Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi.
Ish zonasi havosi. Ish zonasining havosi atrof-muhitning
mikroiqlim parametrlariga, ya`ni havo xarorati, namligi va xarakat tezligi, xamda inson faoliyatiga, sog’lig’iga, hisoblash texnikasining ishonchli ishlashiga sezilarli ta`sir qiluvchi barometrik bosimi va o’zgarish tezligi, issiqlik nurlanishlari, zararli moddalarning mavjudligi, aeroionlar, changlarga asosan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida ko’rsatilgan parametrlarning yig’indisini ta`siri xarakterlidir. Aloxida faktorlarning yomon ta`sirida ishlovchining tomir urishi va nafas olishi, bosimi, asab tizimi yomonlashadi. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi. Mikroiqlim bo’yicha asosiy me`yoriy xujjatlar GOST 12.1.005-88 "Ish zonasidagi havoga sanitar-gigienik talablar", xamda SanQ va M 2.2.3.538-96 “Ishlab chiqarish honasidagi mikroiqlimga gigienik talablar" hisoblanadi. Ularda yil fasliga, bajariladigan ish kategoriyasiga, ishlab chiqarish honasining issiqlik chiqarishiga qarab xarorat, havo xarakati, nisbiy namlikning yo’l qo’yilgan va optimal darajalari me`yorlangan. VDT va XT joylashgan honalardagi issiqlik manbai bo’lib, hisoblash texnikasining qurilmalari, yoritish uskunalari, ishlovchilar, xamda quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Asosiy issiqlik manbai hisoblash texnikasining qurilmalari bo’lib, jami issiqlikning o’rtacha 80 %, yoritish 512 uskunalari o’rtacha 12 %, , ishlovchilar- 1 %, xamda quyosh radiatsiyasi, - 6 % beradi. Xira to’suvchi konstruktsiyalardan issiqlik kelishi 1 % tashkil etadi. Mashina zallarida inson organizmiga va hisoblash texnikasiga havoning nisbiy namligi sezilarli ta`sir ko’rsatadi. 40% namlikda magnit lentasining asosi sinuvchan bo’lib qoladi, magnit qalpoqchalarining yedirilishi oshadi, axborot tashuvchi vositalarda statik elektr yuzaga keladi, monitor ekrani va honaning ion tarkibi yomonlashadi. Ishlovchi personalga normal ish sharoitlari yaratish maqsadida ishlab chiqarish mikroiqlimining me`yorlari belgilangan. VDT va XT yordamchi hisoblangan ishlab chiqarish honalaridagi ish joylarining xarorat, havo xarakati, nisbiy namligini yo’l qo’yilgan va optimal darajalari ishlab chiqarish honalarining sanitar meyorlariga mos kelishi kerak. VDT va XT asosiy hisoblangan (dispetcherlik, operatorlik, hisoblash kabinalari va boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari) ishlab chiqarish honalarida SanQ va M 2.2.2.542-96 ga asosan, mikroiqlimning optimal parametrlari ta`minlanishi kerak. Mikroiqlimning optimal sharoitlari uzoq vaqt va sistematik insonga ta`sir qiluvchi, organizmining funktsional, issiqlik xolatini saqlash imkonini beruvchi va ishlash qobiliyatini oshiruvchi mikroiqlim parametrlarining birikmasidan iboratdir. 39-jadval. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling