Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Yong’in xavfsizligi. EXMdan foydalanilganda turli xildagi
yonishlar xavfi doimo mavjuddir. Zamonaviy kompyuterlarda elektron sxemalarning elementlarini joylashish zichligi juda yuqoridir, ulash simlari, kommunikatsiey kabellar bir-biriga juda yaqin joylashgandir. Ulardan tok oqqanida, katta miqdorda issiqlik ajraladi, ba`zi bo’limlarda xarorat 80-100°C gacha ko’tarilishi mumkin. Bu ulangan simlarning izolyatsiyasini erishiga, ochilib qolishiga, oqibatda uchqunlanish bilan birgalikda qisqa to’qnashuv sodir bo’lishiga, elektron sxemalarning elementlariga yo’l qo’yilmas darajadagi ortiqcha og’irlik tushishiga olib keladi. Ular qizishi natijasida uchqunlarni sachratib, yona boshlaydilar. EXMdagi ortiqcha issiqlikni yo’qotish uchun havoni konditsionerlash va ventilyatsiya tizimi xizmat qiladi. Lekin bu tizimlar mashina zallari va boshqa honalar uchun qo’shimcha yong’in xavfini yuzaga keltiradi, chunki bir tarafdan, havo uzatuvchi moslamalar barcha honalarga oksidlovchi hisoblanmish kislorod uzatishni ta`minlasa ikkinchi tarafdan, yong’in sodir bo’lganda, ularni honalarga tezda tarqalishiga yordam beradi. Elektr qurilmalariga tok aloxida yong’in xavfi bo’lgan kabel simlari orqali uzatiladi, yonuvchi izolyatsiya materialining mavjudligi, elektr uchquni va elektr yoyi sifatidagi manbalar extimoli borligi, sertarmoqlanganligi va yaqinlashish qiyinligi kabel liniyalaridan yong’in chiqishi va rivojlanishi extimoli yanada kattaligidan dalolat beradi. Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash, xizmat ko’rsatish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Bunday paytda turli moylovchi moddalar, yengil yonuvchi suyuqliklar ishlatiladi, vaqtinchalik elektr simlari o’tkaziladi, ba`zi bir qism va detallar payvandlanadi. Qo’shimcha yong’in chiqish xavfi paydo bo’ladi, bu esa yong’in profilaktikasi bo’yicha tegishli chora-tadbirlarini talab qiladi. Yong’inni oldini olish uchun barcha turdagi kabellarni gaz to’ldirilgan metall trubalar orqali o’tkazish kerak. Mashina zallaridagi kabel yo’llarini yong’inga bardoshligi 0.5 soatdan kam bo’lmagan, yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan, olib-qo’yiluvchi texnologik pol ostidan o’tkazish kerak. Hisoblash markazlaridagi honalarda yong’in jumraklari yo’lkalarga, zina maydonchalariga, kirish joylariga o’rnatiladi. Qo’l olov 521 uchirgichlarni 40-50 m 2 ga bittadan hisoblab, honalarga o’rnatiladi. Yong’in chiqqanda honalardagi avtomatik yong’in o’chirish qurilmasi (AYO’Q) ishlab ketadi. Ko’pincha gazli (AYO’Q) ishlatiladi. Ular shovqin va yorug’lik stgnalizatsiyasi bilan ta`minlanadi. Yong’in vaqtida alanga binoning bir qismidan ikkinchisiga o’tmasligi uchun yong’inga qarshi devorlar, qoplamalar, zonalar, tambur- shlyuzlar, eshiklar, uyma teshiklar, klapanlar shaklida yong’inga qarshi to’siqlar qo’yiladi. Binoda yong’in chiqayotgan paytida ikkitadan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqishlari ko’zda tutiladi, Lekin ikkitadan kam bo’lmagan evakuatsiya chiqishlari bo’lgan mashina zalidan boshqa bo’linmalardagi ishchilarni evakuatsiya qilishda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Boshqa ishlab chqarish honalarida agar eng uzoq joydan chiqishgacha masofa 25 metrdan, bir smenadagi ishlovchilar soni 25 tadan ko’p bo’lmasa, bitta chiqish joyi loyixalanadi. O’tish joylarini, yo’lkalarni va ishchi joylarini qog’ozlar, arxiv materiallari bilan uyib tashlash kerak emas. Evakuatsiya yo’llariga tabiiy va sun`iy avariyaviy yoritgichlar o’rnatiladi. Axborot tashuvchi vositalarni saqlash uchun metall shkaflardan foydalaniladi, saqlash honasining eshigi xam yonmaydigan bo’lishi kerak. Yong’in profilaktikasi bo’yicha tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmuasi, yong’inni oldini olish, yong’in chivdan paytda odamlarni xavfsizligini ta`minlash, olovning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, xamda yong’inni muvoffaqiyatli uchirishga sharoit yaratish imkonini beradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling