561
Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda
OITS bilan kasallangan shaxslar o`zlariga insoniy munosabatda bo`linishi,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam
ko`rsatilishi va ijtimoiy ta`minlanish huquqiga egadirlar.
O`n olti yoshga to`lmagan shaxslar qar oyda eng kam oylik ish haqi
miqdorida davlat nafaqasini olish va O`zbekiston
Respublikasi qonun
hujjatlarida nogiron bolalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish
huquqiga egadirlar.
OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor bo`lgan bolalarning
ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)
yosh bolalari bilan birga
statsionarda bo`lish hamda shu paytda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda ishdan
ozod bo`lib turish huquqiga egadirlar.
10-modda. OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor
bo`lgan bemorlar huquqlarining kafolatlari
OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor bo`lgan
bemorlarda
OIV kasalligi/OITS mavjudligiga asoslanib, ular bilan mehnat
shartnomasini
bekor qilish, ularni ishga qabul qilishdan (O`zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi belgilagan ro`yxatdagi ayrim
kasbiy faoliyat turlari bundan mustasno), ta`lim muassasalariga hamda
tibbiy yordam ko`rsatuvchi muassasalarga
qabul qilishdan bosh tortish,
hamda ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi
shuningdek ular oila a`zolarining
turar joy huquqlari, boshqa huquq va
qonuniy manfaatlarini cheklash taqiqlanadi.
11-modda. O`z xizmat vazifalarini bajarayotganda odamning
immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqishi xavfi ostida bo`lgan
tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish
OIV kasalligi/OITSga duchor bo`lgan bemorlarni davolash-tashxis
qo`yish va profilaktika ishlarida, ularga xizmat ko`rsatishda band bo`lgan,
OIV kasalligi/OITS o`chog’ida epidemiyaga qarshi tadbirlarni
ta`minlaydigan shaxslarga qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan imtiyozlar
beriladi.
Tibbiyot xodimlari hamda sog’liqni saqlashning boshqa xodimlariga
ular xizmat vazifalarini ado etishi chog’ida OIV kasalligi/OITS yuqsa, bu
- kasbiy kasalliklar toifasiga kiradi.