Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Kopyuterda ishlayotganda
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Kopyuterda
ishlayotganda operatorning suyak-musgkul tizimiga ta`sirni kamaytirish chora-tadbirlari. Statik og’irligi sindromining (US OS) profilaktikasi uchun va uning oqibatlarini keskin kamaytirish, xamda operatorni turg’un ish qobiliyatini ta`minlash maqsadida birinchi navbatda uning antropometrik va asabiy-fiziologik imkoniyatlariga mos keladigan ish joyini to’g’ri tashkil etish kerak. AQSHdagi Mayami universitetini ergonomik izlanishlar Markazining ma`lumotlariga qaraganda, yaxshi tashkil etilgan ish joyi birinchidan, operatorning yuqori ish qobiliyatini saqlash hisobiga mexnat unumdorligini 25 % oshiradi, ikkinchidan, insonning qo’lida va boshqa tayanch-xarakat qismlarini og’rishi to’g’risidagi shikoyatlarini keskin kamaytiradi. USOSga ketadigan kam bo’lmagan xarajatlarni qisqartirish maqsadida amerikalik yirik kompaniyalar ish joyi uchun ergonomikaning va biomexanikaning zamonaviy talablarini e`tiborga olgan maxsus qimmatbaxo jixozlar sotib olishga majbur bulmoqdalar. Keyinchalik bu xarajatlar, albatta qoplanadi. Ish joyining fazoviy parametrlari operatorning antropometrik xarakteristikalaridan kelib chiqqan xolda aniqanadi. O’tirib bajariladigan ishda asosiy og’irlik bosh va umurtqani ushlab turuvchi muskullarga tushadi. Bunda badanning asosiy og’irligi belga beriladi, tananing past qismida qon aylanishini qiyinlashadi. Shuning uchun operator uzoq o’tirib ishlaganida xolatini o’zgartirib turishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, ko’pchilik odamlar uchun eng qulay ish joyi bo’lib, uni eng kamida ikki xolatga moslashga imkon beradigan ish joyi bo’lishi mumkin. Bunda kreslo, klaviatura va monitorning xolati xar safar insonning odatlariga va bajarayotgan ishiga mos kelishi kerak. O’tirganda kurak-belning tabiiy oldinga egiluvchanligi orqa egiluvchanligiga o’zgaradi, bu esa tez-tez belda og’riq paydo bo’lishiga 502 sababchi bo’ladi, shuning uchun kresloni konstruktsiyalashda asosiy e`tiborni bel qismiga tayanchni qilishga qaratiladi. Bunday tayanch klaviatura bilan ishlaganda xarakatlar soni katta xajmga etadigan ko’krak qismining xarakatini osonlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib, erganomik nuqtai-nazaridan, operator tanasining barcha tayanch-xarakat funktsiyalarini bajaruvchi qismlarining optimal xolatini ta`minlash kerak. Bu badanni to’g’ri tutish, umurtqa pog’onasining tabiiy egilishini va tos suyagini egilish burchagini saqlash, qattiq bukilishlar, boshni keskin burishlar, muskullarni chekka xolatda bo’lish zaruratini bartaraf etish orqali erishiladi. GOST 12.2.032-78 "SSBT." O’tirib ishlaydigan ish joylarini tashkil etish. Umumiy ergonomik talablar" ga rioya qilgan xolda ishlab chiqilgan Sanitar qoidalarda ish paytida foydalanuvchining yanada ratsional va fiziologik xolatini belgilovchi ish joyi elemetlarining gabaritlari, ularni hona yuzasida o’zaro joylashishi, operatorni kompyuterning asosiy ish elementlarigacha masofasi (ko’rish organi-displey ekrani, qo’llar- klaviatura, va x.k.) va boshqa parametrlar reglamentatsiya qilinadi. Quyida ergonomik printsiplar asosida ishlab chiqilgan operatorni ish joyining asosiy elementlarini Sanitar qoidalardagi konstruktiv parametrlariga talablar keltiriladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling