Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. Mirziyoev
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. UMUMIY QOIDALAR
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. Mirziyoev
640 Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-son qaroriga 1-ILOVA Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to`g’risida NIZOM I. Umumiy qoidalar II. Ushbu Nizomda foydalaniladigan terminlar va ta`riflar III. Obyektlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasi va tiplariga kiritishning asosiy mezonlari IV. Identifikatsiyalashning asosiy printsiplari V. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi 1-ilova. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash Varaqasi 2-ilova. Xavfli moddalar sonining cheklangan Me`yorlari I. UMUMIY QOIDALAR 1. Ushbu Nizom "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta`minlash to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, printsiplari va shartlarini belgilaydi. 2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash xavfli 641 ishlab chiqarish obyektlarini Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reestrida hisobga olish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish maqsadida amalga oshiriladi. 3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilot yoki ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash faqat ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 4. Identifikatsiyalash obyektlarni Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reestrida hisobga olish uchun asos hisoblanadi. 5. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash to`g’riligi uchun javobgarlik identifikatsiyalashni amalga oshiradigan tashkilotga yuklanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling