ta`minlanadi. Bundan tashqari, metall plyonkali shisha filtrlar yumshoq rentgen nurlanishini o’tkazmaydi, spektrning ultrabinafsha va infraqizil chegaralaridagi nurlanishni aytarli darajada pasaytiradi. Filtrlarning sifati qoplamaning qanday materialdan tayyorlanganligiga, uni qanday texnologiyada, necha qavat qoplanganligiga qarab, turli ishlab chiqaruvchi firmalarning filtrlarini xarakteristikalarida o’z aksini topadi. Keng tarqalgan muhofaza filtrlar guruxiga to’rsimon filtrlar kiradi, ular ko’pincha mis sim asosli xira rangli qoplamada tayyorlanadi. Bu filtrlarning samarasi to’rning chastotasiga bog’liqdir. Juda xam zich tayyorlangan tur, EMM muhofazani yaxshilasada, shaklni aniqligi va kontrastligi pasayib, ko’rish xususiyatini yomonlashtiradi shuning uchun, yorug’lik oqimini kamayishini o’rnini qoplash uchun, displeyning shakl yorug’ligini oshirishga to’g’ri keladi, bu esa elektron-nurli trubkani ish muddatini qisqaripshga olib keladi. Deyarli barcha modellari muar effektini, ya`ni shaklni ekran bo’ylab go’yoki suzib yurishini, yuzaga keltiradi. EMM ta`siridan va qulay optik xarakteristikalarni birgalikda muhofazalashning eng optimali aralash turli filtrlar hisoblanadi. Ular shishaning metallarning og’ir atomlari bilan legirovka qilingan maxsus sortidan tayyorlangan bo’ladi. Murakkab ko’pqavat tarkibli bu filtrlar monitorning deyarli barcha zararli ta`sirlaridan ximoya qiladi va Total Shield ("To’la ximoya") sinfiga kiradi. Ular eng past aks etish koeffitsientiga (1%dan kam) xarakterlanadi, shuning uchun deyarli yaltillashlar bo’lmaydi, tasvirning kontrastligi 1.5-2 marta ortadi elektrostatik (99,5 %) va elektromagnit (95-99 %) maydonlarning eng yuqori ekranlashtirish koeffitsientlariga ega bo’ladi, shu jumladan, past chastota maydonida ( 1000 Gs gacha), xamda ultrabinafsha (98-99 %) va yumsho!q rentgen nurlanishini (95 %) samarali yutadi. Xususan, avstriyalik Ergostar firmasining yuqori effektli filtrlari ikki taraflama aks beruvchi yemirilishga qarshi doplamali to’rt davat kristalli shishadan tayyorlangan. Ular monitor ekranining tarqaluvchan aks etishini, 483 yaltillashini, lipillashini qaytaradi, 99 %gacha monitor nurlanishini yutadi. Shu bilan birga quyidagi filtrlar xam ishlatiladi: Polaroid CD - Workstation (AQSH), Xenjum (Italiya), Unus (Tayvan) va boshqalar. Lekin ularning narxlari juda baland bo’lganligi sababli kam foydalaniladi. Ko’pgina Total Shield sinfiga mansub filtrlarni solishtirish shuni ko’rsatadiki, ularning xammasi statik maydonning xam nurlanishidan ishonchli himoya bo’lib, katta darajadagi shaffoflikka ega bo’lganlarini (yorug’likni va nurlanish intensivligini oshirmaslik uchun ) va yaltillashni maksimal yo’qotadiganini tanlash kerak. Ekranda induktsiya qilingan axborotni "begona ko’zlardan berkitishga" mo’ljallangan yangi modeldagi muhofaza filtrlar qiziqish uyg’otmoqda. Amerikaning ZM firmasining kichik korhonasi hisoblanmish angliyalik ZM UKPIc firmasi axborotni faqatgina agar ekran qarshisida o’tirgan tazdiringizdagina o’qish imkoniyatiga ega muhofaza filtr modellarni ishlab chiqdi. Bu filtrlar - PF 50 turdagisi (massasi 450 g) kichik qo’l kompyuterlari uchun, va PF 450 turdagisi stolga qo’yiladigan uchundir. Ular 99 % gacha monitor nurlanishini yutishga qodir bo’lib, yaltillashni kamaytirishi mumkin. Aloxida changlatirilgan Ergostar TOP Secret maxsus modeli monitor ekranidagi axbortni faqat operator ko’ra oladigan qiladi. Bunday filtrlar odatda banklarning operatsion tizimlarida, turli muassasalarning sir tutuvchi bo’linmalarida va boshqa shunga ‘xshash strukturalarida foydalaniladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling