Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Suyuts kristall monitorlar
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Suyuts kristall monitorlar. Elektromagnit nurlanishni ko’p
miqdorda kamaytirishning alternativ yo’nalishi bo’lib, elektron-nurli trubkali monitor o’rnida suyuq kristall displeylar ishlatish hisoblanadi. Xozirgi paytda suyuq kristall displeylar kichik kompyuterlarning tashkiliy qismi hisoblanadi. Elektron-nurli analoglariga nisbatan ular juda kam energiya sarf qilib, shunga ko’ra asosiy kuch ko’rinadigan nurlarga kelib, nurlanish quvvati xam kamayadi. Bundan tashqari suyuq kristall monitorlar yana quyidagi ustunliklarga egadirlar: - displeyning yassi yuzasi chiziqlarni qiyshayishiga yo’l qo’ymaydi; - elektron-nurli trubkali monitorlarga nisbatan lipillashi juda kam bo’lganligi sababli ko’zga tushadigan og’irlik shuncha kam bo’ladi; - kristall monitorlarni havosi yuqori changlangan yoki aksincha, tozalikka katta talablar qo’yiladigan honalarda ishlatish qulaydir, chunkn ular elektromagnit maydon yordamida elektron-nurli trubkali monitorlar singari o’z atrofiga zo’r berib chang to’plamaydilar. Toshiba, Sharp, Hitachi, Matsushita, kabi firmalarning eng so’nggi 484 suyuq kristall monitorlari o’z funktsional parametrlari bilan elektron-nurli trubkali monitorlardan qolishmaydilar (ekran diagonali - 21 dyuym, ko’rish burchagi gorizontal bo’yicha - 140 °g vertikal bo’yicha - 110 °g yo’l qo’yilgan qobiliyati 1280x1024 gacha. Ranglar soni 18,7 milliongachadir). Lekin bunday modellar xozircha oddiy monitorlardan 10 barobar qimmat turadi, shuning uchun ular eng avvalo yuqori talabli soxalarda: aeronavtikada tibbiy tizimlarda, moliyada ishlatiladi. Bundan tashqari suyuq kristall monitorli kompyuterlardan ishlash uchun moslashmagan sharoitda, yo’lda, konferentsiyalarda, yig’ilishlarda mutaxassislar, jurnalistlar, biznesmenlar foydalanishadi. Ko’tarib yuradigan kompyuterda ishlash vaqtinchalik bo’lganligi sababli, EMM professional ta`siri xaqida juda xam xaqli bo’lmasada, suyuq kristall monitorlarni elektr manbai qurilmasi bilan birga test qilinganda, past xamda 50 Gs sanoat chastotalarda MPR II me`yoridan 10%, TCO 95 dan esa ikki barobar ortiqligi qayd qilingan. Bu chastotalarda magnit maydoni kantserogen ko’rsatkichlari bilan eng zararli hisoblanadi, buning ustiga Notebook ish paytida foydalanuvchining tizzasida, ta`sir qiluvchi organlariga juda yaqin masofada bo’ladi. Shuning uchun ish jarayonida elektr manbai qurilmasi foydalanuvchidan 1m masofada bo’lishi ma`quldir, foydalanuvchi uchun esa albatta akkumlyator ishlatish eng xavfsiz hisoblanadi. Bundan tanshari ko’pgina foydalanishdagi Notebook turdagi kompyuterlar tajriba markazlarida tekshirilganida, ko’rish parametrlari talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, eski modeldagi Notebook displeylarining ko’rish burchagi gorizontal yo’nalishda xam, vertikal yo’nalishda xam kichik bo’lganligi sababli, ishlash paytida noqulayliklar yuzaga keladi. Ko’pincha ish jarayonida ekrandagi shakllar qoniqarli sifatga ega xolatni topishga ko’p vaqt sarflanadi. Buning ustiga ekrandagi shaklning sifati yorug’lik manbaining quvvatiga va qanday joylashganiga juda xam bog’liqdir. Notebook bilan ishlaganda ko’rish toliqishini pasaytirish yoki yo’qotish maxalliy yoki umumiy yorug’lik manbaini, ish materiallarini, ekrandagi shaklni aks etish tartibini to’g’ri tanlash bilan erishish mumkin. Notebook kompyuterlarining suyuq kristall ekranini tanlaganda yorug’lik turi muxim ahamiyatga egadir, ya`ni lyuminestsent yoritilganlikda passiv ekranlar maqsadga muvofiq bo’lsa, nakal lampalardan foydalanilganda aktiv matritsali ekranlar ishlatilgani ma`qul. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling