Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga oid
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishga oid
sanoat xavfsizligi talablari Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot: sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko`rsatilgan talablarga rioya etishi; xavfli ishlab chiqarish ob`ekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to`ldirilishinи ta`minlashi; xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko`rsatilgan ishgа tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo`yishi; xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o`tkazilishini ta`minlashi; ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va 630 tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo`lishi hamda ishlashini ta`minlashi; ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o`tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob`ektida qo`llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o`tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko`rsatmasiga binoan ta`minlashi; begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish ob`ektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi; xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta`minlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi; maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko`rsatmalarini bajarishi; avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanishni to`xtatib turishi; xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko`rishi; xavfli ishlab chiqarish ob`ektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko`rishi; maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya to`g’risida o`z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi; avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari xodimlarining hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish choralarini ko`rishi; xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling