Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Ish stoli. Ish stolining konstruktsiyasi ish yuzasida foydalaniladigan
jixozlarni ularning konstruktiv va sonini xususiyatlari (VDT va XTning, klaviatura, pyupitrning o’lchamlari) ni e`tiborga olgan xolda, xamda bajarilayotgan ish xarakteriga qarab optimal joylashishni ta`min etish kerak. Stolning ish yuzasini balandligi katta yoshdagi foydalanuvchilar uchun 680-800 mm chegarada sozlanishi kerak, agar bunday imkoniyat bo’lmasa, u 725 mm bo’lishi kerak VDT va XT uchun stolning ish yuzasini konstruktiv o’lchamlarini hisoblash uchun asos bo’ladigan modul o’lchamlari bo’lib, eni- 800, 1000, 1200 va 1400 mm hisoblanadi. Stol yuzasining bu parametrlari motor maydoni etishi mumkin bo’lgan chegarada ish faoliyatini bajarish imkoniyatini ta`minlashi kerak. Ish stolida oyoqni qo’yish uchun bo’shliq bo’lib, uning balandligi 600 mm dan, eni - 500 mm. dan, tizza bukilish joyidagi chuqurlik - 450mm dan, oyoq uzaytirilganidagi mezoni- 650 mm. kam bo’lmasligi kerak. Oliy va o’rta ta`lim o’quv muassasalari o’quvchilari uchun VDT va XT ishlash uchun bir o’rinli stollar ko’zda tutiladi, ularning konstruktsiyalari: -ikkita aloxida yuzadan iborat bo’lishi kerak, biri gorizontal yuza bo’lib, balandlik bo’yicha 0 dan 15 gradusgacha burchak ostida ravon boshqariladigan, optimal ish xolatida (12-15 gradusda) mustaxkam 503 o’rnatiladigan, o’quvchi va talabalarning ish xolatini to’g’ri ta`minlash, boshni oldinga keskin egmaslik imkonini beradigan; - VDT va XT, klaviatura uchun yuzaning eni 750 mm dan, chuqurligi 550 mm dan kam bulmasligi kerak, (ikkala yuzaning eni bir xil bo’lishi kerak), ish yuzasiga printerni xam joylashtirish kerak bo’lganida eni 1200 mm gacha uzaytiriladi. Talabalar va o’quvchilar uchun stol parametrlari bo’ylariga qarab tabaqalanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling