Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
20.2. Kompyuterda ishlaganda yuz beradigan zararli va xavfli faktorlar Kuchaygan ko’rish zo’riqishi. Ortiqcha ekranga qarash uzoqni ko’ra olmaslik kasalligiga yo’liqishiga, ko’zni charchashiga, bosh og’rishiga, havotirlanishni kuchayishiga, asabni buzulishiga, stress yuzaga kelishiga olib keladi. VDT foydalanuvchisi ekranning doimo lipillab, shakllarni noaniq ko’rinishidan, xamda displey yoritilganligi bilan honaning yoritilganligi orasidagi tafovutga tez-tez moslashishidan toliqadi. Ma`lumotlarni kiritish paytida boshlang’ich xujjatning sifatini yomonligi, farqlovchi ob`ektlarni turli xil masofada joylashganligi ko’rishga yomon ta`sir qiladi. Ko’ruv toliqishini yana ish yuzasi va uning atrofi bir tekisda yoritilmagani, klaviatura va ekranda yorug’lik oqimining aks etishi hisobiga yorig’ dog’lar paydo bo’lishini zo’raytiradi. Shunday qilib, shuni qayd etish mumkinki, displeyni texnik xarakteristikalari: ishlash qobiliyati, ravshanligi, kontrastligi, ekranni tez- tez lipillashi, va tabiiyki, agar qurilmani o’rnatayotganda yoki tanlayotganda bularga e`tibor qilinmasa - ko’rish ishlariga juda yomon ta`sir qiladi. Kuchaygan ko’rish noqulayligi va keyingi ko’rishni buzulishi xarflarning grafikasi yomon, shakllarning ravshanligi past, ranglari noaniq, ko’zga sezilarli lipillash va qaltirash va x.k bo’lgan eski videoterminallardan foydalanganda paydo bo’ladi. Hisoblash texnikasi operatorining ko’rishiga salbiy ta`sir ko’rsatadigan sabablar majmuasidan, birinchi navbatda, ekrandagi shakllarning vaqt va fazoviy bir maromda emasligi bilan bog’liq kontrasti yetarlicha bo’lmasligi, monitorni keragidan ortiq ravshanligi, xamda displey yuzasidan qaytgan nurni aks etishini ajratish joizdir. Bundan 459 tashqari, ko’rish juda yorug’ displey ekranidan kamroq yoritilgan klaviaturaga, xujjatlarga nigoxni tez-tez o’tib turishi natijasida qattiq aziyat chekadi va boshqa sabablar bilan birgalikda ko’zning toliqishi - astenopiyasiga olib keladi. Shunday fikr mavjudki, "displey astenopiyasi" paydo bo’lishining yetakchi faktori- ekrandagi shakllarning o’ziga xosligi, xususan qog’ozdagi matnni shakllaridan farqlanishi tufayli yuzaga keladi. Elektron-nurli trubkali ekrandagi shakl qog’ozdagi matnlar shaklidan bir qator alomatlar bilan farqanadi: shakl yarqirab turadi, lekin uzluksiz emas, chunki u diskret nuqtalar- piksellardan iborat, u lipillaydi, chunki bu nuqtalar ma`lum chastotalarda yonadi va o’chadi. Ko’rish toliqishining muxim faktorlaridan biri-kompyuter joylashgan hona va ish joyining yoritilganligidir. VDT bilan ishlaganda yorug’lik muhiti xarakteristikalari ko’pincha umumiy kamchiliklarga egadir: ko’rish chegarasida ko’plab to’g’ri va qaytar yorqinliklar (ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo’lishi, ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritilganlik darajasining pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni honadagi yorug’lik manbaiga nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va ko’rish organlarining operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar ximoyasi yo’qligiga bog’liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar ko’rish simptomlarini (ko’z oldini xiralashuvi, predmetlarni shakl ko’rinishini noaniqligi, ular rangini o’zgarishi va (boshqalar) va ko’z simptomlarini (ko’z charchaganini xis etish, ulardagi xaroratining oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo bo’lishi va boshqalar) aks etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko’rish analizatorining barcha bo’g’inlaridagi funksiyalarning, ya`ni ko’zning muskul apparati (akkomodatsiyaga va konvergentsiyaga javob beruvchi) zo’riqishi bilan birgalikda ko’z to’r pardasi elementlarida ko’rish organining optimal ishlashini ta`minlovchi (yorug’likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi. Ob`ektiv izlanishlar ko’rishning asosiy funksiyalari (rangni ajrata bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-33 % va boshqalar) yomonlashgani, hamda sezilarli darajada ishlash qobiliyati va diqqatining pasayishini tasdiqaydi. Maxsus apparatura yordamida o’tkazilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, operatorlarda aniq ko’rish turg’unligi, ko’rish analizatorining elektr sezuvchanligi va labilligi (xarakatchanligi), ko’rish o’tkirligi va moslashuvi pasayadi, shuningdek ko’z muskullarining muvozanati bo’ziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqinni 460 ko’rishi yomonlashuvidan aziyat chekib, ko’zoynakdan foydalanishiga olib keladi. Mamlakatimizning ba`zi bir regionlarida o’rta maktabni tugatayotganlar ichida uzoqni ko’ra olmaydiganlari 30 % (ba`zi sinflarda 40-50 %) ga yaqinlashib qoldi. Agar o’z vaqtida kerakli chora-tadbirlar ko’rilmasa, yomonligi profilaktikani tufayli kompyuter texnikasini samarali joriy qilish mavjud epidemiologik sharoitida uzoqni ko’ra olmaslikni yanada kuchaytiradi. 1993- 1994 yillarda Yaponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10- 14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko’zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib ularni soni 40 % yetar ekan.Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda konyuktivit va blefarit bilan og’riganlar soni, bular bilan ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. Yana shu vaziyat ogoxlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga olib kelishi mumkin. Xususan ko’z gavxarini ichi xiralashuvchi oddiy kataraktadan farqli o’laroq, kompyuter nurlanishidanm paydo bo’ladiganida ko’z gavxarini qobig’i xiralashadi. Ba`zida bu kasallik displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin xam paydo bo’lishi mumkin. Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muxim xususiyati shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko’zning nurini yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning ko’pgina izlanishlari nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki havorang-binafsha yorug’likning ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muhitini xiralashuviga olib kelishini ta`kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z to’rpardasining turli shakllarni aniqligini yomonlashtiradi. Ko’rish jarayonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok etishini nazardan qochirmaslik kerak. Ko’rishning tashqi juft organi (ko’zlar) - uncha mukammal optik asbob bo’lmay, ko’z to’rpardasiga predmetlar shaklini bo’zib ko’rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag’darib "uzatadi". Shundan so’ng ko’z to’rpardasidan tushirilgan shakl bizning miyamizda qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 gradusga ag’dariladi, undagi geometrik noaniqliklar tekislanadi. Albatta, ko’z to’rpardasida boshlang’ich shakl qanchalik aniq bo’lsa, uni qayta ishlash miyaga shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi. Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali chorasidan biri havorang-binafsha yorug’likning ortiqchaligidan, ko’z to’rpardasida shakllarning aniqligini oshirish bilan birgalikda ximoyalashdir. 461 Bioenergetiklarning fikricha, XKda ishlaganda agar ko’rish organlariga ortiqcha og’irlik tushsa, og’irlikdan ximoyalanish, bu organning korrektsiyasi va davolanishi boshqa organlarning energiyasi hisobiga amalga oshadi, u esa yurakda, buyrakda, bosh miyada, asab tizimida, ichak-me`da traktida og’irlikning oshishiga olib keladi. Inson organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda qanchalik uzoq vaqt ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh ogriqlari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling