632
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi
ustidan davlat nazorati
sanoat xavfsizligi talablarining xavfli ishlab chiqarish ob`ektlaridan
foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tekshirish maqsadida
amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq
sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo`lgan
boshqa davlat
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida qo`llaniladigan
texnika qurilmalarini sertifikatlashtirish
Xavfli ishlab chiqarish ob`ektida qo`llaniladigan texnika qurilmalari
sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi jihatidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi kerak.
14-modda. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim
turlarini litsenziyalash
Sanoat
xavfsizligi
sohasidagi
faoliyatning
ayrim
turlarini
litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza ob`ektining unga nisbatan
qo`yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan
o`tkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish ob`ektini qurish,
kengaytirish, qayta qurish,
texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash
va tugatishga doir
loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish ob`ektida qo`llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish ob`ektidagi
binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va
xavfli ishlab chiqarish
ob`ektidan foydalanish bilan bog’liq boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o`tkazish uchun belgilangan
tartibda akkreditatsiyaga ega bo`lgаn tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish
ob`ektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo`ljallayotgan
tashkilot mablag’lari hisobidan o`tkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish tartibi va
ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishgа nisbatan qo`yiladigan talablar
633
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: