Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


 Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

 
20.2. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va 
xavfli faktorlar 
 
Kuchaygan ko’rish zo’riqishi. Ortiqcha ekranga qarash uzoqni 
ko’ra olmaslik kasalligiga yo’liqishiga, ko’zni charchashiga, bosh 
og’rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga 
kelishiga olib keladi. VDT foydalanuvchisi ekranning doimo lipillab, 
shakllarni noaniq ko’rinishidan, xamda displey yoritilganligi bilan 
honaning yoritilganligi orasidagi tafovutga tez-tez moslashishidan 
toliqadi. Ma`lumotlarni kiritish paytida boshlang’ich xujjatning sifatini 
yomonligi, farqlovchi ob`ektlarni turli xil masofada joylashganligi 
ko’rishga yomon ta`sir qiladi. Ko’ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning 
atrofi bir tekisda yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug’lik oqimining 
aks etishi hisobiga yorig’ dog’lar paydo bo’lishini zo’raytiradi. 
Shunday qilib, shuni qayd etish mumkinki, displeyni texnik 
xarakteristikalari: ishlash qobiliyati, ravshanligi, kontrastligi, ekranni tez-
tez lipillashi, va tabiiyki, agar qurilmani o’rnatayotganda yoki 
tanlayotganda bularga e`tibor qilinmasa - ko’rish ishlariga juda yomon 
ta`sir qiladi. 
Kuchaygan ko’rish noqulayligi va keyingi ko’rishni buzulishi 
xarflarning grafikasi yomon, shakllarning ravshanligi past, ranglari 
noaniq, ko’zga sezilarli lipillash va qaltirash va x.k bo’lgan eski 
videoterminallardan foydalanganda paydo bo’ladi. 
Hisoblash texnikasi operatorining ko’rishiga salbiy ta`sir 
ko’rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagi 
shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq kontrasti 
yetarlicha bo’lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, xamda 
displey yuzasidan qaytgan nurni aks etishini ajratish joizdir. Bundan 


459 
tashqari, ko’rish juda yorug’ displey ekranidan kamroq yoritilgan 
klaviaturaga, xujjatlarga nigoxni tez-tez o’tib turishi natijasida qattiq 
aziyat chekadi va boshqa sabablar bilan birgalikda ko’zning toliqishi - 
astenopiyasiga olib keladi. Shunday fikr mavjudki, "displey astenopiyasi" 
paydo bo’lishining yetakchi faktori- ekrandagi shakllarning o’ziga xosligi, 
xususan qog’ozdagi matnni shakllaridan farqlanishi tufayli yuzaga keladi. 
Elektron-nurli trubkali ekrandagi shakl qog’ozdagi matnlar shaklidan bir 
qator alomatlar bilan farqanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas, 
chunki u diskret nuqtalar- piksellardan iborat, u lipillaydi, chunki bu 
nuqtalar ma`lum chastotalarda yonadi va o’chadi. 
Ko’rish toliqishining 
muxim 
faktorlaridan biri-kompyuter 
joylashgan hona va ish joyining yoritilganligidir. VDT bilan ishlaganda 
yorug’lik muhiti xarakteristikalari ko’pincha umumiy kamchiliklarga 
egadir: ko’rish chegarasida ko’plab to’g’ri va qaytar yorqinliklar 
(ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo’lishi, 
ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritilganlik darajasining 
pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni honadagi yorug’lik manbaiga 
nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va ko’rish organlarining 
operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar 
ximoyasi yo’qligiga bog’liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar 
ko’rish simptomlarini (ko’z oldini xiralashuvi, predmetlarni shakl 
ko’rinishini noaniqligi, ular rangini o’zgarishi va (boshqalar) va ko’z 
simptomlarini (ko’z charchaganini xis etish, ulardagi xaroratining 
oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo bo’lishi va boshqalar) aks 
etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko’rish analizatorining barcha 
bo’g’inlaridagi funksiyalarning, ya`ni ko’zning muskul apparati 
(akkomodatsiyaga va konvergentsiyaga javob beruvchi) zo’riqishi bilan 
birgalikda ko’z to’r pardasi elementlarida ko’rish organining optimal 
ishlashini ta`minlovchi (yorug’likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) 
biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi. 
Ob`ektiv izlanishlar ko’rishning asosiy funksiyalari (rangni ajrata 
bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-33 % 
va boshqalar) yomonlashgani, hamda sezilarli darajada ishlash qobiliyati 
va diqqatining pasayishini tasdiqaydi. Maxsus apparatura yordamida 
o’tkazilgan izlanishlar shuni 
ko’rsatdiki, operatorlarda aniq ko’rish turg’unligi, ko’rish 
analizatorining elektr sezuvchanligi va labilligi (xarakatchanligi), ko’rish 
o’tkirligi va moslashuvi pasayadi, shuningdek ko’z muskullarining 
muvozanati bo’ziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni 


460 
ko’rishi yomonlashuvidan aziyat chekib, ko’zoynakdan foydalanishiga 
olib keladi. 
Mamlakatimizning ba`zi bir regionlarida o’rta maktabni 
tugatayotganlar ichida uzoqni ko’ra olmaydiganlari 30 % (ba`zi sinflarda 
40-50 %) ga yaqinlashib qoldi. Agar o’z vaqtida kerakli chora-tadbirlar 
ko’rilmasa, yomonligi profilaktikani tufayli kompyuter texnikasini 
samarali joriy qilish mavjud epidemiologik sharoitida uzoqni ko’ra 
olmaslikni yanada kuchaytiradi. 
1993- 1994 yillarda Yaponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10-
14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko’zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib 
ularni soni 40 % yetar ekan.Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda 
konyuktivit va blefarit bilan og’riganlar soni, bular bilan 
ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. Yana shu vaziyat 
ogoxlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga 
olib kelishi mumkin. Xususan ko’z gavxarini ichi xiralashuvchi oddiy 
kataraktadan farqli o’laroq, kompyuter nurlanishidanm paydo 
bo’ladiganida ko’z gavxarini qobig’i xiralashadi. Ba`zida bu kasallik 
displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin xam paydo bo’lishi mumkin. 
Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muxim xususiyati 
shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko’zning nurini 
yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning ko’pgina izlanishlari 
nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki havorang-binafsha yorug’likning 
ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini xiralashuviga olib kelishini 
ta`kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z to’rpardasining turli shakllarni aniqligini 
yomonlashtiradi. 
Ko’rish jarayonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok etishini 
nazardan qochirmaslik kerak. Ko’rishning tashqi juft organi (ko’zlar) - 
uncha mukammal optik asbob bo’lmay, ko’z to’rpardasiga predmetlar 
shaklini bo’zib ko’rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag’darib "uzatadi". 
Shundan so’ng ko’z to’rpardasidan tushirilgan shakl bizning miyamizda 
qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 gradusga ag’dariladi, undagi 
geometrik noaniqliklar tekislanadi. Albatta, ko’z to’rpardasida 
boshlang’ich shakl qanchalik aniq bo’lsa, uni qayta ishlash miyaga 
shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq 
doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi. 
Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali 
chorasidan biri havorang-binafsha yorug’likning ortiqchaligidan, ko’z 
to’rpardasida shakllarning aniqligini oshirish bilan birgalikda 
ximoyalashdir. 


461 
Bioenergetiklarning fikricha, XKda ishlaganda agar ko’rish 
organlariga ortiqcha og’irlik tushsa, og’irlikdan ximoyalanish, bu 
organning korrektsiyasi va davolanishi boshqa organlarning energiyasi 
hisobiga amalga oshadi, u esa yurakda, buyrakda, bosh miyada, asab 
tizimida, ichak-me`da traktida og’irlikning oshishiga olib keladi. Inson 
organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda 
qanchalik uzoq vaqt ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh 
ogriqlari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling