Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. OBYEKTLARNI XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARI KATEGORIYASI VA TIPLARIGA KIRITISHNING ASOSIY MEZONLARI
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi - xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida shaxs va jamiyatning avariyalar va noxush hodisalardan va ularning oqibatlaridan hayotiy muhim manfaatlari himoyalanganligi holati. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi - ekspertiza obyektining unga qo`yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash. Ekspert tashkiloti - belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilot. III. OBYEKTLARNI XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARI KATEGORIYASI VA TIPLARIGA KIRITISHNING ASOSIY MEZONLARI 6. "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga quyidagi xavfli moddalar: 1) portlash-yong’in xavfi bo`lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan moddalar; tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta`sir qilish darajasiga ko`ra I, II va III xavflilik darajalariga (o`ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o`rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; muayyan turdagi tashqi ta`sir chog’ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o`z-o`zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o`zgaruvchan portlovchi moddalar; inson sog’lig’i va atrof muhit uchun xavfli kontsentratsiyali moddalar mavjud bo`lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan 643 suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) ko`chmas asosga o`rnatilgan yuk ko`tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo`llar, funikulyorlardan (tog’ temir yo`llaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek er osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning tsexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi. 7. Obyektni xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritish obyektning xavfliligi belgilarini aniqlash asosida uni identifikatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi. Obyektni ushbu Nizomning 6-bandi 2 va 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan belgilar bo`yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari kategoriyasiga kiritishda xavfsizlikning tegishli qoidalariga muvofiq ham "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasida ro`yxatdan o`tkaziladigan, ham ro`yxatdan o`tkazilmaydigan texnika qurilmalari va inshootlar hisobga olinadi. 8. Xavflilik darajasi bo`yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari quyidagi tiplarga bo`linadi: birinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko`rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me`yoriga teng bo`lgan yoki undan ortiq bo`lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q qilinadigan yuqori xavflilik darajasidagi obyektlar; ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - birinchi tipga tegishli bo`lmagan, ushbu Nizomga ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko`rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me`yoridan kam bo`lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo`q qilinadigan obyektlar; uchinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari - obyektlarning birinchi va ikkinchi tiplariga tegishli bo`lmagan, ushbu Nizomning 6- bandi 2 - 5-kichik bandlarida ko`rsatilgan xavflilik belgilariga ega bo`lgan obyektlar. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi xavfli ishlab chiqarish 644 obyektlarini identifikatsiyalashda aniqlanadi. 9. Birinchi va ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga oshiradi: 2-ilovaning 1-jadvalida ko`rsatilmagan xavfli moddalar uchun 2- ilovaning 2-jadvali moddalari qo`llaniladi; agar xavfli ishlab chiqarish obyektlari o`rtasidagi masofa 500 metrdan kamni tashkil etsa, xavfli moddaning jami miqdori hisobga olinadi; agar ayni bir kategoriyadagi xavfli moddalarning bir nechta turlari qo`llanilsa, ularning jami boshlang’ich (cheklangan) miqdori n m(i) / M(i)>1 i=1 sharti bilan aniqlanadi, bunda m (i) - qo`llaniladigan modda miqdori; M (i) - barcha 1 dan n gacha uchun 2-ilovaning 1 va 2-jadvallariga muvofiq ayni bir moddaning boshlang’ich (cheklangan miqdori). Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling