Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
451 XX bob. VIDEOTERMINALLARDAGI XAVFSIZLIK MUAMMOLARI Yigirmanchi asr inson faoliyatining ulkan yutuqlari bilan nishonlandi, atomning bo’linishi va atom energiyasidan foydalanish, insonning kosmosga chiqishiyu, turli sayyoralarni chuqur o’rganish, yurak va miyada noyob operatsiyalar qilish. Lekin XX asrning ikkinchi yarmini xaqli ravishda kompyuter asri deb atash joizdir, chunki behisob imkoniyatga ega kompyuter texnikasisiz ulkan yutuEqlarni qulga kiritishni, umuman kompyuter ishtirokisiz xech qanday soxani tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin ular ba’zi bir insonlar uchun xatto yashash joyigina bo’lib qolmay, balki kompyuter ekrani oldida o’z o’limini topayotgan aloxida virtual dunyoga aylandi. Kompyuter avvalboshdan xuddi shu maqsad uchun, ya’ni insonlarni va texnikani yo’qotish uchun yaratildi. Birinchi elektron hisoblash mashinasi (EXM) Pensilvaniya universitetida ikkinchi jaxon urushi tugashi bilanok; AQSH xarbiy maxkamasi mablag’iga yaratilib, artilleriya snaryadlarining uchish traektoriyasini hisoblashga mo’ljallangan edi. Bu baxaybat mashinaning og’irligi 50 tonnaga yaqin bo’lib, bir paytni o’zida 20 ta sonni eslab qolar edi. O’sha davr uchun bu mashina, yaratilishiga bir yarim yil va 480 ming dollar sarf bo’lganiga qaramay, texnika mo’jizasi edi. Bu mashina 12 soat talab qiladigan masalalarni 30 sekundda "chaqib" 452 tashlar edi. Lekin hisoblash texnikasini takomillashtirish ildam qadamlar bilan borardi va 1975 yil birinchi xususiy kompyuter paydo bo’ldi. Xozirgi paytda o’zining ixchamligi, ulkan imkoniyatlari va xotirasi, fenominal hisoblash tezligi bilan inson faoliyatining turli soxalarida ishonchli yordamchiga ailandi. Xatto yaqin orada o’zining yaratuvchisi bo’lgan insondan 16 milliard neyronlarning o’zaro aloqasiga asoslangan miyasining fikrlashi borasida o’zib ketishi mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, ishlab chiqarishda ilk bora EXM afzalliklarini turli yo’nalishda ishlovchi operatorlar (energotizim, aerodispetcherlar, marten pechlari operatorlari, uchuvchilar) xis etdilar. Ular videoterminallar (VDT) - axborotlarni aks ettiruvchi monitor ekranlari yordamida ko’zatilayotgan obekt xolati yoki texnologiya va boshqa jarayonlarning o’tishi xaqida, nazoratdagi va boshqaruvdagi parametrlarning dinamikasini ko’rish kabi to’laqonli tasavvurga ega bo’ldilar. Ijod bilan mashg’ul shaxslar uchun turli ilmiy, texnikaviy, evristik masalalarini qo’yish va xal qilish, turli intellektual va kompyuter o’yinlarini yaratish imkonini berdi, bu o’yinlar nafaqat bolalarni, xatto kattalarni xam jalb qilib, o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga xam zarar keltira boshladi, taxminan 30 % mashina vaqti muassasalarda turli xil kompyuter o’yinlariga sarf bo’la boshladi. Shuning uchun AQSH 1994 yil davlat ishlarida jalb bo’lgan xodimlarga ish paytida o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishni taqiqlovchi qaror qabul qildi. Kompyuterlar operator, iqtisodchi, redaktor, boshqarma xodimi, deputat va xatto prezidentlarning ishlarida sodiq yordamchiga aylandi (67- yoshli Djordj Bush 1991 yili "O’qish xech qachon kech emas" deb, o’zi uchun yangi ish bo’lgan Oq uyning Oval honasiga o’rnatilgan xususiy kompyuter klaviaturasiga o’tirdi), (Kompyuterlar kundalik xayotga shaxdam kirib keldi, millionlab insonlarning ishida, uyidagi turmush tarzini butkul o’zgartirib yubordi, bu o’z yo’lida kompyuterlarni inson xayotiga turlicha ta`siri bir qator betobliklarning sababchisi bo’lib, xozir xam tibbiyot hodimlarni, sotsiolog va boshqa mutaxassislarning e`tiborini jalb qilib kelayapti, ya`ni keng ma`noda ijtimoiy muammoga aylanib, hisoblash texnikasi foydalanuvchisining sog’ligiga ta`sir etmoqda. Bu ta`sir ancha oldin kundalik hayotda mustahkam o’rin olgan davlatlarda paydo bo’ldi. Chet el ko’rsatkichlarga ko’ra 1998 yili AQSH da 100 kishiga 57 ta ( 1995Y.- 48) kompyuter to’g’ri kelgan bo’lsa, Shveytsariyada - 48 (43), Shvetsiyada - 43 (34), Finlyandiyada - 31 (24), Fransiyada - 24 (18)q, Italiyada - 14 (11), Ispaniyada - 12 (11) bo’lib, 453 O’zbekistan Respublikasida xozirgi paytda xususiy elektron-hisoblash mashinalar xar turli hisoblar asosida 50-60 ming donani tashkil etadi. Shunga qaramay, kompyuterlar bizning turmush tarzimizga xam ildam kirib keldi. Kompyuter davrining "suvosti toshlari" xaqida dasturchi- muxandis E. Golomolzin" Sankt-Peterburgski vedomosti" jurnalida qiziqarli fikrlarni bayon etdi. Uning fikricha, umumiy kompyuterlashtirish o’z ichiga bir necha kamchiliklarni oladi, ulardan birinchisi, qanchalik xayratli bo’lmasin, axborotni kirishning shyinlashuvidir. Agar ilgari biror axborotni olish uchun kitobni olib, kerakli betini o’qish kifoya bo’lsa, xozir kerakli axborotni magnit yozuvidan tushuna oluvchi tovushga, matnga, shaklga keltira oladigan tarjimon-kompyuter darkor bo’lib, tarjimon yo’qligi axborotga ega bo’lishdan maxrum etadi. Yana bir xavf bu texnikaning tashqi ta`sirlarga (elektr toki, kuchlanishning o’zgarishiga) beriluvchanligi bo’lib, kuchli tabiiy yoki sun`iy elektromagnit maydoni ta`sirida axborotlarni butkul o’chib ketishidir Ta`sirchan, asabi bo’sh insonlarda kompyuter bilan muloqot xuddi narkotik singari bog’lab qo’yadi. Ko’pgina o’rta yosh ayollar, kundalik hayot qiyinchiliklaridan chalg’ish maqsadida navbatdagi lotin amerika seriallarini berishini kutishi, televidenieni dasturlariga bog’langanliklari bilan, ular passiv ko’zatuvchi bo’lib, aktivligini oshirish televidenieni boshqa dasturiga yoki kanaliga o’tishi bilan kifoyalanadi. Kompyuter bilan muloqot esa butkul o’zgacha bo’lib, foydalanuvchi ekrandagi xayotga bevosita kira oladi, uni boshqaradi, jarayonni o’zgartiradi, qaror qabul qilishga aralashadi, ya`ni shu reallikda yashaydi, Virtual Xayot imkoniyatlari realdagidan ancha keng bo’lganligi (kosmik sayoxatlar qilishi, katta tezlikda avtomobilda yurishi, shu bilan birga xech qanday jaroxat olmaslik kafolati) o’z domiga maksimal darajada tortadi, unga qayta-qayta murojaat etishga undaydi. Aralashib ketolmaydigan insonlar uchun kompyuter tarmog’i muloqot extiyojini qondiruvchi deyarli yagona imkoniyatga aylandi. Elektron "narkotik”ka bog’lanib qolishdan boshqa yana bir noxushlik mavjuddir. Ko’pgia izlanishlar shuni ko’rsatdiki, kompyuter o’yinlarini an`anaviy o’yinlardan ustun qo’ygan bolalar tasavvur qilish, fikrlash, qiziquvchanlik kabi sifatlarning rivojida orqada qolib, o’rniga faqat tez ta`sirchanliknigina olayapti. Kompyuter texnikasining o’ziga xosligiga yana bir muloxaza. Agar avvalgi texnika yangiliklari: telefon, avtomobil, samolyot insonga faqat mexanik qo’shimcha bo’lgan bo’lsa, kompyuter esa insonni mashinadan ustun quyuvchi ongiga ta`sir ko’rsatmoqda Shu sababli taniqli amerika 454 fantast yozuvchisi Ayzek Azimov robototexnika qonunining ma`nosini shu uch jumlada "Insonga zarar keltirma" deb ifodalaydi. Kompyuterlarni xayotimizga kirishining ijtimoiy va boshqa aspektlarida yana to’xtamasdan, "qora qutidan" bilmay foydalanish, afsuski ko’plab xavf-xatarlarni o’z ichiga qamrab olganligini qayd etish joizdir. Xar qanday xodisa: tabiiy yoki texnogen, ijtimoiy yoki sun`iy – o’zida avval boshdan ijobiy va salbiy asosga ega bo’ladi. Inson faoliyatining turli soxalariga kirib kelgan kompyuterlashtirish xaqiqiy ilmiy-texnik revolyutsiya bo’lib, ijobiy taraflari bilan bir qatorda xar qanday ilmiy-texnik progress kabi inson sog’ligiga va yashash muhitiga xam salbiy ta`sir ko’rsatadi. Videoterminallar bilan ishlaganda bu ta`sir ko’rishni yomonlashuvida, tayanch-xarakat tizimini kasallanishida, xomiladorlik jarayonining yomon kechuvida, teri kasalliklarida, allergik reaktsiyalarda, asab kasalliklarida namoyon bo’ladi. Hisoblash texnikasidan ishlab chiqarishda va boshqa faoliyat soxalaridagi foydalanish afzalliklarini bir chekkaga surib, bu kitobda kompyuterdan keng foydalangandagi negativ oqibatlar aloxida foydalanuvchi va personalning ishlash qobiliyatiga va salomatligiga ta`siri, xamda ularni profilaktikasi va ximoyasi uchun zarur chora-tadbirlar taklif etiladi. Shu maqsadda Videoterminallar bilan ishlaganda nafaqat kompyuterning, balki ishlab chiqarish muhitining o’ziga xos zararli va xavfli faktorlarining o’zgacha xususiyatlari taxlil qilinadi. Bu faktorlarning ta`sirini chegaralovchi me`yoriy talablarga, ish joyini tashkil etishga, mexnat va dam olish tartibini yaxshilashga, asbob-uskunalar parametrlarining ergonomik talablariga, o’lchov usullariga, atrof-muhit va monitorlarning parametrlarini baxolashga va x.k.ga asosiy e`tiborni qaratamiz. Bu va boshqa savollar bayonini chet el nashrlarining ma`lumotlarini umumlashtirib, xususiy kompyuterda (XK) ishlash xususiyatlarini ko’rib chiqishdan boshlaymiz. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling