5-modda.OIV kasalligi/OITSning oldini olish bo`yicha faoliyatni
moliyalash
OIV kasalligi/OITSning oldini olishga doir faoliyat davlat byudjeti
mablag’lari, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy
badallari, boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
6-modda.OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlarning aniqlanishi
oqibatlari
O`zbekiston
Respublikasi
fuqarolarida
OIV
kasalligi/OITS
aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va
to`qimalarning
donori
bo`la
olmaydilar.
OIV
kasalligi/OITSni
yuqtirganlar tibbiy kuzatuv ostida bo`lishlari shart.
O`zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo`lmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasidan
chiqarilib yuborilishlari mumkin.
7-modda.OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlik uchun javobgarlik
Bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi
ostida holdirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish, shuningdek
shaxsning kasb yuzasidan o`z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni
yuqtirishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi.
8-modda.OIV kasalligi/OITS yuqqan shaxslarning sog’lig’iga
etkazilgan zararning o`rnini qoplash
Shaxsning kasb yuzasidan o`z vazifalarini bajarmaganligi yoki
lozim darajada bajarmaganligi oqibatida OIV kasalligi/OITS yuqqan
shaxslarning sog’lig’iga etkazilgan zararning o`rnini qoplash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarar o`rnining
qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod
etmaydi.
9-modda.OIV kasalligi/OITS bilan kasallangan shaxslarning
Do'stlaringiz bilan baham: |