Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Ko’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta`minlash
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Displey ekranidan tasvir aksini qabul qilish xususiyatlari.
Ko’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta`minlash.
Foydalanuvchining kompyuterda ishlash chog’idagi ko’rish uchun ma`qul bo’lgan sharoit yaratish- eng bosh muammolardan biridir. Kompyuterdan 485 foydalanilganida ishning ma`qul bo’lmagan sharoitidan shikoyatlarda etakchi o’rinni ko’rishning u yoki bu muammolari, birinchi navbatda 1.5-2 soat uzluksiz ishlash natijasida paydo bo’ladigan ko’z charchashi egallaydi. XK bilan sistematik tarzda ishlash natijasida ko’pincha bir- bir yarim yildan so’ng ko’rishning yomonlashuvi ko’zatiladi. Shuning uchun ilmiy maqolalarda, me`yoriy adabiyotlarda, ommaviy nashrlarda ko’z toliqishini oldini olish va yo’qotish muammolariga katta e`tibor berilmoqda. Ko’rish toliqishi profilaktikasi masalalari kompleks bo’lib, birinchi navbatda operatorni ko’rishining qay darajadaligiga, monitor sifatiga, ish joyini tashkil etishga va kompyuterni joylashuviga, ish joyidagi va honadagi yoritilganlik parametrlariga, mexnat qilish va dam olish tartibiga bog’liqdir. Sog’lom ko’rish sharoitini yaratish va ko’z kasalliklarini oldini olishning asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqishni insonning ko’rish apparatini xususiyatlari va va displeyda shakl tasvirini qanday qabul qilishi bilan tanishishdan boshlaymiz. Displey ekranidan tasvir aksini qabul qilish xususiyatlari.Insonning ko’rish tizimi, displey ekranidagi rasmlarni ko’rishga yomon moslashgan ekan. Million yillar mobaynida ular aks etgan yorug’likdagi predmetlarni ko’rishga moslashib kelgan. Va bu evolyutsiya natijasida primat-maymunlar va insonlar mukammal rangli ko’rish xususiyatiga ega bo’lganlar, sariq bananni va zarg’aldoq apelsinni yashil rangli daraxtlar fonida bemalol ajrata oldilar, lekin na banan, na apelsin va yashil burglar yaltillamaydi, ular quyosh nurining aksida ko’rinadilar xolos. Shuni xam eslatib o’tish kerakki, elektromagnit to’lqinlarning 380-760 nm diapazondagi, ya`ni ko’rinadigan spektridagi monoxromatik nurlanishni turli uzunlikdagi to’lqinlariga insonning ko’zi turli xildagi yorug’lik sezgilariga egadir. Infraqizil (> 760 nm) va ultrabinafsha. (< 380 nm) nurlarni inson ko’zi ko’rmaydi. Ko’zning eng yuqori sezgirligi kunduzi quyosh nurlanish xarakteristikasining maksimal spektri (550 nm -bu yashil rang) ga to’g’ri kelib, uzoq vaqt odamzot ko’zining tarqoq quyosh nuriga moslashuvi natijasidir. Elektron-nurli trubkaning paydo bo’lishi insoniyat uchun ulkan muammolar xam keltirib chiqardi, chunki tasvir ekranning yoritilganligi oqibatidir, ya`ni yorug’lik manbai bo’lmish displeyga qarash kerak. Insonning ko’zi yorug’likning intensivligiga ko’z qorachig’ining diametri, xamda to’rpardaning sezgirligi o’zgarib moslashsada, bu juda xam ko’rish uchun og’irdir. Boshqa tarafdan, foydalanuvchi ish jarayonida ekrandan qog’ozga va aksincha nigoxini olib o’tishi kerak, kun davomida ko’zlar 486 yuz, ming marta bir turdagi o’qishdan ikkinchisiga moslashadi, bu o’z yo’lida o’rtacha og’irlikni yuzaga keltiradi. Shuni qayd etish lozimki, qadim zamonlarda paydo bo’lgan yozuvlar insonning kitob o’qishqga va rasmlarni tomosha qilishiga mo’ljallanmagan ko’rish tizimiga zid bo’lgan bo’lsada, fiziologik nuqtai nazardan bananni anglashdan farq qilmaydi. Lekin ekrandan matnni, jadvalni, chizmalarni o’qish, shu narsalarni qog’ozdan o’qishdan nafaqat yorug’lik manbaidan aks etilgan yorug’likka moslashish, balki ko’rish analizatoriga salbiy ta`sir ko’rsatadigan boshqa tomonlari bilan ta`sir ko’rsatadi. Xususan, displeydan foydalanganda, operator butunlay displeyning qanday joylashganiga bog’liqdir, varaqdan axborotni qabul qilishda esa o’quvchi o’ziga mos xolatni oson topa oladi, yana qog’ozdagi matn o’zgarmas bo’lsa, ekrandagisi elektron nurni ekran yuzasida aks etish jarayonida yangilanib turadi. Yangilanishning aytarli kichik chastotasi tasvirni lipillashini yuzaga keltiradi. Nixoyat, monitor operator diqqatini o’ziga uzoq bog’lab qo’yadi, bu esa ko’zning va ko’z ichi muskullarining uzoq vaqt qo’zg’almas xolatda bo’lishiga olib keladi, ular esa doimo dinamik tartibda, xarakatda bo’lishga mushtoq. Bu esa ularni susayishiga olib keladi. Kompyuterda uzoq vaqt ishlash kuchaygan diqqatni talab qiladi, bu foydalanuvchining ko’rish tizimiga ortiqcha yukdir. Ko’rish toliqishi (ko’rish astenopiyasi) rivojlanadi, yaqindan ko’rish, bosh og’rig’i, jizzakilik, asabning toliqishi va stress kasalligining yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Yuqorida keltirilgan displey ekranining xususiyatlari xamda operator ishlashining o’ziga xosligi ko’rish apparatning charchashiga aytarli darajada ta`sir ko’rsatadi. Shuni ta`kidlash darkorki, ko’rish noqulayliklari nafaqat elektron-nurli trubkali, suyuq kristalli va gazrazryadli displeylarda, balki boshqa fizikaviy omillar asosida tayyorlangan displeylarda xam uchrashi mumkin. Bu avvalambor ko’rish parametrlari va ish joyining yorug’lik sharoiti noto’g’ri tanlanganligiga bog’liqdir. Izlanishlarning ko’rsatishicha, displeyning aloxida tanlangan texnik parametrlari na ularda ishlash qulayligini na samaradorligini oshiradi. Ularning yangi davlat standartlariga kirgan optimal va yo’l qo’yilgan qiymatlarigina axamiyatga egadir,ya`ni ko’rish parametrlari va ularda ishlash sharoitlariga qo’yiladagan talablar: yorug’likka, yorug’likning tarqalishiga, kontrastligiga, tasvirning lipillashi va titrashiga, geometrik va noto’g’ri chiziqli buzulishlarga, tashqi yoritilganlikka va x.k. Ko’rish sharoitini yaxshilash muammolarini ta`minlash ko’p jixatdan ko’rsatilgan talablarni bajarishga bog’liqdir. 487 Shuning uchun 36-jadvalda ko’rish parametrlarining me`yoriy qiymatlari berilgan bo’lib, ularga rioya qilish xalqaro me`yorlarga mos keladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling