Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

17-modda. 
Xavfli 
ishlab 
chiqarish 
ob`ektidagi 
avariya 
sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo`yicha davlat komissiyasini 


634 
tuzish 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda 
va tartibda xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirish bo`yicha davlat komissiyasi tuziladi. 
18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan 
ishlab chiqarish nazorati 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot 
belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab 
chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shaрt. 
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish 
nazoratining tashkil qilinishi to`g’risidagi ma`lumotlar maxsus vakolatli 
davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlariga 
muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlariga taqdim 
etiladi. 
19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi 
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob`ektlaridagi 
avariyalardan muhofaza qilishni ta`minlash hamda davlat organlarini, 
fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini va aholini sanoat 
xavfsizligining holati to`g’risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab 
chiqarish 
ob`ektidan 
foydalanuvchi 
tashkilot 
sanoat 
xavfsizligi 
deklaratsiyasini ishlab chiqadi. 
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va 
to`rtinchi xatboshilarida ko`rsatilgan xavfli moddalar O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori 
normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan
foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, 
tashiladigan, yo`q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari uchun 
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi 
avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli 
ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning 
kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga 
tayyorligini ta`minlash yuzasidan ko`rilgаn choralarning qay darajada 
etarli ekanligining taqlilini o`z ichiga olishi kerak. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob`ektini 
qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, 


635 
konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab 
chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot 
rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanish bilan bog’liq 
faoliyatga litsenziya olish uchun murojaaт qilingan, sanoat xavfsizligi 
deklaratsiyasidagi ma`lumotlar o`zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari 
o`zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi 
yoki u yangidan ishlab chiqiladi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilotning 
sanoat 
xavfsizлиги 
deklaratsiyasini 
tasdiqlagan 
rahbari 
undagi 
ma`lumotlarning to`liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda 
javobgar bo`ladi. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, 
jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling