Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Tana og’irligini qayta guruxlash
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch-xarakat apparatining toliqishini oldini olish va yo’qotishga mo’ljallangan mashqlar to’plami quyidagichadir
Tana og’irligini qayta guruxlash B.x.: ish xolati. 1. Tana og’irligini chap qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish. 2. B.x.: muskullarni bo’shatish- nafas olish. 3. Tana og’irligini o’ng qismga qayta guruxlash- nafas chiqarish. 3. B.x.: muskullarni bo’shatish- nafas olish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash, chuqur nafas olish. Tayanch-xarakat apparatining toliqishini oldini olish va yo’qotishga mo’ljallangan mashqlar to’plami quyidagichadir: 1. B.x. stulda o’tirib, qo’l panjalarini yelkaga qo’yish. 1-3 tirsakni orqaga olib, engashish-nafas olish; 4 deganda bo’shagan qo’llarni tashlab yuborish-nafas chiqarish. Sekin tempda 3-4 marta takrorlash. 2. B.x.:1qo’llarni pastga tushirib o’tirish. 1-4 gacha sanagungacha yelkalar bilan orqaga qarab aylanma xarakatlar qilish. Xuddi shunday oldinga qilish. Nafas olish-xoxishicha. Xar tarafga 2-3-martadan takrorlanadi. 3. B.x.: utirib, barmoqlarni bir-biriga chalishtirib, kaftlarni peshonaga qo’yish, Bosh bilan qo’llarni 5-6 sekund bosish. Qo’llarni bo’shatib, qo’yib yuborish. 5-6 marta takrorlanadi. 4. B.x.: stulda yelkalarni tirab, qo’llarni pastga tushirib, o’tirish. 1-3 gacha sanagungacha boshni ungga oxirigacha burib, shu xolatda 5-6 526 sekund ushlab turish; 4 deganda b.x.ga sekin qaytish. Xuddi shunday chapga, Nafas bir tekisda olinadi. Xar tarafga sekin tempda 2-3 marta takrorlanadi. 5. B.x.: boshni pastga tushirib, o’tirish. Boshni o’ngga, chapga bo’yin muskullarini bo’shatib, egish. So’ng boshni orqaga olish va xuddi shunday takrorlash. 2 marta sekin tempda takrorlash. 6. B.x.: tik turib qo’llarni ko’krakda bukish. 1-3gacha sanagungacha- kuraklarni bir-biriga yaqinlashganini (keskin emas) sezgan xolda bukilgan qo’llar bilan uchta marta orqaga sapchish; 4 deganda qo’llarni to’g’rilab, orqaga sapchish. 6-8 marta sekin tempda takrorlash. 7. Qo’llarni belga qo’yib, turish. 1-3gacha sanagungacha- tirsaklarni orqaga burib, umurtqani to’g’rilash, kuchanganlikni 5-6 sekund ushlab turib, shipga qarab cho’zilish; 4 deganda b.x.ga qaytish, bo’shashish. 5-6 marta sekin tempda takrorlash. 8. B.x.: Qo’llarni yelkaga, oyoqlarni yelka kengligida qo’yib, o’tirish. 1 deganda –o’ngga qayilib, 2-3 degungacha nafasni ushlab turish; 4 da b.x.ga qaytib, nafasni chikarish. Xuddi shunday chapga. Xar tarafga sekin tempda 3-4 marta takrorlanadi. 9. B.x.: Qo’llar yonda. 1 deganda- qo’llar orqaga, barmoqlar chatishtiriladi, 2-3 deganda qo’llarni yelka orqasidan silkitib-silkitib boshni orqaga tashlab ko’tarish, engashish, 4 deganda- b.x.ga qaytish. 6-8 marta takrorlanadi. 10.Quvvatni oshiruvchi "Qarqara" mashqi. Charchoq sezilganida, lekin ishlash zarur bo’lganida bajariladi. B.x. tik turish. Oyoq; kaftini boshqasining tizzasi orqasiga o’tkazish, qo’llarni birlashtirib, tepaga ko’tarish, ko’zlarni yumish. 15-20 sekund turish. Xuddi shunday boshqa oyoq bilan bajarish. Shuni e`tiborga olish kerakki, 3-5 mashqlar miyadagi qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi, chunki boshni pastga va yonga engashtirish bo’yindagi qon tomirlariga mexanik ta`sir ko’rsatadi, ularni egiluvchanligini oshiradi, vestibulyar apparatini qo’zg’atadi, miyadagi qon tomirlarini kengaytiradi. Nafas olish mashqlari, xususan burundan olingan nafas , ularni qon aylanishini o’zgartiradi. Bularni xammasi miyadagi qon aylanishini kuchaytiradi, faoliyatini ko’taradi va aqliy faoliyatini yengillashtiradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling