26-modda.Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxslar
hayoti va sog’lig’iga etkazilgan zararni qoplash
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka
qarshi operatsiya o`tkazishda halok bo`lgan taqdirda halok bo`lgan
shaxsning oila a`zolariga hamda uning qaramog’idagi shaxslarga qonun
hujjatlariga muvofiq bir yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi hamda
boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka
qarshi operatsiya o`tkazishda mayib bo`lgan va bu uning mehnat
layoqatini yo`qotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda unga bir
yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq
nogironlik pensiyasi tayinlanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etgan shaxs terrorchilikka
qarshi operatsiya o`tkazishda yarador bo`lgan taqdirda bu uning mehnat
layoqatini yo`qotishiga olib kelmasa, unga qonun hujjatlariga muvofiq bir
yo`la beriladigan nafaqa to`lanadi.
27-modda. Ko`p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash
Terrorizmga qarshi kurashni bevosita amalga oshirayotgan
bo`linmalarda xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilarga hamda davlat
organlarining xodimlariga pensiya tayinlashda xizmatning bir kuni ikki
kunga, terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazishda ishtirok etgan davrda
xizmatning bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazishda ishtirok etishga jalb
qilingan mutaxassislar va boshqa shaxslarga pensiya tayinlashda mazkur
operatsiyada ishtirok etishning qar bir kuni uch kunga hisoblanadi.
ko`p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
VI. TERRORCHILIK FAOLIYATIDA ISHTIROK
ЭTGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARSHI KURASH
TO`QRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN
JAVOBGARLIK
585
Do'stlaringiz bilan baham: |