Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

6-modda. 
Xavfli 
ishlab 
chiqarish 
ob`ektidagi 
avariya 
sabablarini texnik jihatdan tekshirish 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi har bir avariyaning vujudga 
kelishi fakti bo`yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus 
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o`tkaziladi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirish mахсус vakolatli davlat organining vakili boshchilik 
qiladigan komissiya tomonidan o`tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga 
quyidagilar kiritiladi: 
hududida xavfli ishlab chi?arish ob`ekti joylashgan mahalliy davlat 
hokimiyati organi vakillari; 
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, 
loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug’urta, uskunalarni tayyorlash 
sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va 
mutaxassislarni jalb etishi mumkin. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot va uning 
xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o`z 
vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini 
texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o`z vakolatlarini amalga 
oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda 
avariya sabablari va holatlari, etkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi 
talablarining yo`l qo`yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish ob`ektidan 
foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo`l qo`ygan xodimlari, 
avariyaning kengayib ketishiga yo`l qo`ymaslik va uning oqibatlarini 
tugatish uchun ko`rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini 
olishga qaratilgan takliflar ko`rsatiladi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chi?arish 
ob`ektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling