Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Attestatsiya yakunlovchi bosqichi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Attestatsiya yakunlovchi bosqichi - bu ish joylaridan olingan 
natijalarni taxlil qilish. U ikki yo`nalishäa o`tqaziladi: 
a) sonli yo`nalishda ish joylarini haqiqiy ishchilar sonini aniqlash. 
haqiqiy ishchilar soni aniqlangandan keyie quydagilar aniqlanadi: 
umumiy ish joylar soni; 
kasb bo`yicha ish joylari; 
ishlab chiqarish turi bo`yicha; 
ish uchlari ta`minlangan ish joylari; 
b) sifat yo`nalishi bo`yicha - bu yo`nalishda ortiqcha va ish 
bilan ta`minlanmagan ish joylari aniqlanadi.
Maqsad - ish joylari korxonaga qay darajada zarurligini 
aniqlash. 
XXI bob. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ASOSLARI 
1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi 
tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga 
qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat 
muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi 
darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan key in 1990-yil iyulda 
Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib 
kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga 
"Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish 
haqida bu\ruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi 
o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha 
ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning 
o’zida HFX fani yangi predmetdir. u ma’lum qoidalarning mexanik 
ravishda o'qitilishi emasdir. 
Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining 
maqsadi turadi. 
Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari bilan 
qiziqadi, fuqaro muhofazasi esa uning favqulodda holatlari bilan qiziqadi 
va o'rganadi. 
HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan 
qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi 


405 
va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq 
vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi. 
HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi. 
Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor 
"Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan 
edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati 
jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy 
aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi. 
Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni 
faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan 
barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun, 
xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi. 
Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan 
olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning 
yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak. 
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, 
jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot 
sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga 
oladi. 
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan 
tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta 
aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy 
dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «inson-
muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka 
erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf 
qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar 
insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. 
Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab 
qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. 
Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va 
talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni 
tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni 
barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq 
xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa 
qo'shadi. 
Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib,


406 
u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-
to'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish 
qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi. 
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni 
ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi 
ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab 
chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini 
hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologic aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni, hamda ishni hayot faoliyati sharoitiga javob 
bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi.
Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar deyiladi. Identiflkatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish 
uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish 
ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash
o’chamlar aniqlanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini 
xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan 
oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. 
Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil 
og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan 
kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.
Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni 
baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy
ko’rsatkichlaridir.
Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning
logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. 
Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u 
ko'p sabablidir.
Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga 
va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar 
(katastrofalar) va boshqalar. Bu ko'ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi 
hodisa, ta'sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflir yashirin 
(potensial) va real turlarga ajratiladi. 
Xavflar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir: Hayotga tahlika
sog'liqqa zarar, inson a'zolari ishlashining qiyinlashishidir. 
Potensial xavf amalga oshishi uchun sabablar deb ataluvchi 
sharoitlar zarur. Endi xavf va uning oqibatini xarakterlovchi ayrim 
ma’lumotlarni keltiramiz. Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib 
bormoqda, u 1990 yilda 1960- yilga nisbatan ikki marta oshdi. 
Butun dunyo sog'liqni saqlash jamiyatining ma'lumoti bo'yicha dunyoda 1909 -yildan 1974- yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta ko'paygan, 
dunyoda 500 millionga yaqin nogiron bo'lib, ularning bar 1/5- baxtsiz 
hodisa natijasida sodir bo'lgan. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida har yili 19 milliongacha kishi 


407 
jarohatlanadi, 500 ming kishi halok bo'ladi, shundan 50-60 ming kishi 
yo’l-transport hodisasida, 10 mingi - yong'inda, va 14 mingi bevosita 
ishlab chiqarishda sodir bo'ladi.
MDH da har yili 30 mingga yaqin kishi mehnat nogironi bo'ladi. Respublika Makroiqsodiyot vazirligining ma’lumotlariga ko'ra, 1989-
yildan boshlab jarohatlanish darajasi turli mamlakatlar bo'yicha foizga 
oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko'rsatkich 11-19% va undan ham 
yuqori bolmoqda. Bir yilda har 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'lim bilan 
tugagan baxtsiz hodisalar quyidagi 28-jadvalda keltirilgan. Tajriba shuni 
ko'rsatadiki, har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish 
aksiomal xarakterga egadir va bir vaqtning o'zida tan olinadiki, xavf 
(tavakkal) darajasini boshqarsa bo’ladi, ya'ni kamaytirsa bo’ladi. Bu
tasdiqlanish ma'qul bo'lgan tavakkal konsepsiyasiga olib keladi
va bu mutlaq xavfsizlikka erishib bo'lmasligini tushunishga 
asoslanadi.
Bir yilda bar 1000 ta kishiga to'g'ri kelgan o'limlar sonining 
taqqoslash ma'lumot ko'rsatkichlari Sharqiy Yevropa Davlatlar MDH 
G'arbiy Yevropa

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling