Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
Klaviatura. Qo’l va bilak muskullariga ta`sirni kamaytirish va
nisbatan ish sharoitini yaxshilash uchun klaviaturaning konstruktsiyasigi va uni joylashishining ma`lum talablarga rioya qilish kerak. Klaviatura aloxida va ason joylashuvchi qurilma sifatida tayyorlanishi kerak. Ish joyiga jixozlar o’rnatilayotganda ergonomik talablarga muvofiq, monitor klaviatura joylashgan yuzadan yuqorida o’rnatilishi kerak. Klaviaturani stolning old qismidan 100-300 mm, qo’lning bilaklari stolga tiraladigan masofada, yoki aloxida boshqariladigan ishchi yuzaga joylashtirish kerak. Klaviatura deyarli yassi bo’lib, 5 dan 15 gradusgacha egiluvchan burchakli tayanadigan moslamasi bo’lishi kerak. SanQvaM 2.2.2.542-96 muvofiq klaviatura konstruktsiyasi quyidagilarni xam ko’zda tutishi kerak: - klavishalarning o’rta katorining balandligi 30 mm dan ko’p bo’lmasligi; - ko’p va tez-tez ishlatiladigan xarflarni markazda, pastda va ung tarafda, kam ishlatadiganlarini - tepada va ungda joylashtirish; - funktsional guruxdagi klavishalarni rang, o’lcham, shakl va joylashtirish o’rni bilan ajratish; - klavishani minimal o’lchami - 13 mm, optimali - 15 mm; -klavishalarning markazi cho’nqirroq va qadami 19 mm±1mm; - klavishalar orasidagi masofa 3 mm dan kam emas; - barcha klavishalar xarakat bir xil bo’lishiga minimal qarshilik bilan bosilganida bosim 0,25 N, maksimali- - 1,5 N Kreslo va klaviatura shunday joylashishi kerakki, cho’zilishga to’g’ri kelmasin. Tana xolati o’zgarganida, klaviaturani joylashishini xam o’zgartirish kerak. Keyingi paytlarda angliyalik neyrofiziologlar klaviatura bilan ishlash jarayonida bilaklarni surunkali kasallanish sindromini tushuntirishga xarakat ularning fikricha, bunday ish pianino chalishga o’hshashdir va qo’l barmoqlari va bilaklari qo’shimcha zo’riqish talab qiladi. Shuning uchun, klaviaturada uzoq, bir tarzdagi ish davomida qo’lning barmoqdagi asab tomirlarining sezgirligi pasayib ketadi. Buning ustiga, insonga tanasi va boshini xolatining o’zgarishiga yomon ta`sir ko’rsatadi, muvozanatini saqlab turishga qiynaladi, qulog’ida shovqin paydo bo’ladi. Asta-sekin bunday reaktsiyalar yaqqol seziladigan va tez- tez takrorlanadigan bo’la boshlaydi. So’ng sustkashlik boshlanib, qo’l bilaklarida tomir tortishlar bo’ladi, barmoqlarning aniq kordinatsiyasi yo’qoladi. Shunday qilib, muskullarning faoliyatini buzulishi sabab emas, nafaqat asab boshqaruvining, balki extimol chuqur neyrodegenerativ jarayonning buzilish oqibatidir. Shu sababli olimlar shaxsiy kompyuter 506 klaviaturasining konstruktsiyasi bilan mutaxassislarni jiddiy shug’ullanishini tavsiya etadilar. Bunday tavsiyalardan biri bo’lib klavishalarni o’rnatish moslamasini o’zgartirishdir, chunki ularni bosgandagi tebranish asab tomirlarining tugallanayotgan qismida kuchli xayajonlanish rezonatori bo’lib xizmat qilishi mumkin. Avvallardan ma`lumki, barmoqlarni stolga urish yoki ularni massaj qilish diqqatni va xotirani yaxshilaydi, fikrni bir joyga jamlashga imkon beradi. Xaddan tashqari klaviaturani "taqillatish" vaqt o’tgan sari tegishli asab markazlarini batamom tormozlanishiga, sezish ostonasini pasayishiga va asab tomirlarining markaziy asab tizimi bilan aloqasini buzulishiga olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, USOSning ko’pgina turlarini ishlayotgan paytda kaftlar bir-biriga qaraydigan "ikki bo’lakli" klaviaturani qo’llab, oldini olish mumkin. Germaniyada o’tkazilgan qator tekshirishlar, bunday klaviaturadan foydalanilganda, badanning yuqori qismiga og’irlik sezilarli darajada kamayishini ko’rsatdi. Yangi konstruktsiyali klaviatura gorizontalga nisbatan egilgan ikki bo’lakka bo’linadi. Birinchi marta qaralganida, o’ng va chap qo’l uchun ikkita aloxida bo’lakli klaviatura noqulay ko’rinadi. Aslida esa, qo’llarga yanada qulay vaziyatni ta`minlaydi, ya`ni yelkalar bo’shashadi, bilaklar to’g’rilanadi, xarakatlar erkin va tabiiy bo’ladi. Yangi bosqich modellariga Natural Keyboard va Selekt-Ease klaviaturalari kiradi, ularda o’ng va chap gurux klavishalar bir-biriga burchak ostida joylashadi, Ikkala maxsulotda klaviaturani egilishi boshqariladi, bilaklar qo’yish uchun turg’un va yechiladigan moslama mavjud Ergonomic Keyboard klaviaturalarida son va xarf klavishalari ikki guruxga bo’lingan, vertikal bo’ylab to’g’rilangan. klaviaturaning o’rtasiga olingan va shunday joylashtirilganki, ularni bosh barmoqar bilan oson bosishga mo’ljallangan, bilan xarakatga keladi. Asosiy va funktsional klavishalar orasidagi masofa qisqartirilgan. Bu barcha o’zgartirishlar klaviatura bilan uzoq vaqt toliqmay ishlash imkonini beradi DataHand modelli klaviatura qo’llar uchun ikkita plastmassa moslamasidan iborat bo’lib, old tomonida xar bir barmoq uchun guruxlangan klavishalar joylashgandir. Xarf, raqam yoki birorta belgini kiritish uchun kerakli klavishaga barmoqlarni engilgina tegishi kifoyadir. Yangi konstruktsiyadagi klaviaturalarni samarasini aniqlash uchun vaqt kerakdir, shuning uchun kasalliklarni oldini olish va ish faoliyatini saqab qolish uchun xozircha ergonomik qarorlardan tashqari faqat oddiy maslaxatlar o’z kuchida qolmoqda: bir faoliyat turidan 507 ikkinchisiga o’tish, asab-emotsional yengilliklar, profilaktika mashqlari va nihoyat, to’la qonli dam olish va o’z sog’lig’ini nazorat qilish. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling