Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Xususiy kompyuterda ishlagandagi elektr xavfsizligi. Qurilmalar
agar 36 V, bundan tashqari 220 V kuchlanish ishlatadigan elektr tarmog’i bilan kontaktda bo’lganida shikastlanish xavfi doimo mavjuddir. Bu beparvolik natijasida ochiq tok o’tkazuvchilarga tegib ketish xollarida, aksariyat paytlarda turli xildagi sabablar (tok zo’riqishi, sifatsiz izolyatsiya, mexanik buzulishlar) tufayli yuz berishi mumkin. Foydalanish jarayonida tok o’tuvchi qismlarning, shu jumladan, kuchlanish ostidagi tok simlarining izolyatsiyasiga zarar yetishi, natijada ularga bilmay tegib ketish oqibatida jaroxatlanish, og’ir xollarda xatto insonni o’limiga olib kelishi mumkin. Kuchaygan elektr xavfsizligi zonasi bo’lib, elektr qurilmalarni va elektr jixozlarni tokka ulash joylari hisoblanadi. Ko’pincha rozetkalarni polga joylashtirishadi, bunday qilishga esa yo’l qo’yish kerak emas, bundan tashqari ularni quvvatidan ortiqcha-yuklantirish natijasida izolyatsiyasi zaxa bo’ladi va qisqa to’qnashuvga olib keladi. Bunday xolatni yuqotish, aniqrogi, elektrdan jaroxatlanishni minimumga keltirish uchun "Iste`molchilarni elektr qurilmalardan foydalanish qoidalari" va "Iste`molchilarni elektr qurilmalardan foydalanishidagi texnika xavfsizligi qoidalari", hamda "Elektr jixozlarning 517 qurilmalari qoidalari" talablariga rioya qilish zarurdir. Kompyuter bilan ishlaganda elektr tokidan jaroxatlanishni oldini olish uchun tok yuruvchi qismlarga yaqinlashmaslikni ta`minlash uchun qo’shimcha to’sish qurilmalari o’rnatilishi kerak, asosiy kuchlanish manbaidan jaroxatlanishni pasaytirish uchun bo’luvchi transformatordan foydalanish mumkin, xar qaysi xolatda ham elektr qurilmalarida albatta muhofazalovchi yerga ulash yoki nolga ulash (muhofazalovchi o’chirish) bo’lishi kerak. Kompyuterlarni sifatli ishlashini ta`minlash alohida yerga ulash konturi yaratiladi. Shaxsiy hisoblash vositalarini ishlatish jarayonida ta`mirlash, montaj qilish va profilaktika ishlarini bajarish zarurati yuzaga keladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida va o’quv yurtlarida VDT va XT ni SanQvaM 2.2.2.542-96 ga asosan bevosita o’quv honalarda ta`mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi. Elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida yuqorida zikr etilgan qoidalarga so’zsiz amal qilishdan tashqari, barcha kuchlanishni o’chirish bilan bog’liq texnikaviy choralarni, ya`ni ish bajarish uchun ajratilgan uchastkadagi qurilmalar o’chirish va o’z-o’zidan yoki bexosdan ulanishga qarshi choralarni ko’rish, ish joylarida zarur bo’lsa, to’siqlar qo’yish plakatlar va ogoxlantiruvchi belgilar osish, tok o’chirilganligini tekshirish, yerga ulashni amalga oshirish kabilarni bajarish kerak. Hisoblash texnikasi bilan bog’liq barcha elektr montaj va ta`mirlash ishlarini bir yo’la ikki bajarishi kerak, elektrdan jaroxatlanish yuz bersa, tokni o’chiruvchi va birinchi vrach kelgunga qadar yordam beradigan odam bo’lsin. Sozlovchi albatta rezina gilamchada bo’lishi va elektr sxemasini korpusga va tok o’tuvchi simlarga tegmay tekshirishi kerak Hisoblash texnikasini ta`mirlash paytida quyidagilar taqiqanadi: -blok va uskunalarni ulash uchun izolyatsiyasi zaxa bo’lgan simlarni ishlatish; -tokka ulangan ko’rilmani payvandlash va detallarni o’rnatish; -tok va kuchlanishni izolyatsiya qilinmagan simlar va qisqichlar bilan tekshirish; -kuchlanish ostida bo’lgan ko’rilmalarga blok va uskunalarni ulash; -tokka ulangan qurilmaning predoxranitelini almashtirish; -muhofazalovchi vositalarsiz yuqori kuchlanishli k;urilmalarda ishlash. Kuchlanish tarmog’idagi boshqa elektr qurilmalarida nosimmetrik kuchlanish tufayli avariya sodir bo’lish ehtimolini olish, tarmoqdan kompyuter qurilmalarini ishonchli o’chirish va texnika xamda 518 ishlovchilarni elektr xavfsizligini ta`minlash maqsadida bir qator montaj talablariga rioya qilish kerak: Birinchidan, barcha SHEXM va tashqi qurilmalarni elektr tarmog’ini o’chirib ulash kerak. Ikkinchidan, bitta shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini va unga ulanadigan tashqi moslamalar elektr tarmog’ining bitta fazasiga ulanishi kerak. Uchinchidan, tizim blokining korpusini va tashqi qurilmalarinining yerga ulanishini aloxida tashqi kontur orqali bajarilishi kerak. To’rtinchidan, kompyuter qurilmalarini o’chirish uchun bitta muhofazalovchi avtomatli schit va rubilnikdan foydalanish kerak. Kompyuterning kuchlanish blokini tarmoqda tarmoq filtri orqali ulanishini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Filtrning xizmati - kondensatorlarni nolga va fazaga ulash yordamida tarmoqdagi tokning yuqori chastotali tashkil etuvchilari to’siqlarini yerga uzatishdan iborat. Buning uchun uchta yo’lkali vilka va rozetkadan foydalaniladi. "Yerga ulash" simini konturga ulanadi, kuchlanish tarmog’ining noliga xam ulashga ruxsat beriladi. Amalda bu ikkisi xam bir xildir, farqi faqat og’ir foydalanish sharoitidagina seziladi. Agar kompyuterning (yoki boshqa qurilmalarning "yerga ulash" simi xech qayerga ulanmasa, qurilma korpusida 110 V o’zgaruvchan kuchlanish paydo bo’ladi, negaki, filtr kondensatori kuchlanish sig’imini bo’luvchi kabi ishlaydi, sig’imlari teng bo’lgani uchun u 220V kuchlanishni ikkiga bo’ladi. Bir paytni o’zida kompyuterning bo’yalmagan metal qismlariga va yerga ulangan qandaydir metallkonstruktsiyalarga, masalan, isitish batareyalarga tegib ketishi natijasida inson xayoti uchun xavfli bo’lgan tok zanjiriga tushib qoladi. Xuddi shu kuchlanish interfeys sxemalari jafo chekadigan qurilmalar orasidagi potentsiallar ayirmasining manbai hisoblanadi. Agar bog’lovchi qurilmalar umumiy konturga aloxida simlar bilan mustaxkam nollangan yoki yerga ulangan bo’lsa, potentsiallar ayirmasi muammosi yuz bermaydi. Agar ikkita ulanuvchi qurilmalar yerga ulanmagan bo’lsa, tarmoqning bir fazasidan kuchlanish berilsa, turli filtrlarga yoyilgan kondensator sig’imlaridan uncha katta bo’lmagan potentsiallar ayirmasi yuzaga keladi, lekin xar qanday sharoitda inson uchun xavf saqlanib qoladi. Agar yerga ulanmagan qurilmalar turli fazalarga ulansa, potentsiallar ayirmasi ko’payib, 190 V gacha etadi, uning inson uchun 519 juda yomon oqibatlarga olib keladi. Eng ogir xolatlardan biri-katta kuchlanishli bloki bo’lgan yerga ulanmagan qurilmalarni yerga ulangan qurilmalarga ulashdir. Kuchlanish blokining simlari ikki qutbli vilka va tarmoq filtri bilan ta`minlangan qurilmalarda ma`lum muammolar paydo bo’ladi. Bunday filtr kondensatorlari kichik sig’imlidir, shuning uchun qisqa to’qnashuv toki nisbatan katta emas-bir necha milliamperdir. Ulanish paytidagi xavfsizlik muammolari yerga yoki nolga ulangan uch qutbli rozetkasi bo’lgan Pilot turidagi yoki shunga o’xshash filtrlardan foydalanish bilan xal bo’ladi. Agar barcha interfeyslar bilan ulanadagan qurilmalarni shunday uch qutbli vilka va rozetkali filtr yoki ularning zanjiri bilan ulansa, bunda yana potentsiallar ayirmasining muammosi xam xal bo’ladi. Kompyuterlarning ish paytidagi nosozliklarini (to’xtab qolishi, diskdan o’qiy yoki yoza olmasligi) asosiy sababchisi bo’lgan sifatsiz kuchlanish manbai (ko’paygan va kamaygan, keskin tushib, sakrab ketadigan kuchlanish, chastotadan og’ishlar va x.k.) dan ximoyalash uchun xozirgi paytda uzluksiz kuchlanish manbalari (UKM) ishlatiladi. Ularning asosiy vazifasi-asosiy tarmoqda avariya sodir bo’lganda elektr energiyasi bilan ta`minlashdir. UKM dan foydalanilganda ximoya konturi (yer) va neytral sim aloxida o’tkazilishi kerak. Shu bilan birga, sifatsiz yerga ulash manbadan qurilmaga (monitor) yo’naltirilgan elektromagnit maydonga tusqinlik qilishdan ximoyalashni kamaytiradi. Bundan tanshari, UKMga lazer printerlarni ulash tavsiya etilmayli, chunki printer qiziganda nominal qiymatdan ortsh tok talab qiladi, bu esa UKMni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Elektr xavfsizligi qoida va talablariga rioya qilish foydalanuvchini elektr tokidan jaroxatlanishdan maksimal ximoya qiladi. Lekin, agar baxtsiz xodisa yuz bersa, birinchi navbatda xar qanday usul bilan zudlikda tok ta`sirini to’xtatish (rubilnikni o’chirish, jabrlangandan elektr simini quruq yog’och yoki shunga o’xshash narsa bilan olib tashlash, zudlik bilan vrachni chaqirish) kerak. Agar jabrlanuvchi xushini yo’qotmagan va noxushlik sezgan bo’lsa, vrach kelgunga qadar unga tinchlik, toza havo issiqlik bilan ta`minlash kerak. Jabrlanuvchi og’ir xolatda (xushidan ketgan, pulsi yo’q, uzuq nafas olayotgan) bo’lsa, zudlik bilan "og’izdan-og’izga" usuli bilan minutiga 12- 15 marta sun`iy nafas olishni va yurakni sekundiga bir marta bosish bilan massajni boshlash kerak va kasal o’ziga kelgunga qadar (ko’z qorachigining diametri tiklanadi, ya`ni normal xolatgacha kichrayadi, puls 520 qaytadi, nafas olishi normallashadi) davom ettiriladi. Inson o’ziga kelgandan keyin berilayotgan yordamni yana 5-10 minut davom ettiriladi, so’ng uni iliq honaga yotqizib, kuproq issiq choy berish kerak. Xar qanday xolatda xam malakali tibbiy yordam ko’rsatishni ta`minlash kerak. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling