Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Aks ettirish, oynali va aralash aks ettirish


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
Aks ettirish, oynali va aralash aks ettirish 
Ekranga tushayotgan yorug’lik oqimi turli yo’nalishlar bo’yicha aks 
etib, ma`lum bir yo’nalishda ekran da foydalanuvchining orqasidagi 
predmetlarni sezilarli yoki aniiq aks ettirishi mumkin. boshqa aks etish turi 
diffuzion aks etish hisoblanadi. Aks etgan yorug’lik 1 % dan ortmasligi 
kerak. Aks etgan tasvir diffuzion aks etish koeffitsienti yuqori bo’lsa, 
shunchalik tarqoq bo’ladi. 
 
Diffuzion aks etish koeffitsienti 
Diffuzion aks etish koeffitsienti tashqi yorug’lik hisobiga ekran 
yuzasini turli yo’nalishlarda yorqinlikni oshirish qobiliyatini xarakterlaydi. 
Diffuzion aks etish koeffitsienti 10 %dan oshmasligi kerak, bu hona 
normal 300 lk yoritilgandagi taxminan 10 kd/m2 qo’shimcha yorqinlik 
demakdir. 
Ekranning sut rang tarqatuvchan yuzasi nurlanuvchi nuqtalarning 
manbai bo’lib, belgi bilan fon orasida, belgi aniqligining kontrastligini 
pasaytiradi. Kichik diffuzion aks etish koeffitsienti katta oynali aks etishni 
keltirishi mumkin. 
 
Tasvirni lipillashi 
0,5-30 Gs titrash diapazonida 1 mm masofada 0,0002 mm siljishga 
ekvivalent bo’lgan, ko’z ilg’ay oladigan titrashga yo’l qo’yilmaydi. 
 
O’chib-yonishning hisoblanadigan kritik chastotasi 
O’chib-yonishning kritik chastotasi (SRR) o’zidan kadrlarning eng 
yuqori chastotasini tashkil qilib, bunda yuzaga kelgan yorqinlikda 
tasvirning uzgarishini sezish xavfi paydo bo’ladi. Agar kadrlarni xaqiqiy 
chastotasi hisoblanadigan kritik chastotadan yuqori bo’lsa, lipillash 
bulmayapti deb hisoblanadi. 


533 
O’chib-yonishning kritik chastotasi 95 % degani, bunday chastotada 
95 % tekshiruvchilar o’chib-yonishni sezmaydilar. 
Monitor tasvirni sinash uchun berilgan yorqinlik va qutblilikda 
o’chib-yonishning kritik chastotasi SRR 95 % ta`min etishi kerak ushbu 
chastotani qiymati pozitiv tasvir uchun 76 Gs, negativ tasvir uchun 67 Gs 
tashkil etadi. Yorqinlikning bundan yuqori qiymatida o’chib-yonishning 
kritik chastotasi o’sadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling