645
maydonchalarning har biri alohida xavfli ishlab chiqarish obyekti sifatida
qaraladi.
12. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashning
to`liqligi va ishonchliligi printsipi xavfli ishlab
chiqarish obyektlaridan
foydalanayotgan tashkilot tarkibida har bir xavfli ishlab chiqarish
obyektining xavfi va tipining barcha belgilari
aniqlanishini va sanoat
xavfsizligi ekspertizasi xulosasida aks ettirilishini anglatadi.
13. Mustaqillik printsipi xavfli ishlab chiqarish obyektining bir tipi
uchun xarakterli bo`lgan xavflilikning bir necha belgilariga ega bo`lgan
obyekt uchun eng kam sug’urta summasi miqdori ko`rsatib o`tilgan
belgilar soniga bog’liq bo`lmasligini anglatadi.
14. Kamroq xavfli tipning xavfliroq tip bilan yutilishi printsipi agar
obyekt turli tiplarga mansub bo`lgan xavflilikning bir necha belgilarga ega
bo`lsa, u holda eng xavfli tipga mansubligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: