Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
MPR II bo’yicha monitorlarning ko’rish parametrlarini
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
MPR II bo’yicha monitorlarning ko’rish parametrlarini
tekshirish ro’yxati (Parametrlarga talablar va ularning o’zaro bog’liqligi) Fonnning yoki belgining rangi Ko’rinish diapazonida spektr taqsimotining egri chizig’i iloji boricha ko’proq nuqtalarga ega va to’lqin diapazonning barcha uzunligida bir xilda tarqalgan bo’lishi kerak. Oq rangni honada ilg’ash uchun fon honaning umumiy yoritilganligi bilan muvofiqlashgan, ya`ni yumshoq rangli fon bo’lishi kerak. Oq rang ko’kimtir tus mavjud bo’lgan ekranda yanada sof ko’rinadi. Rangli fon past yoritilganlikda spektrning ko’k yoki ko’kimtir- yashil qismiga suriladi. Ekran yoki kursor yorqinligi Tasvirni qabul qilishda yorqinlik muxim axamiyatga egadir. Negativ tasvirni qabul qilishga, pozitiv tasvirdagidan kamroq yorqinlik ishlatiladi. Maksimal yorqinlik 100 kd/m2 dan oshmasligi kerak. Past yoritilganlikda rangli fon normal yoki balanddagidan spektrning ko’k yoki ko’kimtir- yashil qismiga suriladi. Ko’pgina monitorlarda yorqinlikning sozlanishi aks etuvchi belgilarning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. O’rtacha yorqinlik Negativ tasviri mavjud displeylarda o’rtacha yorqinlik pozitiv tasvir uchun o’rnatilganining 70 %ini tashkil etishi kerak. O’lchov natijalari sinov protokoliga kiritilmaydi va faqat lipillashning kritik chastotasini hisoblashga xizmat qiladi. O’rtacha yorqinlik o’rnatilgan tekshiruv yorqinligiga, aks etishning diffuziya koeffitsientiga, belgi o’lchamiga bog’liqdir. Yorqinlikning bir tekisligi 532 Ekran markazidan uzoqlashgandagi yorqinlik markazdagisining 80 %, maksimali-120 % tashkil etishi kerak. Bu o’zgarishlar xayajonlanish sezilishining boshlanishidan darak beradi. Pozitiv tasvirda yorqinlikni o’zgarishi negativ tasvirdagidan sezilarlidir. Belgilar matritsasining xoxlagan qismidagi yorqinlikning maksimalini normaliga nisbati 1,5:1 dan oshmasligi kerak. Ekrandagi yorqinlikning keskin o’zgarishi ishchi ekranining turli qismlarida turlicha bo’lgan belgi o’lchamlariga, ranglar jilosiga, tashqi, ichki yorqinlik modulyatsiyasiga ta`sir qilishi mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling