Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Isitish tizimidan yilning sovuk; faslida honalardagi kerakli xarorat
darajasini ta`minlash uchun foydalaniladi. Havoni isitish yetarlicha doimiy (bir kecha-kunduzda o’zgarishlar 2-3 °C dan), bir tekisda (gorizontal yo’nalishda xarorat o’zgarishi xar bir metr uzunlikda 2 °C dan, vertikalida- honaning xar bir metr balandligida 1 °C dan oshmasligi) bo’lishi kerak. Isitish tizimi honaning qurilish konstruktsiyalari orqali issiqlikning yo’qolishi, ichkariga kirayotgan sovuq havoni isitishi, xamda agar tashqaridan material va asbob-uskunalar kiritish texnologiyalarda ko’rsatilganligiga qarab, hisoblanadi. Mashina zallarini va boshqa honalarning belgilangan tozaligini va mikroiqlim parametrlarining me`yorini saqlab turishni ta`minlash uchun ventilyatsiyani qo’llashadi. Ventilyatsiya tizimini loyihalash mashina zallarining ventilyatsiyasi uchun sarflanadigan havo miqdorini, havo kirituvchi moslamalarning aerodinamikasini, havo tozalash va havo tarqatish moslamalarini tanlashni aniqashdan iboratdir. Havoni kirituvchi-tortuvchi ventilyatsiya honadagi zararli moddalarni chiqarib tashlash, havoning aeron tarkibini yaxshilash bilan bir qatorda, yig’ilgan changlarni xam tortadi. Xususan, VDT va XT zallarida zarracha o’lchami 3 mkm gacha bo’lgan changlarning miqdori 0,75 mg/m 3 dan oshmasligi kerak. Honaga kirayotgan havo avvalboshdan ifloslanishlardan, shu jumladan, chang va mikroorganizmlardan turli xildagi filtrlar yordamida tozalanishi kerak. Kirib keladigan havo miqdori texnika-iqtisodiy hisoblashlar va havo almashish tizimini tanlash bilan aniqlanadi. Havo almashinuvi hisob-kitoblari honada ishlovchi insonlardan, mashinalardan, quyosh radiatsiyasidan, tashqi yoritilganlikdan chiqayotgan ortiqcha issiqlik asosida hisoblanadi. Mashina zallaridagi minimal havo hisobi soatiga ikki bor almashgan havo mivdori bir ishchiga 60 m 3 bo’lishini e`tiborga olgan xolda olib boriladi. Ish jarayonida ko’paytirish texnikasidan ozon ajralib chiqish hisobiga, ko’paytirish va xujjatlarni rasmiylashtirish honalaridagi havo soatiga besh marta almashishini ta`minlash kerak. Boshqa honalarda minimal havo 516 almashinuvi soatiga 1.5-2 marta bo’lishi kerak. Mashina zallaridagi va boshqa honalardagi mo’tadil havo xaroratini, namligini saqlab turish va havoni ifloslanganlikdan tozalash uchun havoni konditsionerlash tizimini qo’llaniladi. Havo muhitini mo’tadilligi EXM ni ishonchli ishlashini, axborot tashuvchi vositalarni uzoq saqlashni, xizmatchilarga yaxshi ish sharoiti yaratishni ta`minlaydi. Bo’lingan turdagi tizim texnik vositalarni sovugan havo bilan va mashina zallarini toza konditsionerlangan havo bilan ta`minlovchi konditsionerlangan havoni ikki tartibga soluvchi zonali qurilmadan tashkil topgan. Bundam tizimlarda sovutilgan havo hisoblash texnikasi uchun texnologik pol ostidan mashina zaliga berilayotgan havodan mustaqil tarzda ichki bushliqda beriladi. Bunday tizimlardan ko’p sonli hisoblash texnikasi joylashgan honalarda foydalaniladi. Aralash turdagi tizimda havo hisoblash texnikasi va mashina zalini sovutish uchun bir vaqtda beriladi. Havoni konditsionirlash birinchi navbatda mashina zallari, xamda servis va taïùi qurilmalar honasi va axborot tashuvchi vositalar saqlanadigan honalar uchun zarurdir. Uy sharoitida, asosan yoz paytida hona mikroiqlimini ta`minlash uchun kerakli quvvatga ega maishiy konditsionerlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling